JADVALDA MATN YO‘NALISHI
Jadvalda matn gorizontal yo‘nalishda chapdan o‘ngga, vertikal yo‘nalishda yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga yozilishi mumkin. Buning uchun:
1-usulda:
1. Yurgich matn yoziladigan katakchaga joylashtiriladi.
2. Maket tasmasining Tekislash (Выранивание) guruhidagi Matn yo‘nalishi (Направление текста) tugmasi kerakli yo‘nalish aks etguncha bir necha marta tanlanadi.
2-usulda:
1. Yurgich matn yoziladigan katakchaga joylashtiriladi.
2. Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ekranga kontekst-menyu chiqariladi.
3. Ekranda aks etgan jadvalga mos kontekst-menyudan Matn yo‘nalishi (Направление текста) amali tanlanadi. Natijada ekranda matn yo‘nalishini tanlash muloqot oynasi aks etadi.
4. Ekranda aks etgan muloqot oynasidan matnning kerakli yo‘nalishi tanlanadi va Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |