Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv


QO’SHTIRNOQ VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI



Download 0,71 Mb.
bet53/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,71 Mb.
#213952
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Jabbor îmînturdiyåv ànvar îmînturdiyåv

QO’SHTIRNOQ VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI

1. Ko’chirma gap (nutq) qo’shtirnoq ichiga olinadi: "Partov yer ko’pmi ? Qo’riq qancha ?" – dedi Nosirov. (A.Q.)

2. Havola, iqtiboslar qo’shtirnoq bilan chegaralanadi: "Til – jamiyat-ning eng muhim aloqa vositasidir", – degan edi domlamiz.

3. Ko’chma ma'noda qo’llangan so’zlar kesatiq yoki o’zining odatdagi ma'nosidan boshqa xil ma'noda qo’llangan so’z va iboralar qo’shtirnoqqa olinadi: "Qalandarov "soyada o’sgan" raislardan", – dedi Saida. (A.Q.) Siz o’zingizga "ayol" deb qarasangiz, biz dodimizni kimga aytamiz. (A.Q.) Bu yil Mehri Zulfiqorovga, yangi yilda esa Zulfiqorov Mehrinisoga "qarashadigan" bo’ldi. (A.Q.) Qirildi bir talay qo’y, Bo’ri-larga bo’ldi "to’y ". (U.)

4. Badiiy asar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, ashula, spektakl kabi-larning nomlari qo’shtirnoqqa olinadi: "O’tkan kunlar" romani Qodiriy ijodida alohida o’rin tutadi. (taqrizdan). Yigit gumbirlatib "Rohat"ni chalib yubordi. (O.) Jangda ham yodimda ..."Gulyor" (U.) Umida yangi kelgan "Guliston"ni varaqlab o’tirardi. (A.Q.)

5. Muassasa, tashkilot, korxona, fabrika, zavod, mehmonxona, do’-kon kabilarning nomlari qo’shtirnoqka olinadi: Arslonbek Qalandarov – "Buston" kolxozining raisi. (A.Q.) "Interkontinental" mehmonxonasi Toshkentga ko’rk bag’ishlab turibdi.

6. Orden, medal kabi unvonlar nomi qo’shtirnoqka olinadi: Sobir Abdulla... ikki marta "Hurmat belgisi" ordeni va "Shavkatli mehnati uchun" medali bilan mukofotlandi. (G’.G’ulom so’z boshisidan) Taniqli tilshunos olim, professor Shavkat Rahmatullayev “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

7. Kashfiyotlar: o’simlik, taom, kiyim-kechak; mashina, samolyot, televizor kabi maxsus atamalarning nomlari qo’shtirnoqqa olinadi: U yuqoridan eshitilayotgan ovozning maqom va maromidan "Il" samolyoti uchayotganini darrov payqadi. (telejurnaldan) "Chust" do’ppisi hamma-ga yoqdi. "Charos" uzumi, "Neksiya, "Damas", "Tiko" mashinasi kabi.

8. Ichki monolog – o’ziniki bo’lmagan ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinadi: Saida bu ishni boshlaganiga po’shaymonlik sezdi. "Nahotki, men ishni shunday, yana shu xilda boshlashim kerak bo’lsa". Bunaqada hali ish boshlamasdan oramizni buzib qo’yaman-ku!..." (A.Q.)

9. Sinf, buyruq va qarorlarning ayrim bandlariga qo’shib yoziladigan harflar qo’shtirnoqqa olinadi: IX "A" sinf, 147-"A" sonli qaror, 18- moddaning "D" bandi kabilar.

10. Baho ballari qo’shtirnoqqa olinadi: "besh", "to’rt", "uch", "ikki" yoki "a'lo", "yaxshi", "o’rta" ("qoniqarli"), "yomon" kabi. Unutib bo’lar-mi yarqiroq tabel – Aqlimning ko’zgusi "besh" yakunlarin. (Y.Hamdam).

11. Matn ichida kelgan maqol va sarlavhalar qo’shtirnoqqa olinadi: "Bahilning bog’i ko’karmas", degan gap bor(og’izdan) Maqolaga "Buston" deb sarlavha qo’yilgan bo’lsa ham, lekin gap Qalandarov haqida ketar edi. (A.Q.)



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish