Jabborov Sherzod Nabijon o’g’lining



Download 92,98 Kb.
bet6/18
Sana05.04.2022
Hajmi92,98 Kb.
#528938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Jabborov IPI

I. UMUMIY QOIDALAR
1. O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim muassasalarining (bundan keyingi o'rinlarda maktab deb yuritiladi) bitiruvchilari uchun umumiy o'rta ta'lim dasturlarini to'liq o'zlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan o'tish majburiydir, mazkur Nizomning III bo'limida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va ko'nikmalariga qo'yilgan talablarning bajarilishi bo'yicha yakuniy attestatsiya yozma, og'zaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi o'quv dasturi asosida o'quv yilining yakuni bo'yicha o'tkaziladi.
3. Ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standartlari talablari darajasida o'zlashtirgan va o'quv fanlardan yil yakuni bo'yicha ijobiy baholangan yoki bitta o'quv fanidan qoniqarsiz baholangan (ushbu fan bo'yicha yakuniy attestatsiyadan o'tish sharti bilan) bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo'yiladilar.
4. Shartnoma asosida maktablarda tahsil olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar yakuniy attestatsiyaga mazkur Nizomning 4-bandi asosida qo'yiladilar.
II. YAKUNIY ATTESTATSIYANI O'TKAZISH TARTIBI
5. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya o'tkaziladigan fanlar ro'yxati, shakli va muddatlari har o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (bayon yoki insho mavzulari, matematika bo'yicha topshiriqlar, og'zaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi qoshidagi Respublika ta'lim markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan o'tkazilib tasdiqlanadi. Test materiallarini ekspertizadan o'tkazish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari qatnashishi mumkin.
Ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarida pedagogik kengashning qarori bilan tegishli fandan qo'shimcha yakuniy attestatsiya kiritilishi mumkin. Imtihon biletlari, test topshiriqlari maktab metodik birlashmalari tomonidan tayyorlanadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
7. Maktab bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini shu maktab pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan yakuniy attestatsiya komissiyasi muvofiqlashtiradi.
8. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va o'tkazish uchun barcha javobgarlik maktab yakuniy attestatsiya komissiya raisi zimmasida bo'ladi.
9. Yakuniy attestatsiya o'tkaziladigan har bir fandan maktab direktorining buyrug'i bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi o'rinlarda yakuniy attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tayinlanadi:
o'quv fani bo'yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi - maktab direktori, uning o'rinbosari yoki maktab o'qituvchisi;
sinfda mazkur fandan dars bergan o'qituvchi;
tegishli fan yoki unga yaqin bo'lgan fan o'qituvchisidan bitta assistent.
Tegishli fan bo'yicha yakuniy attestatsiyani tashkil etish va uni o'tkazish bo'yicha javobgarlik mazkur fan bo'yicha tuzilgan yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi.
Yakuniy attestatsiya o'tkaziladigan fandan dars bergan o'qituvchi shu sinfga yakuniy attestatsiya komissiyasining raisi bo'lishi mumkin emas.
Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va ota-onalar qo'mitasi vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
10. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi hamda xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qiladi. Ushbu jarayonda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
11. O'quv fani bo'yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi a'zolarining vazifalari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
12. Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o'tkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin ko'rinadigan joyga osib qo'yiladi.
Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga e'tibor beriladi:
o'quv fanlari bo'yicha o'tkaziladigan yakuniy attestatsiya oralig'i ikki kundan kam bo'lmasligi kerak;
jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya o'tkaziladi.
13. Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorug' xonalar ajratiladi.
Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan o'tqaziladi.
14. Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.
Og'zaki yakuniy attestatsiyadan o'tishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq bo'lsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda o'tkazilishi mumkin.
15. Bitiruvchilarga yozma va og'zaki yakuniy attestatsiyada foydalanish uchun maktab shtampi tushirilgan toza varaqlar beriladi.
16. Ona tili va adabiyot fanidan yoziladigan bayon yoki insho mavzulari hamda matematikadan topshiriqlarni tanlash, yakuniy attestatsiya boshlanishidan oldin, barchaning ishtirokida topshiriq raqami solingan konvertni tanlab olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bayon yoki insho mavzusi va matematikadan topshiriqlar sinf doskasiga aniq, tushunarli holda yozib qo'yiladi (topshiriqlar har bir bitiruvchiga alohida variant sifatida berilmagan hollarda).
17. Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy attestatsiyada bayon yoki insho yozish davrida bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya komissiyasining roziligi bilan yozayotgan bayon yoki insholariga kiritiladigan parchalarni, ayrim matnlarni aniqlab olishlari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Mavzu mazmunini talqin etuvchi manbalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Boshqa fanlardan yakuniy attestatsiya o'tkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
18. Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5 - 10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi a'zolariga topshirib ketadi. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida bo'lganligi belgilab qo'yiladi.
19. Bitiruvchi o'z ishining xomaki nusxasini yozma ish bilan birga yakuniy attestatsiya komissiyasiga topshiradi. Belgilangan vaqtda yozma ishni tugallay olmagan bitiruvchilar uni tugatmagan holda topshiradilar.
20. Yakuniy attestatsiya tugaganidan so'ng yozma ishlar yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan shifrlanadi va komissiya a'zolari ularni maktabdan chiqmagan holda tekshiradilar. Tekshirib ulgurilmagan yozma ishlar saqlash uchun maktab direktoriga topshiriladi.
Bitiruvchilarning "2" va "5" bilan baholangan bayonlari, insholari va matematika bo'yicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi a'zolari tomonidan taqriz yoziladi.
21. Bitiruvchi tomonidan yozilgan bayon yoki insho uchun ikkita baho qo'yiladi:
birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun;
ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qo'yiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos bo'ladi.
22. Yozma ishlarning baholari navbatdagi yakuniy attestatsiya o'tkaziladigan kunga qadar e'lon qilinadi.
23. Maktabni "a'lo" darajali shahodatnoma bilan bitirishga da'vogarlik qilayotgan bitiruvchilarning yozma ishlarini imtihon komissiyasi a'zolari yakuniy attestatsiya yakunlangan kun davomida tekshirib, baholaydilar.
24. Bitiruvchilarga ona tilidan bayon yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi ko'zda tutilgan bo'lsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar bo'yicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
Bitiruvchilarga og'zaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari bo'yicha tayyorlanish uchun 15 - 20 daqiqa vaqt beriladi.
25. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a'zolari bitiruvchining javoblarini diqqat bilan bo'lmasdan tinglaydilar. Bitiruvchiga biletda qo'yilgan topshiriqlar doirasida qo'shimcha savollar berilishi mumkin.
Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida "qoniqarsiz" baho qo'yiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.
26. Bitiruvchilarning og'zaki yakuniy attestatsiyada olgan baholari shu sinfda yakuniy attestatsiya yakunlanishi bilanoq ularga ma'lum qilinadi.
27. Bitiruvchi og'zaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi. Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qo'yiladi.
Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin ikki hafta o'tgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan o'tishga ruxsat berilishi mumkin.
28. Har bir fan bo'yicha og'zaki yoki yozma yakuniy attestatsiya o'tkazilgach, yakuniy attestatsiya komissiyasi barcha bitiruvchilarga yillik va yakuniy attestatsiya baholari asosida yakuniy baholarni qo'yadilar. Bunda, bitiruvchining yillik va yakuniy attestatsiya bahosining o'rtachasi olinib yaxlitlanadi. Yakuniy attestatsiyada "qoniqarsiz" baho olgan bitiruvchiga "qoniqarli" yakuniy baho qo'yilmaydi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning baholarini yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritadi. Yakuniy attestatsiya bayonnomasi ushbu fan bo'yicha belgilangan yakuniy attestatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan imzolanadi.
29. Bitiruvchilarga yozma yoki og'zaki yakuniy attestatsiya bo'yicha baho qo'yish yakuniy attestatsiya komissiyasi a'zolari o'rtasida ovozga qo'yish asosida hal etiladi.
Ovozlar teng bo'lgan hollarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi a'zolarining alohida fikrlari yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritiladi.
30. Tibbiy muassasalarda davolangan bitiruvchi sinf o'quvchilariga yakuniy baho qo'yishda shifoxona qoshida tashkil etilgan maktab tomonidan qo'yilgan baholar inobatga olinadi.
31. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosiga e'tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko'rib chiqish uchun xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarida apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan tekshirilgan yozma ish bilan tanishish muddati va tartibi hamda apellyatsiya komissiyaning ish muddati va tartibi, uning tarkibi hamda vakolatlari xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi va bitiruvchilar, ularning ota-onalari, o'qituvchilar va maktab direktorlari e'tiboriga yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin yetkaziladi.
32. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosidan e'tirozi bo'lgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari e'lon qilingan kundan e'tiboran uch kun muddat ichida xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari qoshida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
33. Chet elda ta'lim olgan (ota-onasi xorijda ishlagan davrda yoxud turli tanlovlar yoki chet mamlakatlarning grantlari hisobidan xorijda ta'lim olgan) bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo'yish masalasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Bitiruvchi o'qigan mamlakatida umumiy o'rta va o'rta ta'lim hujjatlarini olgan bo'lsa, ular Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar xulosasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinadi.
Bitiruvchiga chet mamlakatlarda berilgan umumiy o'rta ta'lim hujjati O'zbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma o'rnini bosa olmasa, ya'ni bitiruvchi ma'lum bir fanlar yo'nalishidagina ta'lim olib kelgan bo'lsa, u umumiy tartibda yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Bunday hollarda bitiruvchi o'ziga berilgan hujjatda ko'rsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar bo'yicha yakuniy attestatsiyadan o'tkaziladi.
Bitiruvchiga yakuniy bahoni qo'yishda uning avvalgi sinflarda olgan baholari ham inobatga olinadi.
34. Bir yoki ikki fandan o'tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o'tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o'tish huquqi beriladi.
35. Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlari talablarini bajarmay, "qoniqarsiz" baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o'qishga qoldiriladi.

Download 92,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish