1.Tirik organizmlarning tashqi muhitning muayyan sharoitiga moslashishini:
a)Karl Linney;
b)J.B. Lamark;
d) Ch. Darvin qanday izohlaydi?
Siz qaysi olimning nuqtayi nazarini ma’qullaysiz? Javobingizni dalillang.
O'quvchilar guruhi bu savollarga javob topgandan so‘ng, o'qituvchi o'quvchilar diqqatini o'zgaruvchanlik va moslanganlik tushunchalariga qaratib, bu ikki tushuncha o'rtasida aloqadorlikni izohlab berishni ta’kidlaydi.
Shundan so'ng hayvonot dunyosidagi moslashishlarni o'rganishga kirishiladi. O'qituvchi o'quvchilarga avval o'zlashtirgan bilimlari va darslikdan foydalanib quyidagi jadvalni to'ldirish va izohlashni topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |