An’anaviv o‘zgaruvchan tok mashinalari — asinxron va sinxron mashinalar bir-biridan rotorining tuzilishi bilan farq qilsa ham,
ularning statorlari asosan bir xil konstruksiyaga ega boTib (II.l-rasm), ishlash
prinsipi va nazariyasida anchagina
o'xshashlik, jihatlari mavjuddir. Bulardagi fizik jarayonlarning umumiyligi ularning nazariyasi
0‘xshashIigini, ko‘p fazali o'zgaruvchan tok chulg‘amlari konstruksiyasi hamda sinxron va sinxron mashinalar statorlarining tuzilishi prinsipining o‘xshashligini keltirib chiqaradi.
Magnit o‘tkazgich va chulg‘amlar o'zgaruvchan tok mashinalarining
aktiv qismlari hisoblanadi.
0‘zgaruvchan magnit oqimi o‘tadigan mashinaning magnit o‘tkazgichi, ya'ni asinxron mashinaning stator va rotor hamda sinxron mashinaning stator po‘lat o‘zaklari elektrotexnik izotropli (ya’ni magnit o‘tkazuvchanligi po‘latning jo‘valanish yo‘nalishiga deyarli bog‘liq bo'lmagan) sovuqlayin jo‘valangan po'lat (plastinka) tunukalaridan yig'iladi. Stator o‘zagining ichki (havo oralig'iga yaqin) tomoniga
chulg'am joylashtirish uchun shtamplash stanogi vositasida po‘lat plastinkalarga bir xil andozali pazlar o‘yiladi.
Elektr mashinalarining rotori valga mahkamlangan podshipniklar vositasida aylanadi. Quwati 1000 kW gacha bo‘lgan elektr mashinalarida podshipnik qalqonida joylashtiriladigan
sharikli va rolikli dumalash podshipniklari, R > 1000 kW bo'lganda esa mashina korpusidan tashqarida joylashtiriladigan tayanchda
sirpanish podshipniklari qo‘llaniladi.
Masalan, sinxron mashinalarda u o‘ta
yuklanish qobiliyatini oshirsa, asinxron havo oralig'i tomonidagi pazlarda rotor chulg'ami joylashtiriladi.
Po‘lat o‘zak tishlari va pazlarining shakllari mashina tipiga va uning quwatiga bog‘liq bo‘ladi.
Katta quvvatli mashinalarda stator va rotor
d)
10.2-rasm. Statoming ochiq (a), yarim ochiq (b) va yarim yopiq (d) shaklli pazlari: 1 — o'tkazgichlar; 2 — qatlam izolatsiyasi; 3 — qatlamlararo isolyatsiya; 4 — paz
izolatsiyasi; 5 — pona.
chulg'amlarini to‘g‘riburchak kesimli o'tkazgichlardan
bajariladi; bu holda o'tkazgichlarni pazda yaxshi joylashtirish va ishonchli izolatsiyalashni ta'minlash imkoniyati yaxshilangani sababli to‘g‘riburchak shaklli
ochiq pazlar qo‘Uaniladi (10.2,fl-rasm).
Kam va o ‘rta quvvatli elektr mashinalarida rotor va stator chulg'amlari odatda dumaloq kesimli simlardan yasalib, bunday mashinalarda oval (tuxumsimon cho‘ziq) yoki trapetsiya shakldagi
yarim yopiq pazlar (10.2,^-rasm) qo‘llaniladi. Ayrim hollarda to‘g‘riburchak
kesimli sim ishlatilganda yarim ochiq pazlar qo‘llaniladi (
10.
2,Z»-rasm).
Sinxron mashinalar rotorining konstruksiyasiga ko‘ra: ayon qutbli va noayon qutbli turlarga bo‘linadi.
rasm. Sinxron mashinalarning asosiy turlari: a — ayon qutbli, b — noayon qutbli.
(Noayon qutbli sinxron mashina (SM)larda rotor massiv yaxlit quyilgan) qilib bajariladi (10.3,6-rasm), chunki uningpazlarida magnit oqimi rotorga nisbatan qo‘zg‘almas boMgan qo‘zg‘atish chulg‘amli qutblar joylashgan.
Mashina havo orlig'ida magnit induksiyaning taxminan sinusoidal tarqalishini ta 'minlash maqsadida, qo‘zg‘atish chulg‘ami o'tkazgichlari rotor doirasining 2/3 qismidagi pazlarda taqsimlangan holda joylashtirilgan bo'ladi. Shu maqsadda
ayon qutbli sinxron mashinalarda qutb uchligiga maxsus shakl beriladi, ya'ni uning chekkalaridagi havo oraliq
8max qutb o'rtasidagi
8 ga nisbatan 1,5+2 baravar katta qilib tayyorlanadi.
Ayon qutbli sinxron mashinalarda rotorining markazdan qochirma kuchlari katta bo‘lganligidan qutblar soni (2p
> 4) qilib tayyorlanadi (10.3,o-rasm), chunki
n= n= 60 fj p ifodaga binoan umumiy qo‘llanishdagi o‘zgaruvchan
tok chastotasi fj = 50 Hz = const boMishi uchun rotorning aylanish chastotasi kam boMgan hollarda qutblar sonini oshirish zarur boMadi.