Amerika va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish bosqichlari 26
Bosqichlar
Bosqichlarinng mohiyati
Birinchi bosqich
Emitentni o'z mamlakati fond bozoriga aksiyalar chiqarishi
lkkinchi bosqich
Amerika fond bozorida xalqaro darajadagi vositachi orqali emitent aksiyalarini deponentlash
Uchinchi bosqich
Deponetlangan aksiyalarni xalqaro darajadagi vosi- tachi orqali AQSHdan ro'yxatdan o'tkazish
To'rtinchi bosqich
Xalqaro darajadagi vositachi orqali deponetlangan aksiyalarga nisbatan amerika depozitar aksiyalarini emissiya qilish. Bunday aksiyalar amerika fond bo- zorlarida mustaqil muomalada bo'lmaydi
Beshinchi bosqich
Ma'lum miqdordagi amerika depozitar aksiyalari
hisobiga amerika depozitar tilxatlari (ADR)ni chiqarish
Oltinchi bosqich
AQSH fond bozorida ADRlarni muomalaga kiritish
Yettinchi bosqich
Global depozitar tilxatlar (GDR) sifatida AQSHdan ro'yxatdan o'tkazish. Bunday qimmatli qog'ozlar ADR-1, ADR-4 va ta'minlanmagan amerika depo- zitar tilxatlaridan paydo bo'ladi. AQSHdan tashqari jahonning boshqa mamlakatlari fond bozorlarida
muomalada bo'ladi
26 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
Amerika depozitar aksiyasi nominal qiymati AQSH dollarida ifodalangan, xorijiy kompaniya joylashgan mamlakatda depo nentlangan uning ma'lum bir miqdoridagi qimmatli qog'ozlariga nisbatan mulk huquqi ulushini tasdiqlovchi AQSH qimmatli qog'ozi hisoblanadi. Amerika depozitar aksiyasi bevosita fond bo zorida muomalada bo'lmaydi, uning o'rniga muomalaga amerika depozitar tilxatlari chiqariladi.
Amerika depozitar tilxatlari ma'lum bir miqdordagi Amerika depozitar aksiyalariga egalikni tasdiqlovchi sertifikatdir. Depo zitar tilxatlarni xalqaro qimmatli qog'ozlar sifatida shakllanishi va muomalada bo'lish mexanizmi muayyan bosqichlarni taqozo etadi (14.2-jadvalga qarang).
Depozitar tilxatlar maxsus qonunchilik asosida muomalaga chiqariladi va bunday qonunchilik AQSHda mavjud. Shuning uchun ham bunday qimmatli qog'ozlar Amerika depozitar tilxat lari (ADR) deb nomlanadi. Depozitar tilxatlar xorijiy kompani yalar aksiyalariga (yoki obligatsiyalariga) to'g'ridan to'g'ri egalik qilish huquqini bermaydi.
Hozirda qarz munosabatini ifodalovchi depozitar tilxatlardan foydalanish jahonda keng tarqalgan, ayniqsa Lotin Amerikasi mamlakatlarida ular keng qo'llaniladi. ADRlarni emissiya qi lishning emitentlar uchun afzalliklari birinchidan, ular faoliyatiga qo'shimcha kapitalni jalb etsa, ikkinchidan, kompaniyaning mav qeini ko'tarishdan iborat.
A DRlarni investorlar uchun afzalliklari quyidagilardan iborat:
milliy kompaniyalar aksiyalariga qaraganda yuqori daro madli aksiyalarni sotib olish imkoniyatining yaratilishi;
to'g'ridan to'g'ri xorijiy kompaniyalar aksiyalarini sotib olishga qaraganda risklilik darajasining kamligi;
xorijiy fond bozorlari to'g'risida yetarlicha bilim va ko'nikmalar bo'lmagan sharoitda boshqa mamlakat fond bozoriga chiqish imkoniyatining yaratilishi;
milliy valutada olingan daromadlarni valuta riski bilan bog'liq bo'lgan konvertatsiya qilish zaruratining yo'qligi.
ADRlar chiqarishga javob beruvchi bank qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarning texnik tomonini ta'minlab beradi, ammo aksiyalarning ishochliligini kafolatlamaydi, shuning uchun qimmatli qog'ozlardagi risklar to'liq investor zimmasiga tushadi. ADR!ar chiqatuvchi emitentlar aksionerlarning yillik yig'ilishlarida ha! qilinadigan kompaniya kapitallashuvi, a'zolik shartlari va boshqa ma'lumotlar to'g'risida bank depozitariyga doimo axborot berishadi.
ADRlarni chiqarish tashabbuskoriga qarab ikkiga, ta'minlangan va ta'minlanmagan turlarga bo'linadi. Ta'minlanmagan ADRlar ularni emissiya qilishdagi barcha xarajatlarni qoplovchi, kom paniyaning alohida aksionerlari tashabbusi bilan chiqariladi. Ta'minlanmagan ADR!arning emissiyasini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni oson bo'lsada, ularni Amerika uyushgan bozorlarida (fond birjalarida va NASDAK(NASDAQ)elektron savdo tizimi da) muomalada yurishi mumkin emas.
ADRlar chiqarish huquqi bo'lgan ma'lum bir Amerika banki bilan ularni chiqarish to'g'risida shartnoma tuzish huquqi bo'lgan kompaniyaning o'z tashabbusi orqali ta'minlangan ADR!ar chiqa riladi. Bunda xarajatlarni shartnomaga ko'ra kompaniyaning o'zi to'laydi. Ta'minlangan ADRlar aksiyalar turiga qarab ikki gu ruhga bo'linadi, ya'ni avval chiqarilgan aksiyalar bilan bog'liq ADR!ar (ADR-1 va ADR-2) va yangi chiqariladigan aksiyalar bi Ian bog'liq ADRlar (ADR-3 ADR-4). Avval chiqarilgan va yangi chiqariladigan aksiyalar bilan bog'liq ADRlar o'z navbatida ik kiga - alohida (ADR-1, ADR-4) va ommaviy joylashtiriladigan (ADR-2, ADR-3) turlarga bo'linadi.
ADR-1 emissiyasini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni ancha yengil hisoblanadi. Bunda Amerika buxgalteriya standartlariga mos buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash talab etilmaydi. Nati jada, Amerika fond bozorlarida kompaniyaning moliyaviy hiso botining shaffofligi kamayadi. Shuning uchun ADR-lga amerika fond bozorlarida ommaviy muomalada bo'luvchi qimmatli qog'oz maqomi berilmagan. Lekin ular global depozitar tilxatlar sifatida
boshqa mamlakatlar fond bozorlarida va birjalarida muomalada bo'lishi mumkin.
ADR-2 kompaniya hisobotlarini Amerika buxteriya standart lariga to'liq mos kelishini talab qiladi va bu Amerika fond bozor larida kompaniyaning moliyaviy hisobotlarni to'liq shaffofligini ta'minlaydi. Shuning uchun, ADR-2 Amerika uyushgan fond bo zorlari bilan bir qatorda boshqa mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo'lishi mumkin.
ADR-3 yangi chiqariladigan aksiyalarni ommaviy joylashti rishni ta'minlasa, ADR-4 esa alohida-alohida joylashtiradi. ADR-3 ni chiqarish tartibi ADR-2 ni chiqarish tartibiga o'xshasa, ADR-4 ni chiqarish esa ADR-1 ni chiqarish tartibiga o'xshaydi. Amerika qonunchiligida ADR-4 ni oddiy qilib ADR deb ham nomlashadi va ularni sotib olivchilar qimmatli qog'ozlarga 100 min AQSH dollari va undan ko'proq mablag'larini qo'ygan kompaniyalar, ya'ni malakali institutsional investorlar bo'lishi kerak (bunday kompaniyalar AQSH da 4 mingtadan oshadi). Bunday investorlar NASDAK milliy elektron savdo tizimining tarkibiy qismi hisoblangan PORTAL elektron savdo tizimi orqali ham ADR-4 Jami o'zaro savdo qilishlari mumkin.
ADR Jami oddiy aksiyalar emissiyasidan farqli jihatlari qu
yidagilardan iborat:
depozitar tilxatlar emissiyasi oddiy aksiyalar emissiyasiga qaraganda ikki bosqichli jarayonni mujassam etadi, ya'ni dastlab Amerika depozitar aksiyalari chiqariladi va keyin Amerika de pozitar tilxatlari emissiya qilinadi;
depozitar tilxatlar bir vaqtning o'zida bir necha mamlakat lar fond bozorlarida muomalada bo'lishi mumkin. Oddiy aksiya lar emitenti joylashgan mamlakat fond bozorlarida muomalada bo'ladi;
depozitar tilxatlar emissiyasi oddiy aksiyalar emissiyasidan keyin amalga oshiriladi.
REPO bir tomon o'z qimmatli qog'ozlarni shartnomadagi boshqa bir tomonga ma'lum muddatdan so'ng joriy narxdan qim-
matroqqa qaytarib sotib olish sharti bilan sotish operatsiyasidir. Natijada, birinchi tomon qimmatli qog'ozlar ta'minoti asosida kredit olgan bo'ladi. Bunda, kredit foiz stavkasi bitimdagi qim matli qog'ozlarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari o'rtasidagi farqdan iborat bo'ladi. Bu esa, ikkinchi tomon foydasi hisobla nadi.
REPO qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar ko'rinishida, ya'ni kunlik, haftalik, oylik va yillik davriy oraliqlarda amalga oshirili shi mumkin.
Qayta REPO shartnomasi ham amaliyotda mavjud bo'lib, bunda birinchi sotib oluvchi tomon boshqa (ikkinchi) tomonning qimmatli qog'ozlarini ma'lum muddatdan so'ng ikkinchi tomon ga sotib olish narxidan pastroq narxda sotish majburiyatini olgan holda sotib olish operatsiyasidir. Bunda, birinchi tomon mablag' ta'minoti ostida zaruriy qimmatli qog'ozlarni kreditga oladi. Ik kinchi tomon, ya'ni sotuvchi qimmatli qog'ozlar ko'rinishida kreditni taqdim etgan holda, o'z qimmatli qog'ozlarini sotish va sotib olish o'rtasidagi shartnomaviy narxdagi farqdan daromad (kredit foizini) oladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ruxsat etilgan hosila moliyaviy vositalar.
Turli mamlakatlar milliy qonunchiligida hosila moliyaviy vositalar mustaqil qimmatli qog'oz sifatida qayd etilishi turlicha bo'ladi. Xususan, mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi <I. Qimmatli qog'ozlarning hosilalari - o'z egalarining boshqa qimmatli qog'ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsion lari, qimmatli qog'ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog'ozlar.
Qimmatli qog'ozlarga doir fyuchers - o'zida nazarda tutil gan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog'ozlarni qat'iy
belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlov chi emissiyaviy qimmatli qog'oz.
Emitentning opsioni - emitentning muayyan miqdorda gi qimmatli qog'ozlarini opsionda ko'rsatilgan muddatda qat'iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'oz.
Varrant - opsionning asosiy bir turi bo'lib, u o'z egasiga ma'lum bir davr ichida (yoki aniq sanada) dastlab uni chiqargan emitentning qimmatli qog'ozlarni sotib olish huquqini tasdiqlay di (<> tartibidan (mazkur tartib O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1997-yil 2-aprelda 320-son bilan ro'yxatga olingan)).
Yalutaviy svop operatsiyasi - bitimda belgilangan mud dat va valuta kursi bo'yicha hisoblashish (qayta almashuv) sharti asosida valutalarni bir vaqtda sotib olish va sotish (almashuv) bo'yicha ikki tomonlama bitimdir. Valutaviy svop operatsiyasi ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismini amalga oshirishda valutalarning dastlabki almashinuvi (spot bitim), ikkinchi qis mini bajarishda esa, qayta almashinuvi (forvard-bitimi) va svop shartnomasining yopilishi sodir bo'ladi (Markaziy bank Boshqa ruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori bilan tasdiqlan gan «O'zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risida»gi Nizom (maz kur nizom O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 24-iyulda 1839-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan).
Bank aktivlari bi Ian ta'minlangan obi igatsiyalar. O'zbekiston Respublikasida Bankning berilgan kreditlar va boshqa aktivla rini ta'minlash bo'yicha qimmatli qarz qog'ozlari «Qimmatli qog'ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqari lishlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish» Qoidalari va qonun huj jatlarida nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar ko'rinishida chiqarilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini mu vofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining
2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrug'i asosida tasdiqlan gan qoidalar (mazkur qoidalar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-avgustda 2000-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan).
O'zbekiston Respublikasida qimmatli qog'ozlarning hosilalari bazis aktivlarining umumiy qiymati I min so'm yoki undan yuqori bo'lsa, davlat ro'yxatidan o'tkazish Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, qimmatli qog'ozlar emissiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari asosida tashkil etil gan xoldinglar va aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, qimmatli qog'ozlar bo zorining professional ishtirokchilari, birjalar, sug'urtalovchilar va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.