J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Xalqaro Valuta Fondining maqsadi va faoliyatining mohiyati



Download 1,93 Mb.
bet21/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Xalqaro Valuta Fondining maqsadi va faoliyatining mohiyati


Xalqaro Valuta fondi, XVF (ing. International Monetary Fund, IMF) - Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ix­ tisoslashgan tashkilotlaridan bo'lib, shtab-kvartirasi AQSHning Vashington shahrida joylashgan. 1944-yil 22-iyulda BMTning valuta-moliya masalalari bo'yicha Bretton-Vudsdagi konferensi­ yasida XVF bitimining asosi ishlab chiqildi. XVF tashkil topgan rasmiy sana - 1945-yil 27-dekabr bo'lib, bunda bitimning oxirgi varianti 29 ta davlat tomonidan imzolandi. XVF o'z faoliyatini 1947-yil 1-martdan Bretton-Vuds tizimining bir qismi sifatida boshladi. Shu yili Fransiya birinchi kreditni oldi. Hozirgi kunda XVF 186 davlatni birlashtirib, uning tuzilmasida 133 mamlakat­ dan 2500 mutaxassis ishlaydi.
XVF - a'zo davlatlar o'rtasida valuta-kredit munosabatlari­ ni tartibga solish va ularga to'lov balansining kamomadi bilan bog'liq valutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valutasida qisqa va o'rta muddatli kreditlar berish yo'li bilan moliyaviy yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan hukumatlararo tashkilotdir.
XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • xalqaro valutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta'minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valutaviy hamkorlikni rag'batlantirish;

  • xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o'sishini qo'llab-quvvatlash va shu orqali bandlik hamda real daromad­ larning yetarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy si­ yosatning bosh maqsadi sifatida barcha a'zo davlatlar resurslari­ ning samaradorligini oshirishga hissa qo'shish;

  • a'zo davlatlar o'rtasida joriy bitimlarga doir ko'p tomon­ lama to'lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi valuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qi­ lishga ko'maklashish;

  • a'zolarning umumiy resurslari hisobidan yetarlicha xavf­ siz asosda mablag' bilan ta'minlash orqali ularning ishonchini qozonish va shuning asosida ularga to'lov balansidagi nomuvo­ fiqliklar (tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g'ov bo'ladigan chora-tadbirlarsiz to'g'rilash imkonini berish;

  • yuqoridagilarga muvofiq a'zo davlatlarning xalqaro to'lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanatsizlik)larning davomiy­ ligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish.

XVFni tashkil etish mobaynida qat'iy belgilangan paritet tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo'lib, ularga valutalarning oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini o'rnatish, a'zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valuta yo'lakchasi (1945-1971-yillarda - ±1%, 1971-1973-yillarda

  • ±2,25%) doirasida bo'lishi ta'minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasi saqlanishi bilan birga, AQSH dollariga ushbu funk­ siyani bajaruvchi valuta maqomining berilishi kabilarni kiritish mumkin.

Bretton-Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valuta yo'lakchalari bekor qilindi va valuta kursining erkin suzish tizimiga o'tildi. Shuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya'ni oltin stan­ darti, xalqaro hisob-kitoblarda va Markaziy bankning zaxiralarini shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSH dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, har bir mamlakat valuta kursi rejimini mustaqil tanlash huquqiga ega bo'ldi. Shunday bo'lsada, XVF nizomiga muvofiq,

  1. mamlakatda moliyaviy va valuta siyosati barqarorligini qo'llab­ quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valuta kursining kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi;

  2. bir tomonlama ustunlikka ega bo'lishga qaratilgan valuta kur­ sining manipulyatsiyasidan voz kechish; d) valutani tartibga so-

lish va valuta kursi mexanizmida ko'zda tutilayotgan o'zgarishlar haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish; e) valutalarni oltinga bog'lab qo'yish tartibidan voz kechish talab etiladi.
XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga mu­ vofiq, qashshoq mamlakatlarda infratuzilmani shakllantirish, eksport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar ajrat­ maydi.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo'lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to'lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta'minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa ol­ masa, to'lov balansi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyaviy yordam so'rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ra­ vishda loyihalarni moliyalashtirmaydi.
XVF faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisob- lanadi:

  • jahon valuta tizimini nazorat qilish;

  • pul siyosatidagi xalqaro hamkorlikka yordam berish;

  • jahon savdosini kengaytirish;

  • XVF a'zolarini kreditlash;

  • valuta ayirboshlash kurslarini barqarorlashtirish;

  • debitor mamlakatlarga maslahatlar berish;

  • SDR chiqarish orqali likvid mablag'larni yaratish;

  • iqtisodiy siyosat va texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab chiqish.

