1.1-rasm. Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining o'zaro bog'liqligi
Xalqaro moliya yaxlit tizirn sifatida faoliyat ko'rsatadi va uning elementlariga quyidagilar kiradi:
Jahon valuta tizimi - milliy va zaxira valutalar, xalqaro jamoaviy valutalar, o'zaro konvertirlash shartlari, valuta pariteti, valuta kursi, valuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqa ro mexanizmlaridan tashkil topgan;
Xalqaro hisob-kitoblar - moliyaviy instrumentlar, ishlab chiqarish omillari, tovarlar harakati, shuningdek, xalqaro hisob kitoblar bilan bog'liq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi to'lov balansiga xizmat qiladi;
Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrument lar savdosi mexanizmlari - valuta, kredit, qimmatli qog'ozlar;
Xalqaro soliqqa tortish - pul mablag'lari fondlarini shakl lantirish metodi sifatida;
TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda trans milliy moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsi yalash jarayoni asosiy o'ringa chiqadi.
Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o'rni
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xiz matlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog'liq. Ushbu bog'liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo'lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o'ziga te gishli bo'lgan xorijiy valutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
1970-yillarda xalqaro moliya tizimida S€Zilarli o'zgarishlar sodir bo'ldi va mazkur o'zgarishlar ta'sirida zamonaviy jahon valuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimida gi o'zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko'p jihatdan transmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog'liq bo'lib, ular tomonidan butun dunyo bo'ylab ishlab chiqarish tar moqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shu-
ningdek, xalqaro moliya munos batlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko'p sonli xorijiy filiallarga ega bo'lgan transmilliy banklar muhim rol o'ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o'zgarishi bilan bog'liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo'nalishi nafaqat xalqaro ayirboshlash so hasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham bo'ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to'lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlana yotgan mamlakatlar to'lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat yevrokreditlarning o'sishi hiso biga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo'ldi. Yaponiya milliy valutasi <> hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obli gatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi yevrovaluta bozorida keng qo'llanila boshlandi.
1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta'sir ko'rsatdi va natijada xalqaro res-urslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin o'zgarishiga sabab bo'ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qi luvchi mamlakatlarda yirik valuta ortiqchaligi, neft import qiluv chilarda esa, jumladan ko'plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo'yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, yevroobligatsiyalar bo zori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro'y bergan boshqa muhim o'zgarishlar ham xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va sal biy jihatdan sezilarli darajada ta'sir ko'rsatdi. Ushbu o'zgarishlar jumlasiga jahon va hududiy valuta tizimlaridagi o'zgarishlar, valuta tizimi tamoyillarining o'zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmi:llarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayi shi, jahonda ro'y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |