J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Yevrovalutadagi qimmatli qog'ozlar bozori



Download 1,93 Mb.
bet79/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Yevrovalutadagi qimmatli qog'ozlar bozori


Jahon ssuda kapitallari bozori faoliyati qimmatli qog'ozlar emissiyasi va oldi-sotdisi amalga oshiriladigan jahon fond bozori bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. Ushbu bog'liqlik aktivlar sekyuritizatsiyasi (inglizcha securities - qimmatli qog'ozlar), xu­ susan bank kreditlari bilan ta'minlangan qimmatli qog'ozlarni chiqarish jarayoni bilan, hosila moliyaviy vositalar yangicha tur­ larini amaliyotda ko'payishi bilan kuchayib bormoqda. Aktivlar seyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog'ozlar bankdan qarz­ dorning kreditni so'ndirish uchun to'lagan mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Yevromoliyaviy bozorda nominali yevrovaluta, masalan AQSH dollari, yevro yoki Yaponiya ienasi bo'lgan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi qilinadi.
Yevroqimmatli qog'ozlar (euro-securities) bu erkin muomala­ da bo'luvchi (transferable securities), sindikat anderrayterlar, yoki turli mamlakatlardan bo'lgan ikki ishtirokchi orqali joylashtiri­ ladigan, ularni bir yoki undan ortiq mamlakatlarga sotish re­ jalashtirilgan, faqat moliya-kredit tashkilotlari orqali ega bo'lish mumkin bo'lgan qimmatli qog'ozlar hisoblanadi.
Bugungi kunda jahon fond bozorida qimmatli qog'ozlarning yillik emissiyasi hajmi barcha manbalar hisobidan talabgorlarga berilgan xalqaro kreditlar va moliyaviy mablag'larning qariyb yarmini tashkil etadi.
Xalqaro qarz qimmatli qog'ozlar xalqaro fond bozorida kapi­ talni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etadi. Ularning tarkibida xalqaro obligatsiyalar va notalarni, turli kompaniyalar (korporativ), moliyaviy institutlar va davlatlarning
xalqaro qarz qimmatli qog'ozlarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin.
Xalqaro qarz qimmatli qog'ozlarini fond bozorlarida muoma­ lada bo'luvchi asosiy ikki, ya'ni yevroobligatsiya va chet el ohli­ gatsiyalari shakllari mavjud.
Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mamlakatning milliy pul birligida ho'lgan, ya'ni obligatsiya emitenti uchun xori­ jiy valutadagi va ushbu mamlakat fond birjasida kotirovka qi] ina­ digan obligatsiyalar -- chet el obligatsiyalari hisoblanadi. Masa­ lan, Fransiyaning Angliyada joylashtirish uchun chiqarilgan qarz obligatsiyalari nominali funt sterlingda ifodalanadi, Angliya fond birjasidagi kotirovka natijalari asosida ingliz investorlari tomoni­ dan sotib olinadi. Ya'ni chet el obligatsiyalari ma'lum bir mam­ lakatga ushbu davlat qonun-qoidalari asosida joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalari ham odatda, jahonning yirik moliyaviy markaz shaharlarida, masalan, Nyu-York, London, Yaponiya va boshqa shaharlarda joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalaridan foydalanish amaliyotga 500 yildan beri mavjud bo'lsa, yevroobligatsiyalar paydo bo'lganiga hozirda atigi 30 yil bo'ldi.
Bugungi kunda chet el obligatsiyalarini asosan rivojlangan mamlakatlar emissiya qilishmoqda. Ba'zi mamlakatlar tomoni­ dan emissiya qilingan chet el obligatsiyalari o'ziga xos nom bilan ataladi. Masalan, Shveysariya obligatsiyalari - Chocolate Bonds, Yaponiya obligatsiyalari - Samourai Bonds, AQSH obligatsiyalari

h.k. Jahon fond bozorining ushbu segmenti yevroobligatsiyalarni ko'payishi hisobiga qisqarib bormoqda.
Yevroobligatsiya - xorijiy investorlar orasida xalqaro sindikat anderrayterlari orqali joylashtiriladigan, emitent va xorijiy inves­ torlar uchun chet el valutasida chiqarilgan qarz munosabatli qim­ matli qog'oz hisoblanadi. Yevroobligatsiyalar joylashtirilayotgan­ da jahonning hech qaysi bir mamlakatida ro'yxatga olinmaydi. Yevroobligatsiyalar asosan bank konsorsiumlari, sindikatlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan emissiya qilinadi.
Yevroobligatsiyalarning turi sifatida << atamasidan olingan) obligatsiyalarini qayd etish mumkin. Ular yevrodollar obligatsiyalar bo'lib, osiyo bozorida joylashtirilgan (birinchi navbatda Yaponiyada) va ma'lum bir osiyo birjasida (odatda, Gongkong yoki Singapur birjalarida) lis­ tingga ega bo'lgan qimmatli qog'oz hisoblanadi.
Yevroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o'rtasidagi o'xshashlik ularni mamlakatlar o'rtasida kapitalni qayta taqsim­ lash vositasi bo'lib hisoblanishida, shuningdek, ularni emitent mamlakatlar milliy valutasidan farqli boshqa valutada emissiya qilinishida namoyon bo'ladi.
Yevroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o'rtasidagi farq esa quyidagilardan iborat:
Birinchidan, yevroobligatsiyalar erkin konvertatsiya qilinadi­ gan valutada emissiya qilinadi. Chet el obligatsiyasi esa uning emitenti uchun ixtiyoriy xorijiy valutada emissiya qilinadi, ya'ni bunday valutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valuta bo'lmasligi ham mumkin.




Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish