Jaholatga qarshi ma`rifat bilan” nomli tadbir ishlanmasi
Tadbir O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlanadi.
1-boshlovchi:Qaldirg`och ham o`z inini o`zi suyar,
Har jonzotga boshpanasi erur aziz.
Vatan asli qaroqlarning nuri bo`lar,
Vatan dilni quvonchlarga chulg`agan his.
Yurti uchun qalbi fido, joni fido,
O`zbek xalqi hech kimdan kam bo`lmas also.
2-boshlovchi:Muruvvatni, sadoqatni shior qilib,
Ikkilanmay olg`a qarab yurgan xalq -bu.
Ne-ne ulug` ishga o`zin sherdek chog`lab,
Katta nurli yo`l boshida turgan el -bu.
Yurti uchun qalbi fido, joni fido,
O`zbek xalqi hech kimdan kam bo`lmas also.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum erk va hurriyat shabadalarida yuksalib borayotgan barhayot yurtning aziz insonlari!
2-boshlovchi:Assalomu alaykum, qadrli davra ahli, hurmatli mehmonlar va aziz ota-onalar! Mahallamizda jinoyatchilikni oldini olish, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida «Bizning mahallada jinoyat sodir bo’lmasligi kerak» shiori ostida tashkil etilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan ” nomli tadbirimizga xush kelibsiz.
1-boshlovchi:Qonun ustuvor bo`lgan mamlakat har doim yuksak marralarni zabt etgani tarixdan ma`lum.Qonun va huquqlarimizni anglatuvchi, adolat prinsipiga asoslangan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 25 yilligi shu kunlarda yurtimizda katta tantana bilan nishonlanmoqda
2-boshlovchi:Konstitutsiya xalqimiz ong-u tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan o`zgartirgan muhim hujjat hisoblanib, uning yaratilishi mamlakatimiz hayotidagi eng muhim voqeadir.
1-boshlovchi:Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan yaratilgan ushbu Konstitutsiyamizda inson va uning qadr-qimmati degan ulug` tushuncha markaziy o`ringa qo`yilgan.
2-boshlovchi:Shuning uchun ham biz haqli ravishda Islom Karimovni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muallifi deya e’tirof etishimiz mumkin.Endi esa ,mustaqilligimiz solnomasi va konstitutsiya haqidagi ma`lumotlarni tinglash uchun sahnaga 5 sinf o`quvchilarini tashkil etamiz.
O`quvchilar ma`lumotlarni sanab o`tishadi
1-boshlovchi:Tadbirimizni 8-B sinf o`quvchisi, respublika va xalqaro tanlovlar g`olibi Adizov Jamshid ijrosidagi qo`shiq bilan davom ettiramiz,marhamat.
“Tinchlik “qo`shig`I ijro etiladi.
2-boshlovchi:O`zbekning kimligin fidodan so`ra,
Qadimiy, O`rxuniy nidodan so`ra,
Doro-yu Iskandar, mo`g`ul aytmasa,
Tapangda yolg`iz ul xudodan so`ra.lIMG_20171206_154241
O`ziga bek bo`lgan buyuk o`zbek xalqi har doim o`z yurti, xalqi or-nomusi va farzandlari deya yashaydi.
1-boshlovchi:Lekin guruch kurmaksiz bo`lmaganidek, farzandlari tarbiyasiga loqayd qarab, ularning jinoyat botqog`iga botishiga sabab bo`layotgan ota- onalarni oqlab bo`larmikan? Hozir namoyish etiladigan sahna ko`rinishini ko`rib ,bu fikrimiz naqadar to`g`riligiga amin bo`lasiz
Tohir Malik qalamiga mansub “Alvido bolalik” qissasi asosida sahnalashtirilgan sahna
2-boshlovchi:Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich “Biz”Adolat – qonun ustuvorligida”degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchatirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettirishimiz kerak. Buning uchun avvalo, mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanishimiz kerak” deya ta’kidlashlari bejizga emas.
1-boshlovchi:Darhaqiqat, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona “tamoyiliga asoslanib, barchamiz mahalla atrofiga birlashsak va hududdagi bolalar yurish-turishidan xabardor bo`lsak, voyaga yetmagan o`rtasidagi jinoyatchilik barham topadi, albatta.
Konstitutsiya haqidagi bilimlarimizni yanada boyitish uchun endi 7-sinf o`quvchilariga navbatni beramiz,marhamat
Konstitutsiya moddalari rus,ingliz va o`zbek tillarida aytiladi
Raqs
2-boshlovchi:Endigi ko`rinishimiz bugungi kunning eng dolzarb muammosi -farzandini tashlab o`zga yurtdan baxt va boylik izlab ketgan ota-onalar haqida.Ota-ona ishlayman, bolam kam-ko`zsiz ulg`aysin deb kuyib-pishib uyim-ro`zg`orim deb o`zga yurtga yo`l oladi.Aldanadi.Farzandlar-chi? Ularning holi nima kechadi? Keling, barchamizni uyg`oqlikka chorlovchi sahna ko`rinishiga navbatni bersakda, so`ng fikrlarimizni davom ettirsak.
m
1-boshlovchi:Nechun urayotir vujudda yurak,
Nechun oqayotir tomirimda qon.
Meni farzand deya atama, mayli,
Vatanni sevmasam sendek, onajon.
Sahna ko`rinishi (chet eldan boylik izlagan ota-ona va tarbiyasi buzilgan farzandlar haqida)
2-boshlovchi:Oq oltin-u qora oltin doni to`kis,
Samosida kabutarlar baxtli uchar.
Og`ishmaydi o`zi tanlab olgan yo`ldan,
Qaysi ishga kirishsa ham zafar quchar.
Yurti uchun qalbi fido, joni fido,
O`zbek xalqi hech kimdan kam bo`lmas also.
1-boshlovchi:Yurtboshimiz boshlab bergan nurli yo`ldan,
O`zligingni unutma ey buyuk el deb
Shoirlaring qalamini qo`ymay qo`ldan,
Madh etadi omon bo`lgil, suyuk el deb
Yurti uchun qalbi fido , joni fido,
O`zbek xalqi hech kimdan kam bo`lmas also.
2-boshlovchi:Hech kimdan kam bo`lmagan muqaddas Vatan farzandi ekanmiz barchamiz jaholatga qarshi kurashaylik. Ma’rifat yo`lini tutib farzandlarimizga bu yo`lda namuna bo`laylik. Bir so`z bilan aytganda jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob qaytaraylik. Shundagina adashgan yoshlar, adashgan ota-onalar bo`lmaydi oramizda.
IMG_20171206_162329
Shuning bilan bugungi tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. E’tiborimgiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |