TOKSIKOMANIYA VA POLITOKSIKOMANIYA - Toksikomaniya — bu ayrim preparatlarga, dori vositalariga, kimyoviy moddalarga yoki ma’lum guruhga kiruvchi dori vositalariga o’rganib qolishlikdir.
Politoksikomaniya — bu ikki yoki undan ortiq narkotik moddalarga o’rganib qolishlik bo’lib, juda og’ir dard hisoblanadi. «Abstsinent sindrom»lar ham ancha murakkab bo’ladi. Bunda alkogolizm chekish, morfinizm — alkogolizm, toksikomaniya + alkogolizm nashavandlik 4 - tabainizm, morfinizm + nashavandlik + tamaki, nasha chekishlik va shu kabilar bo’lishi mumkin - Klinik jihatdan organizmning zaharlanishi natijasida tegishli o’ziga xos belgilar, abstsinent sindromlardan tashqari og’ir hayot uchun havfli belgilar — ko’rinishida xunuklik, harakatida gangishlik, psixozlar, gallyutsinatsiyalar, komatoz holat, axiri o’zini-o’zi o’ldirishlikka intilishliklar paydo bo’ladi va bundaylar tezda juvonmarg-yoshgina umri hazon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |