J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy



Download 1,93 Mb.
bet104/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Kredit va foiz derivativlari

Kredit derivativlari (credit derivatives). Kredit derivativlari kredit risklarini boshqarish strategiyasida foydalaniladi. Ular risklarni an'anaviy boshqarishning portfelni diversifikatsiyalash va kredit limitlari kabi usullarini nafaqat to'ldiradi, balki ularni o'rnini bosishi mumkin. Kredit derivativlari faqatgina birjadan tashqari bozorda muomalada bo'lishi mumkin. Kredit deriva­ tivlarining asosiy shakllariga defolt bo'ladigan aktivlarga svoplar (kredit defolt svopi), kredit opsionlari va yalpi daromadga svop­ larni olish mumkin. Ularning asosiy ishtirokchilari xalqaro bank­ lar hisoblanadi. Kredit derivativlar segmentining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan asosiy omillardan biri xalqaro kredit­ lash sohasida yagona qonunchilikning mavjud emasligi hisobiga kredit derivativlarning standart hujjatlarining mavjud emasligi hisoblanadi.
Kredit notalari (inglizcha credit-linked note (CLN) so'z birik­ masidan olingan) - obligatsiyalarga o'xshash moliyaviy vosita bo'lib, bunday obligatsiyalar kredit shartnomasiga bog'langan bo'ladi. Uning yordamida bank berilgan kreditni qayta moli-
yalashtirish va unga bog'liq riskni uchinchi shaxs-investorga o'tkazish orqali kredit riskini boshqarish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bank va investor o'rtasida tuziladigan <>gi shartnomada namoyon bo'ladi. Ushbu shartno­ mani tuzish orqali kredit beruvchi bank ushbu qarz mablag'larida uchinchi shaxs (investor)ga ulush huquqini, shuningdek, qarz­ dorning bank tomonidan berilgan kreditlari bo'yicha o'z majburi­ yatlarini qisman yoki to'liq bajarolmaganligidan yuzaga keluv­ chi risklarning bir qismini berish imkoniga ega bo'ladi. Bunday shartnomani rasmiylashtirish keyinchalik fond bozorida savdo qilinishi mumkin bo'lgan kredit notasi qimmatli qog'ozlarini berish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, bankka yirik va riskli kreditlarni kichik bo'laklarga bo'lib. ularni alohida-alo­ hida turli investorlarga sotish imkoniyati paydo bo'ladi. <>gi shartnomada bankning pul maj­ buriyatlari hajmi kredit shartnomasi bo'yicha qarzdor tomonidan amalga oshiriladigan to'lovlar hajmidan oshmasligi lozim. Shart­ noma ishtirokchilari oldida bank majburiyatlarining bajarilishi kredit shartnomasi bo'yicha garovni talab qilish huquqi orqali ta'minlanishi mumkin. Garov shartnomasi kredit notalariga bo'lgan huquqning dastlabki egasi paydo bo'lishi bilan tuzilgan
hisoblanadi.
Bank bir vaqtning o'zida ham kreditor, ham kredit notalari emissiyasining tashkilotchisi bo'lishi mumkin. Ko'p hollarda kredit beruvchi bank qarzdorning kredit riskini o'z zimmasiga olmaydi, ya'ni ularni investorlarga sotadi. Kredit notalarini so­ tib oluvchilar qarzdorga nisbatan bankning kredit risklarini o'z zimmalariga oladilar. Kredit notalarini emitenti (bank) tomoni­ dan <rini bajarish bo'yicha oxirgi javobgar shaxs qarzdor hisoblana­ di. Kreditni so'ndirish muddatigacha kredit hodisasi, masalan, kredit bo'yicha majburiyatlar bajarilmasligi, yoki qarzdor bankrot bo'lishi sodir bo'lmasa, kredit notalar nominal qiymati bo'yicha so'ndiriladi. Agar kredit hodisasi sodir bo'lsa, majburiyatlar qiy­ mati va kredit notalari nominali o'rtasidagi farq hisobiga aniqla­ nadigan kamaytirilgan kompensatsiya miqdoridagi nominal qiy­ mat bo'yicha kredit notalari muddatidan ilgari so'ndiriladi.
Kredit notalari tarkibiga kredit defolt svopi kiradi, shuning uchun ham kredit notasi emission qimmatli qog'oz hisoblanadi va to'lovlari kredit defolt svopi orqali aniqlanadi.
Qarzdorlar uchun xorijiy banklar tomonidan kredit notalarini chiqarishning afzalligi shundaki, oddiy kreditlardan farqli ravish­ da ularning ta'minoti mavjud emasligi hisoblanadi. Tadbirkorlar tomonidan kreditlarni olishda kafillik, ko'chmas mulk va boshqa turli garov ta'minotlari talab etiladi, bu esa ularni kredit olish­ lariga to'siq bo'lishi mumkin. Kredit notalarining emissiyasi nis­ batan tez amalga oshiriladigan operatsiya hisoblanadi. Masalan, yevroobligatsiyalarda xalqaro standartlar bo'yicha moliyaviy hiso­ botlarni taqdim etish va axborotlarni oshkor etish talab etiladi, bu esa kredit notalar bilan operatsiyalarni nisbatan sodda ekan­ ligidan dalolat beradi. Kredit notalarni chiqarishda kompaniya xalqaro kredit reytingga ega bo'lishi va xorijiy fond birjalar listin­ giga kirishi shart emas. Bundan tashqari kredit notalarini chiqa­ rish orqali qarzdor xorijiy investorlar orasida taniladi va kelajakda yevroobligatsiyalarni chiqarish rejasini tuzishi mumkin. Natijada u xalqaro darajada kredit tarixiga va tashqi qarz olish tajribasiga ega bo'ladi.
Kredit defolt svopi (Credit default swap, CDS) - kredit deri­ vativi yoki kelishuvi hisoblanib, bunda <> bir martalik yoki davriy badallarni (premiyalarni) CDSni chiqargan «Emitent»ga to'laydi, shuningdek, «xaridor>> tomonidan uchinchi shaxsga berilgan kreditni qarzdor (uchinchi shaxs) tomonidan so'ndirish imkoniyati bo'lmaganda (uchinchi shaxs defolt bo'lganda) emi-
tent uni to'lash m(\jburiyatini oladi. <> o'zi bergan kreditni yoki sotib olingan qarz majburiyatini sug'urtalashi uchun kredit defolt svopi shaklidagi qimmatli qog'ozga ega bo'ladi. Uchinchi shaxs defolt holatida <> kredit defolt svopi shaklidagi qim­ matli qog'ozni <>ga topshiradi, natijada <>dan asosiy qarz va qolgan foiz to'Iovlari bo'yicha kompensatsiya sum­ masini oladi.
Kompesatsiyaning put (valuta) va <> ko'rinishlari mavjud. Pul ko'rinishidagi qoplamada <> tomonidan <>ning aktivlarini real va nominal qiymati o'rtasidagi farqdan ko'rilgan zarari qoplab beriladi. <> ko'rinishdagi qoplamada kredit defolt svopi shaklidagi qimmatli qog'ozni chiqargan <> shartnomada aniq bir narx bilan ko'rsatilgan ma'lum miqdordagi aktivlarni sotib olishga majbur bo'ladi. Shunday qilib, aktivlar narxining salbiy tomonga o'zgarishidagi risk <O'z operatsiyalari uchun kredit oluvchi banklar odatda <> bo'lishadi. O'z kreditlarini (yoki boshqa majburiyatlarni) ta'minlashda kredit defolt svopi shaklidagi qimmatli qog'ozlarni ega bo'lish orqali banklar to'lovlarga kafolat berishadi. Bu o'z navbatida, turli shakldagi qo'shimcha kafolat lar zaruratini ka­ maytiradi, masalan, REPO operatsiyalari yoki garov ta'minoti va boshqalar.
Kredit defolt svopi qimmatli qog'oz shaklida bir gator masa­ lalarni hal qilishi mumkin:

  • berilgan kreditlar bo'yicha foizlar olish imkoniyatini kredit riskidan ajratadi;

  • boshqa tizimdagi risk hisobiga o'z aktivlarining qaytmas­ ligi uchun shakllantirilgan bank zaxiralarini yaratishga hojat qol­ maydi;

  • kredit defolt svoplarining qiymati odatdagi sug'urta polis­ laridan arzon hisoblanadi, chunki sug'urta tashkilotlariga odatda mahalliy qonunchilik kerakli zaxirani shakllantirishni talab eta­ di, biroq defolt svoplarini chiqargan emitentga bunday talablar amaliyotda mavjud emas;

  • kredit defolt svoplarini emitentlari nafaqat banklar, sug'urta tashkilotlari yoki xedjirlash fondlari hisoblanishadi, balki pensiya, investitsion fondlar, turli yirik kompaniyalar va xususiy shaxslar ham bo'lishi mumkin.

Odatda, kredit risklarini jadal o'sishi sharoitida defolt svopla­ riga zarurat ortadi. Hozirgi kunda ushbu moliyaviy vositani tartib­ ga soluvchi xalqaro yoki milliy doiradagi tashkilotlarning mavjud bo'lmaganligi kredit defolt svoplari hajmi to'g'risidagi to'liq va aniq ma'lumotlar yetishmasligiga sabab bo'lmoqda. 2007-yildan boshlab Chikago tovar birjasi federal qonunchilik asosida defolt svoplar savdosini tartibga solishni yo'lga qo'ydi, ammo bu yirik banklar tomonidan defolt svop operatsiyalarini birjadan tashqa­ rida amalga oshirilishiga sabab bo'ldi. Shunga qaramay, Xalqaro hisob-kitoblar banki kredit defolti svopi ma'lumotlarini to'plab, jahon ommasiga e'lon qiladi.
Kredit defolt svoplarini jadal sur'atlarda o'sishiga ipoteka kreditlari va derivativlar bozorining tez rivojlanishi ham sabab bo'lgan. Ko'chmas mulkning bahosini ko'p yillar davomida o'sishi uning asosida kafolatlar berish mumkinligini ko'rsatgan. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz chuqurlashuvi natijasida qarzdorlar­ ning bankrotga uchrashi oshsa, defoltdan sug'urtalovchi tomon­ lar uchun jiddiy tahdidlarni yuzaga keltirdi va uning hajmiga tushishiga sabab bo'ldi.
Defoltdan sug'urtalash (defolt svoplar), shuningdek, foiz deri­ vativlar savdo hajmining tez o'sishini, birinchidan, foiz stavkalar darajasining tez o'zgarishi, ikkinchidan esajahonda moliyaviy ho­ latning yomonlashuvi oqibatida yoppasiga defoltlar sodir bo'lishini hosila moliyaviy vositalar bozorining ko'plab ishtirokchilari to­ monidan kutilishi bilan bog'lash mumkin.
Kredit defolt svopi qarzlar bo'yicha to'lovlar xatarini xedjirlash uchun kreditorlar tomonidan amalga oshiriladigan sug'urta ope­ ratsiyalariga o'xshasada, biroq uning sug'urtadan ajratib turuvchi muhim farqlari mavjud:

  • defolt svopi obyekti turli shakldagi qarz majburiyatlari, ya'ni tovarni yetkazib berish shartnomasidan tortib, barcha turdagi qarz majburiyatlari, shu jumladan ipoteka kreditlari tra nsh 27Ia ri bo'yicha hosila moliyaviy vositalar ham bo'lishi mumkin;

  • < va < defolt svopi obyekti bo'yicha to'g'ridan to'g'ri o'zaro aloqada bo'lmasligi mumkin. Masalan, ikkilamchi bozorda sotib olingan opsion yoki obligatsiyalar bo'yicha maj­ buriyatlar sug'urtalanayotganda bu holat yaqqol namoyon bo'ladi;

  • sug'urta polisidan farqli ravishda defolt svoplari bozorda qayta sotiluvchi qimmatli qog'oz hisoblanadi va uni istalgan miq­ dorda sotib olish yoki sotish mumkin;

  • kredit defolt svoplarini tartibga solib bo'lmasligi uni faqat birjadan tashqarida, alohida tartibda oldi-sotdi qilishga olib ke­ ladi;

  • defolt svoplari bo'yicha emitentning majburiyatlarini ka­ folatlash uchun likvid aktivlarning yetarliligini ta'minlashning yuridik talablari mavjud emas.

Kredit defolt svoplarining spekulyativ xususiyati ham mavjud bo'lib, ularning iqtisodiy inqirozlar davrida beqarorligi ortadi. Defolt svoplarini asosiy sotuvchilari xedjirlash fondlari hisobla­ nadi. lnqiroz davrida xaridorlar kredit defolt svoplari bo'yicha qoplamalarni olishga asosiy e'tiborni qaratadi, xedjirlash fondla­ rining aktivlari esa fond bozorining salbiy ko'rsatkichlari hisobiga kamayib boradi, oqibatda bunday fondlarning aktivlari majburi­ yatlarini ta'minlay olmasligi mumkin.
Foiz derivativlari (interest rate derivatives). Derivativlar bo­ zorining asosiy qismini egallagan holda turli-tuman shakllarga ega. Birjadan tashqari foiz derivativlarining uch asosiy turi farqla­ nadi, ya'ni forvard foiz kelishuvlari, foizli svop va foiz opsionlari. Foiz derivativlarini keng tarqalgan shakllarining tasnifini qu­ yidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin (14.3-jadvalga qarang).



27 Kreditlar bo'yicha chiqarishgan qimmatli qog'ozlar, obligatsiyalar.
Fyucherslar (futures). Standartlashgan mahsulotlar sifatida birjada muomalada bo'Iuvchi qisqa muddatli foiz stavkalar va ob­ ligatsiyalar bo'yicha forvard kelishuvlari foiz fyucherslari (interest rate futures) deb yuritiladi. Uning bir ko'rinishi sifatida funt ster­ lingdagi uch oylik LIBOR foiz stavkasi bo'yicha fyuchers shart­ nomasini olish mumkin. Ular LI FFEda muomalada bo'ladi va qisqa muddatli funt sterling fyuchersi (short sterling futures) deb tan olingan. Fyuchers shartnomasini tuzish orqali kompaniya ke­ lajakdagi qarz hajmini yoki depozitga qo'yilgan pul mablag'larini joylashtirishdan oladigan daromadini fiksirlaydi, ya'ni qat'iy bel­ gilaydi.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish