Jaholatga qarshi ma’rifat
Hozirgi kunda respublikamiz har taraflama taraqqiy etib rivojlanib botmoqda. Bu borada so’nggi uch yil davomida amalga oshirilyotgan islohotlarning ahamiyati beqiyosdir. Chunonchi, 2017- 2022 yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi” ning o’rni va unnig tamoyillarini amaliy hayotda tadbiq etilishi respublikamiz aholisi tomondan qo’llab-quvvatlanmoqda. Bir so’z bilan aytganda, yurtimiz hayotida tub burilish sodir bo’lmoqda. Jamiyatning har bir sohasi tarqqiy etmoqda. Bu yangilanishlar va o’zgarishlardan jamiyat ma’naviy asosi hisoblanmish diniy soha ham chetda qolmayotir. “O’zbekiston islom akademiyasi”, “Islom svilizatsiya markazi” ning tashkil etilishi, Samarqand va Qarshida hadis va aqoidga oid maktablarning ta’sis etilishi bu boradagi islohotlarning jonli ifodasidir. Bu kabi islohotlardan asosiy maqsad, millatimizning milliy o’zligiga bo’lgan muhabbatni oshirish, xalqimizning diniy-ma’rifiy bilimini oshirish va turli yod g’oyalarga qarshi yoshlarda ma’naviy immunitetni shakllantirishdir.
Ayni kunlarda kunora oinayi jahon orqali ba’zi yoshlarni turli diniy terroristik guruhlarga qo’shilib qolayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Mutassifona, ushbu yoshlarning aksar qismi deyarli diniy bilimga ega bo’lmagani holda har xil guruhlarning yolg’on aqidalari qurboni bo’lmoqdalar. Bu kabi ko’ngilsiz holatlarga yo’liqmaslik uchun kishidan avvalo diniy-aqoidiy bilimlardan xabardor bo’lish talab qilinadi. Zero har qanday ilmsizlik zulmati ilm nuri ila bartaraf etilgusi. Shu bois o’zini musulmon hisoblagan har qanday inson aqoid, tafsir, hadis kabi ilmlardan yaxshi xabardor bo’lishi zarur.
Hozirgi kundagi yirik terroristik tashkilotlar katta qismining asosiy g’oyasi xalifalik davlatini tiklashdir. Bu yo’lda ular “ Hozirgi kunda musulmonlarning zimmasidagi dolzarb vazifa xalifa saylashdir, toki ular bu ishni ado etmas ekanlar ularning boshqa ibodatlari befoydadir”degan shiorni olg’a suradilar va o’zlariga “Kim imomsiz, ya’ni xalifasiz hayotdan o’tsa u johiliyat zamonida o’tganlardek o’libdi” degan sahih hadisni dalil sifatida keltiradilar va o’zlariga qo’shilmaganlarni dindan chiqqanlikda ayblaydilar. Vaholanki, ularning bu iddaolari hech qanday asosga ega emas. Yuqoridagi hadis faqat xalifalik davriga taalluqli bo’lib, janob payg’ambarimiz alayhissalomning o’rinbosarlariga bay’at etmaganlarga ya’ni dastlabki o’ttiz yillikdagi xalifalar hokimiyatiga itoat etmaganlarga aloqadordir. Aks holda xalifalik davridan keyin yashagan qanchalab musulmonlar johiliyat davri kofirlaridan bo’lgan degan asossiz xulosa vujudga keladi. Payg’ambarimizning mazkur hadisi bu iddaolarning puchligiga asosdir: “Mendan keyin xalifalik o’ttiz yil bo’ladi, undan keyin tishlab tortilgam amirliklar va podshohliklarga aylanadi”1
