J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


-bob. XALQARO MOLIYA VA UNING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDAGI O'RNI



Download 1,93 Mb.
bet3/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

1-bob. XALQARO MOLIYA VA UNING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDAGI O'RNI


    1. Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
    2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosa­ batlarining tutgan o'rni.

    3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosa­ batlarining roli va ahamiyati.

    1. Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Xalqaro moliya - xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amal­ ga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqti­ sodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o'ziga xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabat­ lari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo_ munosa­ batlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabat­ lari, mamlakatlar to'lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni - jahon savdosining o'sishi, ishlab chiqa­ rishnirig ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqi­ mi rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy kor­ poratsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy muno­ sabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlari murakkablashuviga olib keldi.
Xalqaro moliya doimiy o'zgaruvchan xalqaro pul tizimlari­
ning holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to'lov balan­ sining o'zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilari bo'lib qu-
yidagilar hisoblanadi: banklar, transrnilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarzdorlar. Xalqaro moliyaviy ope­ ratsiyalar alohida rnarnlakatlarning rnoliya tizimiga jiddiy ta'sir ko'rsatuvchi kuch hisoblanadi.
Xalqaro rnoliya o'zida obyektiv asosga ega bo'lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro rnoliyaning moddiy asosi bo'lib mamlakatlar o'rtasida arnalga oshiriladigan xalqaro moli­ yaviy oqirnlar, jumladan, pul oqirnlari - import qilingan mah­ sulot va xizmatlarning to'lovlari harnda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valuta tushurnlari, ushbu oqimlar xo'jalik yurituvchi subyektlar rnoliyasini ifodalashi rnumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo'ladi, shu boisdan mamlakatlar o'rtasidagi pul oqimlari harakatini narnoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag'lari oqirni ham ikki tornonlama bo'lib hisobla­ nadi, bir tomondan qarzning berilishi bo'lsa, boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to'lanishi namoyon bo'ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida rnoliyaviy resurslarning mamlakatlar o'rtasidagi harakati yuzaga keladi. Ularning taqsim­ lanishi bir tornondan valuta kurslari asosida, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari
faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur insti­ tutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilrnaga ega bo'lib muayyan funksiyalarni bajaradi. Ularning rnoliyaviy ta'rninoti umurnlash­ gan (rnasalan, BMT budjeti) yoki rnaqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun rno'ljallangan) fondlar orqali arnalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslarning muayyan qisrnini xalqaro darajada rnarkazlashuvi jahon xo'jaligi ehtiyojlarini ta'rninlaydi, bunday resurslarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo'lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda rnamlakatlarning ishtiro­ ki, kredit va savdo rnunosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya - bu xalqaro rnoliya bozori va xalqaro institutlar tornonidan shakllanishi, taqsirnlanishi va
ishlatilishini o'z ichiga olgan moliyaviy resurslar harakati aso­ sida hosil bo'lgan munosabatlar tuzilmasi bo'yicha murakkab tizimdir.
Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagi- larni keltirish mumkin:

  • bitta mamlakat hududidan chiqmaydi;

  • xorijiy subyektlarni jalb qilmaydi;

  • milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;

  • mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni o'zida ifodalaydi.

Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o'rganadi. Bularga:

  • iqtisodiy kategoriya sifatida - moliyaviy resurslarning fond­ lari bo'lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta'minlash uchun foydalaniladi;

  • institutsional jihatdan - bu banklar, valuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilot­ lari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui bo'lib, ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining harakati amalga oshiriladi;

  • iqtisodiy munosabat sifatida - bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar harakati vaqtida milliy mahsulotlarning qay­ ta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko'rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosa­ batlarini o'z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi.

Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:

  • taqsimlash funksiyasi;

  • nazorat funksiyasi;

  • takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog'liq tartibga solish funksiyasi;

  • barqarorlashtirish funksiyasi. Mazkur funksiya jahon xo'jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqa­ ror sharoitni yaratishda namoyon bo'ladi.

Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:

  1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari.

  2. Xalqaro mehnat taqsimoti.

  3. lqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi.

  4. lqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.

  5. Ilmiy-texnika taraqqiyoti.

  6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko'p tomonlama tartib­ ga solish tizimini takomillashtirilishi.

  7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi. Xalqaro moliya jahon xo'jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta'sir

ko'rsatadi.




Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish