O’RIN ERGASH GAPLI QO’ІPMA GAP
reja:
1. O’rin ergash gapningtarifi.
2. O’rin ergash gapli qo’shma gaplarda nisbiy olmoshlar.
3. O’rin ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar va kompo-
nentlarning o’rinlashish tartibi.
4. O’rin ergash gapga doir tahlil namunasi.
Bosh gapdagi harakatning yuzaga kelish, boshlanish, yo’nalish o’rnini, makonini anglatadigan ergash gap o’rin ergash gap deyiladi. Masalan, Qayerda intizom yaxshi bo’lsa, u yerda o’qish sifati ham yaxshi bo’ladi gapining birinchi komponenti (ergash gap) bosh gapdagi o’rin holi vazifasida qo’llanilgan bo’lak (u yerda)ning ma'nosini izohlash asosida bosh gapdagi voqelikning yuzaga kelish o’rnini aniqlashtirgan.
O’rin ergash gapli qo’shma gapning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ergash gap tarkibida qayerda, (qayda), qay tomonda, qay tarafda; qayerga (qayga), qayoqqa, qaysi tomonga, qay tarafga; qayerdan (qaydan) qaysi tomondan, qay tarafdan, bosh gap tarkibida ko’pincha shularga mos holda shunda, u yerda, o’sha yerda, shu orada, shu (u, uo’sha) tomonda, tarafda; shu (u, o’sha) yerga, yoqqa, tomonga, tarafga; shu (u, o’sha) yerdan, yoqdan, tarafdan, tomon-dan kabi nisbiy so’zlar qo’llaniladi.
Bosh gap tarkibida qo’llanilgan nisbiy so’zlar ergash gap tomonidan aniqlashtiriladi. Mana shu nisbiy so’zlar mavjud qurilmaning o’rin ergash gap sifatida shakllanishida asos bo’lib xizmat qiladi. Nisbiy so’zlar qo’llanilmas ekan, o’rin ergash gap, boshqa sintaktik qurilmaga, masalan, shart ergash gapga aylanadi. Qiyoslaylik: Qayerda intizom yaxshi bo’lsa, u yerda o’qish sifati ham yaxshi bo’ladi. – Intizom yaxshi bo’lsa, o’qish sifati yaxshi bo’ladi.
O’rin ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
1. -sa: Zulm qayerda uchrasa, shu yerda yondirshi kerak. (O.) Katta kema qayoqqa yursa, kichik kema ham shu yoqqa yuradi (maqol). Ko’z qayerda bo’lsa, mehr ham o’sha yerda bo’ladi (maqol). Suv qayoqqa oqsa, tosh ham o’sha yoqqa dumalaydi. (H.Sh.)
O’rin ergash gapning mazmuni bosh gapdagi ma'nosi izohlanayot-gan ravishga qarab hukm etiladi: agar bu ravishlar o’rin kelishigida bo’lsa, harakat, xususiyatning o’rni; jo’nalish kelishigida bo’lsa, harakat-ning yo’nalish o’rni; chiqish kelishigida bo’lsa, harakat yoki belgining boshlanish o’rni anglashiladi. Qiyoslaylik: Qayerda jamoa ahil bo’lsa, u yerda mehnat unumdor bo’ladi. – Qayerda jamoa ahil bo’lsa, u yerdan hech kim ketgisi kelmaydi. – Qayerda jamoa ahil bo’lsa, u yerga hamma intiladi.
Ba'zan ergash gap bosh gapdagi ega vazifasida qo’llanilgan o’rin ko’rsatuvchi so’zning ma'nosini izohlaydi. Biroq bunday ergash gaplar o’rin ergash gap emas, aniqlovchi ergash gap sanaladi: Qo’shinimiz qayerdan o’tgan bo’lsa, o’sha yer mening o’z joyim (Qo’shinimiz o’tgan yer mening o’z joyim).
O’rin ergash gap bo’lish uchun ergash va bosh gapdagi o’ringa munosabat ko’rsatuvchi so’z o’rin kelishiklarining biror shaklida qo’llanilgan bo’lishi kerak. Biroq ba'zan uslubiy talab bilan nisbiy olmosh – o’rin ravishi bosh gap tarkibida qo’llanmasligi, bu umumiy holatdan, ergash gap tarkibidagi nisbiy so’zdan anglashilib turadi: Qayerda tashvish, janjal, ishkal bo’lsa, o’zingni urasan. (Asq.M.) Saida rais qayoqqa boshlasa, yurar... (A.Q.)
Ba'zi hollarda bosh gapdagi mazmuni izohlanayotgan ravishning gapda aniq qo’llanish zaruriyati yo’qolgan bo’ladi: Men qayerga borsam, sen menga hamroh bo’lursen. (O.)
2. O’rin ergash gap bosh gapga bo’lishsiz shakldagi buyruq fe'li vositasi (-ma) bilan birikadi: Vatanimizning qayeriga bormang, u yerda chiroqlar nur sochib turadi (Oydin).
3. ekan, -gan ekan, -r (-ar) ekan, -mas ekan: Qayerda tinchlik va demokratiya g’oyalari bor ekan, u yerda urush olovini yoquvchilar g’alaba qozona olmaydilar. (gazeta) Qaayerda tanqid va o’z-o’zini tanqid yo’lga qo’yilmagan (qo’yilmas) ekan, u yerda intizom bo’sha-shadi (gazeta). Qayerdaki tartib buzilar ekan, u yerda jamoa katta zarar ko’radi (gazeta).
4. -di: Qayerda intizom buzildi, u yerda ish rasvo (U.)
5. O’rin ergash gap bosh gapga ba'zan bog’lovchisi vositalarsiz ohang bilan ham birikadi: Qayerda intizom tahkam, u yerda ish yirik (U.).
O’rin ergash gap ko’pincha bosh gapdan oldin keladi, gap tarkibi-dagi nisbiy so’zlar komponentlarning o’rnini almashtirishga uqadar yo’l qo’ymaydi.
Tahlil namunasi: Qayerda baxt bor bo’lsa, shu yerda kulgi bo’ladi; qayerda kulgi bo’lsa, shu yerda qo’shiq jaranglaydi («K.D.»).
1) to’rt gapdan, ya'ni ikkita o’rin ergash gapli qo’shma gapdan tuzilgan,
2) ergash gaplar tarkibida qayerda, bosh gaplar tarkibida shu yerda nisbiy olmoshlari qo’llanilgan,
3) ergash gaplar bosh gaplarga -sa bog’lovchisi bilan birikkan va biriktiruvchi vosita ergash gaplar tarkibida bo’lib, ergash gap birinchi o’rinda kelgan,
4) o’rin ergash gapli qo’shma gaplar o’zaro bog’lovchisiz – teng ohang bilan birikkan,
5) chizmasi: -sa, -sa,
Do'stlaringiz bilan baham: |