Shuningdek, ular islom dinini o’zlariga niqob qilib olishib, amaldagi hokimiyatni o’z qo’llariga olishni bosh maqsad qilib oladilar. Afg’onistonda toliblarning hokimimyat tepasiga kelishi, Iroqda bir guruh jangarilarning ayrim shaharlardagi hokimiyatlari natijasida qanchalab begunohlarning qoni to’kildi, obod maskanlar xarobaga aylandi. Ijtimoiy hayotda beboshlik va zulm avj oldi. Hatto holat shu datajaga yetdiki, ayollar qul qilib sotilib, fohishabozlik avj oldi. Ularning bu kabi riyokorliklari Qur’oni Karimda ham, hadisi shariflarda ham qattiq qoralanadi.Chunonchi Qur’oni Karimning “Baqara” surasida bu kabi riyokor munofiqlarga shunday deyiladi: “Ularga yer yuzida fasod (buzg’unchilik) qilmanglar!”,-deyilsa, ular :“Albatta, biz asl islohotchilarmiz”,-deydilar”2(Baqara surasi,11- oyat)
Achinarlisi shuki, ayni kunda terrorchi taskilotlar safida ayollarning ham ishtirok etayotganini, hatto ularni turli portlatuvchi qurollar orqali traktlar uyushtirib o’z joniga qasd qilayotganinig guvohi bo’lmoqdamiz. Afsuski, bunday ayollar ham deyarli diniy bilimga ega emasliklari bois bu kabi johiliyat qurbonlari bo’lishmoqda. Bu ishlari irqali ular, birinchidan, ayollarning o’zga yurtlarda qandaydir asossiz g’oyalar ortidan ergashib nomaqbulchilikka qo’l urishayotgan bo’lishsa, ikkinchidan, o’z joniga qasd qilish orqali og’ir gunoh sodir etishmoqda. Zero hadisda aytilishicha “Kim o’zini temir parchasi bilan o’ldirsa, qiyomat kunida, jahannam o’tida temir parchasi qo’lida , abadiy ravishda u o’zini o’ldirib azoblanib yotadi. Kim zahar ichib o’zini o’ldirsa, doimiy ravishda zaharlanib, jahannam o’tida azoblanadi. Kim o’zini tog’dan tashlab yuborsa,, doimiy ravishda jahannam o’tida o’zini tog’dan tashlab azoblanadi”. Bu kabi noxush holatlarning aksar sababi, bilimsizlikdir. Hech qanday diniy bilimga ega bo’lmagan yoshlar terrotistik tashkilotlarning yolg’on da’vatlariga tezda aldanib qolmoqdalar. Narijada o’z ona xalqini, ota-onasini kofirga chiqarib, turli qabihliklarni amalga oshirmoqdalar. Bundayin muammolar yechimi faqat va faqat ilm-marifat bilangina amalga oshiriladi. Kishilar botil yo’llarga kirib ketmasliklari uchun avvalo aqidaviy bilimlarini mustahkamlab olishlari zarur. Zero aqida inson ongini qalbi orqali o’zi rost deb bilgan ta’limotga chin dildan, hech qanday shubhalarsiz ishonishiga asoslanadi.Shu jihatdan, u aql, his va irodaga asoslangan ma’naviy asos, yo’l- yo’riq vazifasini o’taydi. Aqida o’zining barqaror asosiga ega bo’lishi lozim. “Agar e’tiqod (ya’ni aqida) mutaasib irqiy millatchilik, tor siyosiy-iqtisodiy manfaatlar bilan cheklangan bo’lsa, bunday holda u buzg’unchilik, beqarorlikka xizmat qiladi”3. Bugungi kunda har birimizning oldimizdagi vazifalardan biri, muqaddas dininmiz haqida asosli bilimlarni egallashimiz hamda bu boradagi o’tmish ulamolarimiz merosidan xabardor bo’lishishimizdir. Shundagina yuqoridagi ko’ngilsiz holatlarga yo’liqib qolishning oldi olinadi. Diniy ilmlardan xabardor bo’lish nafaqat, turli g’alamis guruhlar ma’naviy tahdidan himoya qiladi, balki go’zal hayot qurishimizni hamda baxtli yashashimizni ham kafolatlaydi. Zero “Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o’zida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchiizdir. Islom- haqiqatni anglash demakdir. U odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo’lishni o’rgatadi”4.
Manbalar asosida filologiya fakulteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 49.16- guruh talabasi Rahmatjon To’raqulov tayyorladi
Do'stlaringiz bilan baham: |