  • xalqaro moliya statistikasi standartlarini ishlab chiqish;

  • xalqaro moliya statistikasi to'plamlarini e'lon qilish.

XVF Kelishuv moddalariga muvofiq fondning vazifalari qa­ toriga xalqaro valuta tizimini nazorat qilish va uning samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash kiradi. XVF jahon valuta tizimi ustidan, jumladan, a'zo mamlakatlarning valuta kursi sohasidagi siyosati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
XVF nazorat funksiyasini amalga oshirish bilan birgalikda mamlakatlarning umumiy iqtisodiy holati va uning iqtisodiy si­ yosat sohasidagi strategiyasi bo'yicha atroflicha tahlil o'tkazadi. XVF nuqtayi nazariga ko'ra mamlakatning samarali va izchil iqtisodiy siyosati milliy valuta ayirboshlash kurslarini va jahon valuta tizimini barqarorlashtirishga, jahon xo'jaligida iqtisodiy o'sishni ta'minlashga imkon yaratadi.
XVF ushbu sohada mamlakatlarning o'ziga tegishli bo'lgan majburiyatlarini bajarishini nazorat qiladi. Bu majburiyatlarga narxlar barqarorligini saqlagan holda yuqori bandlik darajasini ushlab turuvchi va iqtisodiy o'sishga yordam beruvchi moliyaviy va iqtisodiy siyosat o'tkazish.
XVF nazoratni amalga oshirish uchun davriy va maxsus maslahatlarni tatbiq etadi. Davriy maslahatlar barcha a'zo mam­ lakatlarga har yilda o'tkaziladi, bunda XVF a'zo mamlakat­ larning umumiy iqtisodiy holati va valuta siyosati to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. Agarda biror-bir a'zo mam­ lakatda og'ir iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan bo'lsa yoki bunga shubha sezilsa XVF darhol undan chiqish yoki oldini olish yuza­ sidan tegishlicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davriy maslahatlar XVF ekspertlari guruhi tomonidan o'tkaziladi. Ular eksport va import, ish haqi darajasi, narxlar, aholi bandligi, moliyaviy bozorlar konyunkturasi, investitsiya­ lar hamda valuta ayirboshlash kurslarini shakllantirishga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'playdi. Keyin esa, davlat tuzilmalarining vakillari bilan iqti­ sodiy siyosatni baholash maqsadida muhokama tashkil etiladi, shuningdek, o'z valutasini ayirboshlashdagi cheklovlarni bartaraf etish uchun mamlakat amalga oshirgan chora-tadbirlarning nati­ jasi o'rganiladi.
Muhokama yakuni bo'yicha XVF ekspertlari batafsil ma'lumot tayyorlaydi va u keyinchalik Boshqaruv kengashida muhokama etiladi. Muhokama natijalari bo'yicha xulosa tayyorlanadi va mamlakat hukumatiga taqdim etiladi. Unda ko'pincha mamlakat
tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning samara­ dorligini oshirish bo'yicha fondning tavsiyalari o'rin oladi.
XVF maxsus maslahatlami jahon iqtisodiyotida yetakchi o'rinda turuvchi, iqtisodiy siyosati jahon xo'jaligi faoliyatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatuvchi sanoati rivojlangan mam­ lakatlar bilan o'tkazadi. Maslahatning maqsadi bo'lib, jahondagi iqtisodiy vaziyatni va iqtisodiy rivojlanishning istiqbollarini baho­ lash hisoblanadi.
SDR chiqarish orqali likvid mablag'lami yaratish jahon valuta tizimini barqarorlashtirishga va xalqaro hisob-kitoblami erkin amalga oshirishga imkon yaratishi kerak. XVF a'zo mamlakat­ larning oltin-valuta zaxiralari tarkibi va darajasiga ko'ra xalqaro miqyosda likvidlik holatiga alohida e'tibor qaratadi. Bunga bog'liq holda XVFning muhim funksiyasi bo'lib qo'shimcha xalqaro zaxira aktivlariga bo'lgan uzoq muddatli ehtiyojni ta'minlash uchun emissiya qilingan SDRni taqsimlash hisobiga o'zining a'zolariga qo'shimcha likvid mablag'lami taqdim etish hisoblana­ di. O'zining nizomiga muvofiq xalqaro valuta fondi SDRni jahon valuta tizimining asosiy zaxira aktivi bo'lishiga yordam berishi lozim.
Jamoa valutasi SDR zaxira milliy valutalari va oltin bilan bir qatorda zaxira aktivi funksiyasini bajaradi. U rasmiy aktiv bo'lib undan foydalanish va egalik qilish huquqi faqat XVFga, uning a'zolariga va belgilangan rasmiy ishtirokchilarga berilgan.
XVF ishtirokchi mamlakatlar o'rtasida SDRni ularning kvota­ lariga proporsional miqdorda taqsimlaydi. SDRning jahon valuta tizimida zarur bo'lgan umumiy miqdorini belgilash va bu miq­ domi oshirish masalalari faqat XVF vakolatlariga kiradi. SDRni taqsimlash to'g'risidagi qaror besh yilgacha davomiylikdagi davrga qabul qilinadi va bunda inflyatsiya va ortiqcha talabni, shuning­ dek, iqtisodiy turg'unlikni oldini olish uchun mavjud zaxira ak­ tivlarini to'ldirishga bo'lgan jahon iqtisodiyotining uzoq muddatli ehtiyoji hisobga olinadi. SDRni yangidan taqsimlash to'g'risidagi taklif XFVning taqsimlovchi-direktorlari tomonidan Ijroiya ken-
gashning roziligi bilan kiritiladi va uni Boshqaruvchilar kengashi tasdiqlaydi.
XVFning oliy boshqaruv organi bo'lib, har bir a'zo mam­ lakatdan boshqaruvchi vakil va uning o'rinbosaridan iborat bo'lgan boshqaruvchilar Kengashi hisoblanadi. Odatda, ular Moliya vazirlari yoki Markaziy bank boshqaruvchilari bo'ladi. Kengash Fond faoliyatining asosiy masalalarini hal etadi, bu­ larga: Kelishuv moddasiga o'zgartirishlar kiritish, a'zolikka mamlakatlarni qabul qilish va a'zolikdan chiqarish, ularning kapitaldagi ulushini aniqlash va qayta ko'rib chiqish, ijrochi di­ rektorlarni saylash. Boshqaruvchilar odatda yilda bir marta ses­ siyada to'planadilar.
Ustav kapitali taxminan 217 mlrd. SDRni tashkil etadi. U a'zo mamlakatlarning bo'naklari hisobiga shakllanadi, odatda o'z kvotasining 25% SDRda yoki boshqa a'zolarning valutasida, qolgan 75% o'zlarining milliy valutasida to'lanadi. Ularning kvo­ tasi o'lchamidan kelib chiqib a'zo mamlakatlar o'rtasida ovozlar taqsimlanadi. XVFda yuqori ovoz miqdorini quyidagi mamlakat­ lar egallagan (2011-yil holati bo'yicha): AQSH - 16,7%, Ger­ maniya -5,82%, Yaponiya - 6,24%, Buyuk Britaniya - 4,30%, Fransiya - 4,30%, Saudiya Arabistoni - 2,81%, Xitoy - 3,82%, Rossiya - 2,39%. Yevropa Ittifoqining 27 ta a'zo mamlakati­ ning ulushi - 32,07%, XVFda 29 ta sanoati rivojlangan davlat­ lar (IHTTga a'zo mamlakatlar) 60,35% miqdoridagi ovozga ega. Fond a'zoligini 84%dan ortig'ini tashkil etuvchi qolgan mam­ lakatlarning ulushi atigi 39,65%ga to'g'ri keladi.
Xalqaro Valuta Fondining eng muhim vazifalaridan biri a'zo mamlakatlarning to'lov balansida qiyinchiliklar yuzaga kelganda kreditlar berish orqali yordam ko'rsatish hisoblanadi. Bu moliyaviy yordam mamlakatlarga o'zining xalqaro zaxiralarini to'ldirishga, milliy valutasini barqarorlashtirishga, import to'lovlarini amalga oshirishni davom ettirishga hamda mavjud muammolarni hal etish bo'yicha chora-tadbirlar qabul qilish orqali faol iqtisodiy o'sish uchun sharoitni tiklashga imkon yaratadi.
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin:

    1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa muddatli to'lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo'ljallangan. XVF­ ning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997-yilda XVF Qo'shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog'liq inqiroz­ larni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko'zda tutadi.

    2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to'lov balan­ si qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida joriy qilingan bo'lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog'liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.

    3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o'sish dasturi aso­ sida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so'ndirish muddati 10 yil bo'lgan kreditlarni o'zining eng qashshoq a'zo davlatlariga taqdim etadi. Ta'kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko'pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005-yilda Ekzogen shok­ lar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qash­ shoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o'sish dasturi orqali kredit ol­ maydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo'lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to'lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish