Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolutsiyasi bilan uzviy bog'liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo'jaligining shakllanh;;hi ja rayonida alohida o'rin tutadi.
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo'jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo'jaligining rivojlanishi natijasida shakl langan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon xo'jaligi bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga bo'ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o'zaro bog'liq milliy iqtisodiyotlar yig'indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir.
Jahon xo'jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim o'rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o'rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya mu nosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya mu nosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog'liqdir.
Ta'kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o'ziga qamrab oladi, ya'ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma'lumki, mamlakatlar o'rtasidagi xalqaro moliya munosabat lari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan me'yoriy normalar, davlat lararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o'rtasida o'zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy norma lar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konvensiya) xalqaro iqtisodiy munosabat-
larni rivojlantirishga qaratilgan yo'l-yo'riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi.
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo'jaligi tizimida tez tez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni o'z ichiga oladi.
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagi- larni o'rganishni taqozo etadi:
xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshqalar.
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo'jaligi hamda undagi iqtisodiy alo qalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo'jaligi mil liy iqtisodiyotlar yig'indisidan iborat bo'lgan global iqtisodiy tizim bo'lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro ha rakatiga muvofiq tarzda o'zgarib boradi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodi yotga ta'siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo'ladi:
Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o'zgarishlarni o'z ichiga qamrab oladi:
mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;
ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmat- larning global bozorlarini barpo etish;
jahon xo'jalik aloqalarining global infratuzilmasini yara- tish; '
xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish;
yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish.
lqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asos langan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi.
Xalqaro moliya bozorlaridagi o'zgarishlar. Milliy iqtisodi yotda faoliyat ko'rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi.
Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o'rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ular ni sotish jarayonida vujudga keladi.
Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish ja rayoni kuchayishi, ya'ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyati ning rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirili shi orqali yuzaga keldi.
Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtiri lishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya muno sabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valuta cheklovlarining bekor qilini shi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o'rin tutadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me'yoriy-huquqiy ba zasini qabul etilishi.
Mamlakatlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimining tashkil qili nishi.
Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya muno sabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko'rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:
eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YMMga
import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YMMga
nisbatan foizda hisoblanadi;
tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylan masi hajmi YMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
Mazkur ko'rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin.
Jahon iqtisodiyotida ro'y bergan o'zgarishlar xalqaro moliya mu nosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab berdi:
xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko'p tomonlama munosabatlarga o'tish;
jahon xo'jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqur lashuvi;
xalqaro savdo munosabatlarining an'anaviy tovarlar sav dosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko'rsatish vositasiga aylanib borishi;
kapital migratsiyasining globallashuvi;
hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada ken- gayishi va jadallashuvi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapitalning xalqaro harakati, ayniqsa, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko'rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta'sir ko'rsatmoqda.
Jahon savdosining o'sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro moli ya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon yaratdi
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazi falari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsi yalashuvini ta'minlash;
xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayir
boshlashning oqilona harakatini tashkil etish;
milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o'zgarishlarga moslashtirish;
mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish.
Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya'ni rezi dentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo'llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi:
birinchidan, turli mamlakat rezidentlari o'rtasidagi iqti sodiy aloqalarga va o'zaro hamkorlikka;
ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xii moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o'zaro munosabatlariga;
uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya mu nosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mam Iakatlar o'rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alo hida o'rin tutmoqda. Ushbu holat o'z navbatida xalqaro valuta munosabatlari va xalqaro hisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.