TMKlar asosiy masalalar bo'yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko'plab mamlakatlarida bo'linmalar, sho'ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi;
TMKlar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko'p mil latli aksionerlik kapitaliga egalik qilishadi;
TMKlar dunyoning turli mintaqa va mamlakatlari o'rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsim lashni samarali tarzda amalga oshiradi;
TMKlar ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ish lari, nou-xaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish so halarida uzluksiz faoliyat olib borishadi.
mamlakatlar o'rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko'rsatadi;
Korporatsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo'lgan holda transmilliy korporatsiya maqomini oladi. Hozirgi kunda faoliyat ko'rsatayotgan ko'pgina korporatsiyalar mazkur xususi yatli belgilarning barchasini o'zida mujassamlashtirgan.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida transmilliy va oddiy korpo ratsiyalar o'rtasidagi chegara yetarlicha farqlanmaydi, chunki iq tisodiyot globallashuvining rivojlanishi orqali ta'minot bozorlari, ishlab chiqarish hamda mulkchilik munosabatlarida baynalmi nallashuv jarayonlari kuchaymoqda. Shuning uchun tadqiqotchi lar tomonidan TMKlarni ajratishda turli miqdoriy mezonlardan foydalaniladi.
Dastlab 1960-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomoni dan yillik aylanmasi 100 mln dollardan ortiq bo'lgan hamda kamida oltita mamlakatda o'zining filiallariga ega bo'lgan korpo ratsiyalar TMKlar jumlasiga kiritildi. Keyinchalik esa TMKlarni ajratishda bir gator mezonlar qo'llanila boshladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo'lgan kor poratsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi:
markazlashgan boshqaruv tizimi asosida muvofiqlashtiril gan iqtisodiy siyosatni yuritishi;
ishlab chiqarish bo'linmalarining majburiyatlar hamda resurslar almashinuvida bir-biri bilan faol hamkorligi;
yillik savdo hajmi 1 mlrd dollardan kam bo'lmasligi;
umumiy moliyaviy aylanma mablag'larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to'g'ri kelishi;
xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo'lmasligi;
filiallari oltitadan kam bo'lmagan mamlakatlarda mavjud bo'lishi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlari ning rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalmi nallashuvi hisoblanadi.
Kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi xorijda ko'p sonli bo'linmalariga ega bo'lgan yirik kompaniyalarni tash kil etish va milliy korporatsiyalarning transmilliyga aylanishi orqali xo'jalik aloqalarining ekspansiyasi xususiyatiga ega bo'ladi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko'lamligini ta'minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko'lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to'planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yu zaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi.
TMKlar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin:
Birinchi bosqich XX asrning boshlariga to'g'ri kelib, bu bos qichda TMKlar tomonidan iqtisodiy jihatdan kam rivojlan gan xorijiy mamlakatlarning xomashyo tarmoqlariga investitsiya mablag'lari yo'naltirildi, shuningdek, ta'minot va sotuv bo'linmalari
tashkil etildi. Bu paytda xorijda yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil qilish foyda keltirmasdi. Chunki bir tomon dan qabul qiluvchi mamlakatlarda zaruriy malakali mutaxassis lar yetishmasdi, texnologiyalar esa hali yuqori darajada avtomat lashgan tizimga ega emasdi. Boshqa tomondan esa, korxonalarga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida ularning joriy ishlab chiqarish holatida yuzaga keladigan vaziyatni hisobga olish lozim edi. Ushbu davrda transmilliylashuv jarayoni turli mamlakatlar firmalarining birlashishi, ular tomonidan ta'minot bozorlarining bo'lib olinishi hamda kelishilgan narx siyosatining yuritilishida namoyon bo'ldi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining ikkinchi bos qichi XX asrning o'rtalariga tegishli bo'lib, bu bosqichda nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki rivojlangan mamlakatlarda ham xorijiy ishlab chiqarish bo'linmalari rolining kuchayishi so dir bo'ldi. Xorijiy ishlab chiqarish bo'linmalari ham oldin TMK uchun asosiy mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshladi. Asta-sekinlik bilan TMKlar ning xorijiy bo'linmalari mahalliy bozorlardagi talabni qondirish ga yo'naltirilgan faoliyatini kuchaytirdilar. Oldin jahon xo'jaligida xalqaro kartellar faoliyat yuritgan bo'lsa, so'ngra mustaqil tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshiruvchi yetarlicha yirik milliy kompaniyalar vujudga keldi.
TMKlar soni va ular ahamiyatining ortishi ko'proq 1960-yil larda fan-texnika inqilobining ta'siri ostida sodir bo'ldi. Yangi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlab chiqarish operatsi yalarining yanada soddalashtirilishi natijasida faoliyat ko'lamini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Transport va axborot tizimlarining rivojlanishi, o'z navbatida mazkur imkoniyatni amalga oshirishga yordam berdi.
Shuningdek, mazkur bosqichda TMKlar tomonidan ishlab chiqarish resurslari arzon bo'lgan mamlakatlarda bo'linmalarni tashkil etishga qaratilgan strategiya amalga oshirilishi kuchay tirildi.
XX asrning oxirida TMKlar rivojlanishining zamonaviy bos qichi yuzaga keldi. TMKlar rivojlanishining mazkur bosqichiga xos bo'lgan xususiyat ular tomonidan ishlab chiqarish tarmoqla rini tashkil etishni global ko'lamda amalga oshirilishida namoyon bo'ldi.
TMKlar tomonidan xorijiy bo'linmalarni tashkil etish strate giyasida mamlakatlardagi ishlab chiqarish xarajatlari tahlili ham da ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlarga bo'lgan talab darajasi muhim o'rin tutadi.
TMKlar o'z faoliyati davomida xalqaro ishlab chiqarish bilan jahon savdosini o'zaro birlashtirishga erishdilar. Ular o'zlarining xorijiy bo'linmalari va sho'ba korxonalari orqali dunyoning o'nlab mamlakatlarida yagona ishlab chiqarish va moliya strategiyasi bo'yicha faoliyat yuritishadi.
Zamonaviy jahon xo'jaligida TMKlar rolini quyidagi ko'rsatkichlar yordamida ko'rish mumkin:
TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;
dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxminan 1/2 qismi TMKlar hisobiga to'g'ri keladi;
TMKlar bo'linmalarida barcha ish bilan band aholining qariyb 10% faoliyat yuritadi;
jahondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi TMKlar tomonidan nazorat qilinadi.
TMKlar faoliyati rivojlanishini rag'batlantirishda davlat muhim rol o'ynaydi. Bunda hukumat xalqaro shartnomalar, iqtisodiy va savdo birlashmalari, turli xildagi davlatlararo keli shuvlarni tuzish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ta'minot bozorlari bilan ta'minlash orqali o'z TMKlari faoliyatini rag'batlantiradi.