U = e + (R + Ldi / dt; (31.5)
barqaror ish rejimi uchun:
U = E„+IaR, (31.6)
bunda Ea va /a — yakor chulg‘ami EYK va toklarining oniy qiymatlari; Ra— yakor zanjirining to‘la qarshiligi; La d/a/ dt = 0; Ea~ teskari EYK (—Ea) ni muvozanatlaydigan kuchlanishning tashkil etuvchisi; barqaror rejimda tok Ia ham miqdor jihatdan o‘zgarmasdir.
dan yakor tokining qiymatini topamiz:
I = (U-Ea)/R. (31.7)
tenglama 0‘TM ishini xarakterlovchi nihoyatda muhim tenglama hisoblanadi.
0‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish
Ishga tushirish jarayoni quyidagilar bilan, ya’ni: a) ishga tushirish tokining karrali (In/IN); b) ishga tushirish momentining karrali (Mit/ Mn); d) ishga tushirish jarayonining ravonligi; e) ishga tushirish davri t.t; f) ishga tushirish uskunalarining tannarxi va energiya sarflari bilan bilan xarakterlanadi.
0‘TM larini ishga tushirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
bevosita (“reostatsiz”) ishga tushirish, bunda yakor chulg‘ami to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni reostatsiz elektr tarmog‘iga ulanadi.
reostatli ishga tushirish, bunda tokning qiymatini cheklash maqsadida yakor zanjiriga ketma-ket qilib maxsus ishga tushirish reostati yoki qo‘shimcha qarshilik ulanadi.
maxsus ishga tushirish agregati yordamida ishga tushirish (bunda yakor chulg‘amiga beriladigan kuchlanishni ravon oshirish ko‘zda tutiladi).
a) 0‘T mashinasini bevosita ishga tushirish. Dastlabki paytda motorning aylanish chastotasi n = 0 bo‘lganligidan, yakor chulg‘ami EYK Ea=0 bo‘lib, yakor chulg‘amining toki quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: >
L = U/R. (31.8)
Yakor zanjiri qarshiligi ra ning qiymati kichik boflganligidan ishga tushirish toki nominal tokka nisbatan 10+20 marta katta bo‘lib, mashina kollektorida kuchli uchqun chiqishiga olib keladi va zarbiy moment hosil bo‘ladi. Bu hol 0‘TM ulangan tarmoq uchun ham, motorning valiga ulangan mexanizm uchun ham zararlidir. Shu sababli 0‘TM ni bevosita ishga tushirish usuli faqat kam quwatli elektr motorlarida qo‘llaniladi, chunki bunday EMlarida yakor chulg‘ami qarshiligi ra ning qiymati nisbatan katta bo‘ladi (chunki qarshilik ra ning qiymati simning kesim yuzasiga teskari mutanosibda bo‘lishligidir).
Hozirgi vaqtda ishga tushirish toki nominal tokdan 6-r8 marta oshganda ham, quwati 6 kW gacha bo'lgan OlTM larini reostatsiz (tezkor avtomatlar qo‘llash yo‘li bilan) ishga tushirish mumkinligi aniqlangan. Bunda aylanish chastotani oshirish jarayoni yakor zanjiriga bir nechta kuchlanish impulsini berib amalga Oshiriladi, ya’ni tokning qiymati oldindan belgilangan qiymatga yetganda yoki undan oshganda avtomat yakor zanjirini uzib qo‘yadi va bu tok oldindan belgilangan qiymatga kamayganda avtomat yakor zanjirini tarmoqqa qaytadan ulab beradi.