Teskari ketma-ketlikli toklarning sinxron generator ishiga ta’siri.
Toklarsistemasiningteskari ketma-ketligi IA2, IB2, IC2 rotorning aylanish
yo‘nalishiga teskari tomonga aylanadigan yakor MYK ni hosil qiladi.
Demak, teskari ketma-ketlikli toklarning hosil qilgan magnit maydoni
rotordagi qo‘zg‘atish va tinchlantirish (dempfer) chulg'amlarni kesib o‘tadi va ularda EYK larni (demak, toklarni ham) hosil qiladi. Bu EYK va toklarning (21,1,^-rasm) chastotasi yakor chulg'aminikiga nisbatan 2 marotaba kattadir.
Teskari ketma-ketlikli toklar hosil qilgan teskari aylanma maydonga turbogeneratorlar nihoyatda sezgirdirlar, chunki ularning rotori massiv (quyma, ya'ni yaxlit) boMgani uchun ularda isroflar katta bo‘Iib, rotorning ortiqcha qizishi xavfli, mashinaning FIK ham kamayadi. Shu sababli nosimmetrik yuklamada turbogenerator quwatini nisbatan kamaytirish lozim boMadi.
Qo‘zg‘atish chulg‘amida hosil boMadigan, chastotasi esa 2 marotaba oshgan o‘zgaruvchan toklar, shu chulg‘amning o'zgarmas tokiga ta'sir qilib (ya'ni qo'shilib) 21.2,«-rasmdagidek o‘zgaradigan tokni hosil qiladi.
rasm. Sinxron generatoming nosimmetrik yuklamasida qo ‘zg'atish chulg‘ami tokining o'zgarish shakli (a) va turbogenerator rotorida teskari ketma-ketlik maydono hosil qilgan toklar o ‘tadigan yo ‘llar sxemasi (b).
Qo‘zg‘atish maydonining stator teskari ketma-ketlikli maydoni bilan hamda statorning to‘g‘ri ketma-ketlikli maydoni va chastotasi 2 marotaba oshgan rotor tokining maydoni bilan o‘zaro ta’sirlari natijasida mashinada tarmoq chastotasidan ikki karra katta bo'lgan o‘zgaruvchan ishorali pulslanuvchi momentlartufayli tangensial kuchlar paydo boMib qo'shimcha titrash (vibratsiya) sodir boMadi.
Rotor chulg'amlaridagi EYK va tokning chastotasi yakor chulg'aminikiga nisbatan 2 marotaba katta boMgani uchun, teskari ketma-ketlikli toklarni hisoblashda o‘ta o'tkinchi (yoki o‘tkinchi) induktiv qarshiliklardan foydalanish tavsiya qilinadi. Boshqacha aylganda, teskari ketma-ketlikli oqimlar uchun qisqa tutashgan linchlantirish (dempfer) chulg‘ami, xuddi asinxron mashinalardagi qisqa lutashgan rotor chulg‘amining stator aylanma magnit oqimiga ta’siri kabi vazifani o‘taydi.
Noayon qutbli sinxron generatorda teskari ketma-ketlikli maydonga massiv rotorda induksiyalanadigan uyurma toklar aks ta'sir ko‘rsatib, uning ta’sirini ancha susaytiradi.
Ayon qutbli sinxron generatorda teskari ketma-ketlikli oqim dempfer chulg‘amida EYK ni (demak, toklarni ham) hosil qilib, ular o‘z navbatida Lens qoidasiga binoan, bu oqimga magnitsizlovchi ta’sir qiladi va mashinaning teskari ketma-ketlikli natijaviy oqimi kamayadi.
Teskari ketma-ketlikli oqim rotorning goh bo‘ylama va goho ko‘ndalang o'qlarini kesib o‘tadi. Shu sababdan teskari ketma-ketlikli toklar uchun mashina induktiv qarshiligining o‘rtacha qiymatini quyidagiga teng deb olish mumkin:
x2 = 0,5 (xd + xq), (21.1)
agar dempfer chulg‘ami yakor aylanasi bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, unda
Teskari ketma-ketlikli induktiv qarshilik x2 ni tajribada olish uchun sinxron mashina stator chulg‘amini o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulab, uning rotorini maydonning aylanishiga teskari tomonga sinxron chastota bilan aylantirish kerak bo'ladi (bunda qo‘zg‘atish chulg‘amiga ulangan voltmetr katta kuchlanishni ko‘rsatadi).
Dempfer chulg‘ami bilan ta’minlangan ayon qutbli sinxron generatorlarda teskari ketma-ketlikli induktiv qarshilik x2, = 0,15 -4- ^0,35, turbogeneratorlarda esa dempfer chulg‘ami vazifasini rotor massivi bajaradi va ularda x2, = 0,12 0,25.
Do'stlaringiz bilan baham: |