J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/234
Sana12.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#444852
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   234
Bog'liq
Biznes marketingi

Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida 
reklama
Har qanday mamlakat xalqaro savdosini rivojlantirishda tashqi 
reklama alohida ahamiyat kasb etadi. Bu rivojlangan mamlakatlarning 
o ‘z tovar va xizmatlarini jahon bozoridagi reklamasi uchun k o ‘p 
mablag' ajratayotganligini ham izohlaydi va ularning yanada kengroq 
faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. Xorijiy mamlakatlarda reklama keng 
xalq ommasiga mo‘ljallanadi. Tez hamda sifatli barcha qiziquvchilar 
uchun bir xil qilib ishlanadi. Xorijiy mamlakatlarda reklama bo'yicha 
qabul qilingan qonun va qoida sotuv jarayonining bosqichlariga tovarlami 
sotishda ishlab chiqaruvchi yoki savdo agenti har bir bosqichiga e’tibor 
berib, ularga qat’iy rioya qiladi. Chet elda reklamani amalga oshiruv- 
chilar — bular reklama agentliklaridir. Ular barcha turdagi, turli 
nomenklaturadagi tovar va xizmatlarni ommaviy axborot vositalari 
orqali reklama qiladilar. Reklama agentliklarining soni juda ko‘p bo‘lib, 
o ‘zaro sof raqobat asosida faoliyat yuritadilar.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida respublikamizda reklama 
faoliyatini yuritishda xorij tajribasidan mahalliy sharoitga mos 
tomonlarini keng qo‘llash o ‘z samarasini beradi va tovarlar o ‘rtasida 
o ‘zaro raqobatni taminlaydi, tovar, pul aylanishini tezlashtiradi, 
iqtisodiyotga katta foyda keltiradi. Reklama bozor faoliyati bilan 
chambarchas aloqada bo‘lib kelgan. Shu bois, bundan 50—60-yil oldin 
bozor iqtisodiyotiga o ‘tgan rivojlangan mamlakatlarda u o ‘zining 
mustaqil vazifasini bajarib kelmoqda.
Respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyat marketingida reklama 
sohasining amaliyotida ishlab chiqaruvchi ko‘pincha awal tuzilgan 
shartnoma va iste’molchilar bilan oldindan mavjud bo‘lgan aloqa bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatadi. Reklamada mahsulot ishlab chiqarishdan tortib ulami 
sotish, foydalanishgacha bo‘lgan jarayon u yoki bu ko'rinishdagi aksini 
topadi. Sotuv jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
— iste’molchini izlash;
— iste’molchi bilan aloqa;
— aloqa jarayoni;
— taqdimot marosimi;
— kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
— shartnoma tuzish;
— shartnomani amalga oshirish.


Bu bosqichlarga amal qilgan holda AQSH «Reebok» poyabzal ishlab 
chiqaruvchi yirik korhonasi tashqi iqtisodiy faoliyatida reklamaning 
shu kungi holati, uni tovarlarni sotishdagi roli bo‘yicha marketing 
tadqiqotlari o‘tkazilgan. Reklamaning maqsadiga muvofiq, o ‘tkazilgan 
tadqiqotlar asosida quyidagi natijalar olingan:
1) birinchi yili «Reebok» poyabzalini ishlab chiqarilayotganligi 
haqida axborot tarqatilgach, iste’molchilaming 15 yoshdan 49 yoshgacha 
bo‘lgan xaridorlarning ichida 20 % har yili o'rtacha 45 dollardan juft 
poyabzal sotib oigan.
2) bu markali poyabzal bilan tanish bo'lgan iste’molchilarga 50 
%ini «Reebok» yuqori sifatli, maqbul narxlarga sotilayotganligi, 
yumshoq teridan va keng miqyosda ishlab chiqarilib, chakana savdo 
do'konlarida sotilishi haqida axborot berilgan.
3) yuqoridagi «Reebok» markasi haqida iste’molchilar guruhining 
50 % mazkur poyabzal juda yuqori sifatli, qulayligi hamda zamona- 
viyligi (moda, urfga xos) va o‘z narxini oqlashiga ishontirilgan.
4) «Ishontirilgan» iste’molchilarda «Reebok» poyabzalini kiyib 
ko'rish ishtiyoqi uyg'otilgan.
5) «Reebok» poyabzalini kiyib ko‘rish ishtiyoqi uyg‘ongan iste’mol- 
chilarni mahalliy (hududiy) do‘kondan sotib olishga iste’molchilar 
guruhini 50 %ini yo‘naltirilgan.
Tovarlarning sifatidan tashqari, ularning ta ’sirchan psixologik 
reklamalari iste’molchilar ichida bu tovarlarning nufuzini yarata oladi. 
Masalan, «Malboro» sigaretlari — oddiy sigaretlar emas, balki haqiqiy 
erkaklar uchun sigaretlar, «Mersedes» — shunchaki qimmat avtomobil 
emas, balki «yosh yuraklar» uchun avtomobil ekanligi reklamada 
ta’kidlanadi. Bu tamoyil tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi reklamasida 
ham keng qo'llaniladi. Bu tamoyilga ko‘ra, tovarga nisbatan reklama 
budjetini tuzish kerak. Budjetda ma’lum vaqt ichida sarflangan umumiy 
summa aks etadi. Reklama budjetini tuzishda tovaming hayotiylik davri, 
uning bozordagi ulushi, hududiy sotish va raqobatbardoshlik darajasi, 
reklamaning takroriylik vaqti, tovarni saralash imkoniyatiga e ’tibor 
berish kerak. Reklama xarajatlarini taxminan m o‘ljallab aniqlash va 
uning tarmoqlararo narxlari nisbati o‘rganilishi kerak. Quyidagi jadvalda 
TIF marketingining ayrim tovarlar reklamasi uchun sarflanayotgan 
reklama xarajatlari keltirilgan (16-jadval).



Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish