Xulosalar
Xorijiy investitsiyalarga ega korxonalar qo‘shma korxona (QK)
deyiladi va ularning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati nihoyatda katta.
Bunday korxonalarda marketing ham boshqalariga nisbatan yuqoriroq
saviyada tashkil etiladi. Unga asosiy sabab investitsiyalar kiritgan firma
(kompaniya)ning barcha texnika, texnologiyasidan foydalanganligi
kabi, marketing sohasidagi ilg‘or tajribasidan ham foydalanish huquqiga
egadirlar. Ularning moliyaviy qudrati ham marketingni mukammal-
lashtirish uchun yaxshi baza bo‘lib xizmat qiladi va h.k. QK larning
barcha faoliyati jahon standartlari asosida olib boriladi.
Bunday korxonalaming marketing xizmati ichki va tashqi bozorda
o‘z faoliyatini keng qamrovli, uzluksiz va har tomonlama kompleks
tizimli ravishda olib borishdir.
QK lar biznes rejasining muhim qismi marketing dasturidir.
Marketing dasturini tuzishda quyidagi omillar e’tiborga olinadi:
— bozor imkoniyatlari;
— marketingning makro va mikro muhitlari;
— tovar, narx, sotish usullari, reklama va mahsulot o'tkazishni
rag‘batlantirish holati;
— xodimlarning bilim darajasi, ulami tayyorlash va qayta tayyorlash;
— marketing xarajatlari va ularni pasaytirish imkoniyatlari va h.k.
QK lar faoliyatida axborotlar alohida rol o‘ynaydi. Axborotlami
ular maxsus axborot banklari yoki axborot yig‘ish, ularga qayta ishlov
berish va umumlashtirish bilan shug‘ullanuvchi firmalar xizmatidan
foydalanadilar. QK marketingi xorij bozorlariga chiqar va o ‘zlari uchun
xaridor yoki investor izlar ekan u mamlakatning ichki hamda tashqi
mikro va makro muhiti bilan chuqur tanishib, o'rganib chiqadi. Bunda
ularga ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar yordamga keladilar.
QK marketologlari o ‘zlari ham bunday tadqiqot ishlarini olib
borishlari mumkin. Unda maxsus ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan
foydalanadilar. Masalan, Beri indeksi mezoni bu ishda qo‘l kelishi
mumkin. Investitsiyalarni jalb qilishda investorlarning sharoit va
imkoniyatlari, ulaming manbalari, davlat tizimi, bozor iqtisodiyotining
rivojlanganlik darajasi kabi ko‘rsatkich va masalalarni ham e’tiborga
olish zarur bo‘ladi. Bunda norasmiy suhbat, uchrashuv va boshqa
m a’lumotlardan foydalanish zarur bo‘ladi.
Marketingda investitsiyalar tovar bo'lganligi uchun investitsiyalar
marketingida unga nisbatan talab va taklif qonuniga rioya qilgan holda
yondashmoq lozim.
Investitsiyalarga bo'lgan talab n i aniqlashda, u lardan nima
maqsadlarda foydalanish, samaradorlik darajasi, xarajatlar, qoplash
muddati kabilar hisob-kitob qilinadi. Ularni eng zaruriy soha va
tarmoqlarga jalb qilishga erishmoq lozim. Xorijiy investitsiyalar taklifi,
birinchi navbatda, o ‘zidan ortgan, o ‘z ichki bozorida talab bo‘lmagan
miqdordir. Biroq, bunda umuminsoniy, siyosiy, diniy masalalar ham
m a’lum rol o'ynashligini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |