JADVAL KATAKLARINI BIRLASHTIRISH
Amaliy ish jarayonida jadvalning bir necha satr va ustunidagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda blokka olinishi mumkin bo‘lgan kataklarni birlashtirish zarur bo‘ladi. Kataklarni birlashtirish uchun quyidagi amallar ketma-ket bajariladi:
JADVAL KATAKLARINI BO‘LISH
Jadval kataklarini kerakli sondagi katakchalarga bo‘lish quyidagicha amalga oshiriladi.
1. Yurgich kerakli katakka joylashtiriladi yoki kerakli satrlar va ustunlar blokka olinadi.
2. Maket tasmasining Birlashtirish (Объединение) guruhidagi Kataklar bo‘linsin (Разбиение ячеек) tugmasi tanlanadi.
3. Hosil bo‘lgan muloqot oynasiga hosil qilinishi kerak bo‘lgan ustun va satrlar soni kiritiladi. Bunda hosil qilinishi kerak bo‘lgan satrlar soni qo‘shni ustunlardagi satrlar sonidan ortiq bo‘lmasligi va qo‘shni ustunlardagi satrlar sonining bo‘luvchisi bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |