Egiluvchankredit liniyasi. Egiluvchan kredit liniyasi asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari juda yaxshi bo'lgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan. Egiluvchan kredit liniyasi to'g'risidagi bitim foy dalanish bo'yicha o'rnatilgan talablarga oldindan javob beruvchi mamlakatlar uchun tasdiqlanadi.
Egiluvchan kredit liniyasining qo'llanilish muddati bir-ikki yil dan iborat bo'ladi, qaytarish muddati esa stend-bay mexanizmiga o'xshash hisoblanadi. Ushbu mexanizmdan foydalanish aniq ho latlarni hisobga olish orqali belgilanadi, unga odatdagi foydala-
nish cheklovlari qo'llanilmaydi, mablag' esa bosqichma-bosqich emas balki, bitta to'lov bilan beriladi.
Oldini oluvchi kredit liniyasi. Oldini oluvchi kredit liniyasi asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari ishonchli bo'lgan asoslangan iqti sodiy siyosatga va bunday siyosatni o'tkazishning yuqori tajriba siga ega bo'lgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan. Oldini oluvchi kredit liniyasining davom etish muddati bir yildan ikki yilgacha bo'lishi mumkin.
Favquloddayordam.XVF tabiiy ofatni boshdan kechirayot gan yoki urush oqibatlarini bartaraf etayotgan mamlakatlar uchun favqulodda yordam ko'rsatadi. Favqulodda kreditlar bo'yicha yig'imlarning baza stavkasi undiriladi, kreditlar 3-5 yil davomida qaytarilishi kerak.
XVFning resurslaridan foydalanish uchun mamlakat o'zining to'lov balansini moliyalashtirishga bo'lgan ehtiyojni asoslab beri shi lozim. Moliyalashtirish zaruriyatini belgilovchi mezonlar si fatida XVF mamlakat to'lov balansining holati, uning xalqaro zaxiralar qoldig'i va mamlakatning zaxira pozitsiyasi dinamika sidan foydalanadi. Shuningdek, to'lov balansi tengsizligi sababla rini bartaraf etish uchun mamlakat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar samaradorligi ham hisobga olinadi.
Jahonbankiguruhivaungakiruvchitashkilotlarfaoliyati
Jahon banki 190 dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayot gan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko'rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir.
Jahon bankining bosh maqsadi - iqtisodiy o'sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kredit lash yo'li bilan kambag'allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o'sishni jadallashtirish ga hamda fuqarolarning hayot darajasi yaxshilanishiga imkon tug'diradi.
Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga mu vofiq o'z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming
yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2015-yilgacha erishish lozim bo'lib, u o'z ichiga quyidagilami olgan: