J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy



Download 1,93 Mb.
bet9/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

2.1-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi.

Globallashuv jarayonining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin:



  • moliyaviy markazlashuvning kuchayishi;

  • iqtisodiyotda axborotlar ahamiyatining oshishi. Shuningdek, axborot almashinuv darajasining keskin sur'atlarda kuchayishi;

  • global oligopoliyaning to'xtovsiz kengayishi;

  • transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi;

  • iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va rivojlanishi.

Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining quyidagi asosiy sohalari bo'yicha keng rivojlanmoqda:

  • tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk obyektlarining xalqaro savdosi;

  • ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati;

  • xalqaro moliya-kredit va valuta operatsiyalari;

  • ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborotlar sohasidagi hamkorlik.

lqtisodchi olimlar fikriga ko'ra jahon iqtisodiyotida global­ lashuv jarayoni quyidagi holatlarni o'z ichiga oladi:

  • mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtiradi;

  • xo'jalik yuritishni to'liq erkinlashtirmagan davlatlar iqti- sodiyotining ochiqligini ta'minlaydi;

  • istalgan bozorlarga barcha ishtirokchilarning qarshiliksiz kirishini ta'minlaydi;

  • moliyaviy va savdo operatsiyalarni amalga oshirishga te­ gishli tartiblarni universallashtiradi;

  • bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me'yorga keltiradi, ya'ni unifikatsiya qiladi;

  • kapitalni joylashtirish, investitsion jarayonlar va umumja­ hon to'lov-hisob tizimiga qo'yilgan talablarni standartlashtiradi.
    1. Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, omillari va rivojlanish bosqichlari


Globallashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy, huquqiy va madaniy-axborot makoni shakllanishini anglatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat hayotining bar­ cha asosiy sohalariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Bu ja-
rayon XX asr oxiri XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida alohida rol o'ynab, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi tizimi shakllanishiga kuchli turtki berdi.
Birinchidan, globallashuv mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy masofani qisqartiruvchi aloqa vositalari va transport sohasida ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvini, xalqaro mehnat taqsi­ motining chuqurlashuvini hamda dunyo rivojlanishining obyektiv omillarini yuzaga keltiradi. Bu holat, dunyoning istalgan nuqta­ sidan zarur axborotni xohlagan vaqtda olish va tezda qaror qa­ bul qilishga imkon beradi, telekommunikatsiyaning zamonaviy tizimlari kapitalni xalqaro investitsiyalashni amalga oshirishni yengillashtiradi. Dunyoning axborot integratsiyalashuvi sha­ roitlarida xo'jalik yuritishning xorijiy tajribasini o'zlashtirish va texnologiyalarni o'tkazish birmuncha tezlashadi.
Globallashuvning ikkinchi manbasi - proteksionizm siyosa­
tini cheklashga sabab bo'luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridir. Buning natijasida turli xil savdo tariflari jiddiy ravishda pasaydi, tovarlar va xizmatlar savdosidagi boshqa ko'plab to'siqlar bartaraf etildi. Boshqa liberizatsiya tadbirlari ishlab chiqarishning qolgan omillari va kapital harakati kuchayishiga olib keldi.
Baynalminallashuv jarayonining uchinchi manbasi va global­ lashuvning asosiy manbalaridan biri transmilliylashuv hodisasi bo'ldi. Ushbu holatda transmilliy kompaniyalar yetakchi kuch sifatida namoyon bo'ladi va ular bir vaqtning o'zida baynalminal­ lashuv jarayonining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni barcha mamlakatlar iqtisodiyotida ku­ zatilmoqda. Ushbu jarayon mahsulotlar ishlab chiqarish, xiz­ matlar ko'rsatish, ishchi kuchlaridan foydalanish, investitsiya va texnologiyalarni bir mamlakatdan boshqalariga tarqalishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Bularning barchasi pirovardida ishlab chiqa­ rishning samaradorligi, mehnat unumdorligi va raqobatbardosh­ likning oshishida namoyon bo'ladi. Aynan globallashuv jarayoni xalqaro raqobatlashuvning kuchayishiga olib keldi.


Birinchi manba



- - - - - - - - - --'--- - - - - - - - - ?•







Fan-texnika taraqqiyoti



lqtisodiyot liberallashuvi







Transmilliylashtirish jarayonining kuchayishi


TTXI hajmining ortishi







Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish