m illiy valutada uzoq muddatli kredit berish sharti.
8
JAMI:
100
Ular va nafaqat hozirgi, balki kelajakda kutiladigan rivojlanish va
o'zgarishlarni ham aks ettiradilar. Masalan, siyosiy barqarorlik o ‘zida
bo'ladigan har xil siyosiy o ‘zgarishlarni, shu jumladan: ijtimoiy
to ‘qnashuvlarni (zabastovkalar, stachka, ish tashlash va hokazolami)
aks ettiradi. BERI indeksi bilan bir qatorda investorlaming ekspertlari
joylarda maxsus uchrashuvlar (tanishish, o ‘rganish, tadqiq qilish)
o ‘tkazishi ishning yanada puxta bo'lishini ta ’minlaydi. Bunda, ular
BERI indeksida o ‘zining aksini topa olmagan ba’zi masalalariga ham
e ’tib o r beradilar. M asalan, ek sp ertlarn in g diqqat e ’tib o rid an
mamlakatda hukm surayotgan norasmiy qonuniyatlar, jamoachilik,
mahalliychilik, urug‘chilik, diniy, etnik va boshqa ko‘rinishdagi
iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy hayotga ta’sir etuvchi bog‘liqliklar va omillari
chetda qolmasligi lozim. Shunday qilib, investitsiya iqlimi chuqur va
har tomonlama o ‘rganilib va investitsiya xavfi hisoblab chiqiladi. BERI
indeksi 0 bo'lganda to ‘liq xavfni anglatadi, ya’ni bu mamlakatga
investitsiya kiritish mumkin emas, nomaqbul demakdir. Investitsiya
iqlimi qancha yuqori, qulay bo‘lsa, investorning investitsiyalash xavfi
shunchalik past bo‘ladi. Agar bu iqlim qanchalik past bo‘lsa, investitsiya
qabul qiluvchining sarf-xarajatlari ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ya’ni,
investitsiya iqlimi va investitsiya xavfi bir-birlariga teskari proporsional
ekan. Investitsiya iqlimi modelini marketologlar tomonidan yaratishini,
awalo, investorlar bilan boMadigan iqtisodiy munosabatlami qanchalik
to ‘g‘ri yoki xato ekanligini, ularga ta ’sir etuvchi omillarni, mamlakat-
dagi siyosiy va iqtisodiy ahvolning holatini, investorlaming xulq-atvori
haqida to ‘liq, tasaw ur qilish imkonini beradi.
Marketing rejasini iqtisodiy-tashkiliy ta ’minlash ko‘p jihatdan o ‘z
xodimlarini tayyorlash yoki marketingning aniq yo'nalishlariga
ixtisoslashgan mustaqil xizmatlarni jalb qilish bilan ham bog'liq.
Hali tashqi bozorga chiqmay turiboq QK qayerda, qay tarzda va
nima hisobiga kadrlami tayyorlash va malakasini oshirish ta’minlanishini
hal qilib olishi kerak.
Fan-texnika va ilmiy taraqqiyot kuchayishi bilan intellektual potensial
ishlab chiqarishni eng kuchli omiliga aylanib boradi va uning jiddiy
qismi bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham zehn-idrok ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirish uchun sarflanadigan qo‘yilmalar o‘sib borish
xususiyatiga egadir. Bugungi kunda real investitsiyalar tarkibida ilmiy
izlanishlar, fan, ta ’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun
sarflanadigan xarajatlar o'sib bormoqda. Shu sababli ham bozor
iqtisodiyoti rivojlangan AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya
kabi mamlakatlarda fan va ilmiy izlanishlarga sarflanadigan qo‘yilmalar
o‘sish sur’atlari bo‘yicha asosiy fondlarga sarflanadigan investitsiyalardan
yuqoridir. Jahon bozoriga kirib borish, keng ko‘lamda marketingni
rivojlantirish batafsil axborotga ega boMish, yuqori darajadagi kompyuter
tizimlarini tashkil etishni, yuqori malaka, yuksak madaniyatli, Vatanim
deb yashovchi kadrlar tayyorlashni va bu sohada dunyodagi rivojlangan
davlatlar darajasiga erishishni talab etadi. Shuning uchun ham tez
sur’atlar bilan rivojlanishda real investitsiya tarkibida fan, texnika, ta’lim,
kadrlami qayta tayyorlash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy
o ‘rinlardan birini egallashi zarur.
Marketing izlanishlari strategiya va taktikasini boshqarish — bu
muammolar ustuvor darajasida bo‘lmog‘i lozim. Asosiy fondlarga
sarflangan real investitsiyalar maqsadi, sarflanish yo‘nalishi va boshqa
ko‘rsatkichlarga ko‘ra hududlararo, tarmoqlararo, texnologik hamda
qayta ishlab chiqarish tadbirlariga ega. Bunday investitsiyalami, ulaming
aktiv (mashinalar, asbob-uskunalar) va passiv (binobarin, inshootlar)
qism larini tashkil etish uchun sarflangan um um iy xarajatdan
yig'indisidagi ulushi investitsiyalami texnologik tarkibini tashkil etadi.
Bu miqdor ham ko‘p jihatdan marketing bilan, marketingni ilmiy
boshqarish bilan uzviy bog'langandir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismi shaxsiy investitsiyalar
hissasiga to‘g‘ri keladi. Davlat sektorida ham real investitsiyalar sarfi
muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy muvoflqlashtirish siyosati asosida
kreditlar, subsidiyalar ajratiladi hamda davlat kapital qo‘yilmalari
muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar o ‘zlashtiriladi. Davlat
tom onidan o ‘zlashtiriladigan investitsiyalar, avvalambor, bozor
infratarkibini va u bilan bog‘liq boigan tarmoqlarni rivojlantirishga
sarflanadi. Investitsiyalami samaradorligini ko‘tarish asosan, asosiy
kapitalni aktiv elementlarini vujudga keltirish va o‘stirish hisobiga amalga
oshirilmog‘i lozim. Bu vazifani hal etishda marketing faoliyatini to ‘g‘ri
tashkil etish va boshqarish alohida ahamiyatga loyiqdir.
Dunyo xo‘jalik tizimida ishlab chiqarish tobora baynalmilallashib
borishi bilan kapitalning eksporti kengayib borishi va tashqi
investitsiyalar hajmi o'sadi.
Marketologlar bu ishni ijobiy hal qilishga yordam bermoqlari kerak.
U la r shuningdek, real kapitalni ja m g ‘arish jarayonini tashqi
investitsiyalarga bog‘ 1 iqlik darajasining sababini, jumladan, ishlab
chiqarish kompleksini qaysi tipda bo‘lishi, dunyo xo‘jalikaloqalariga
va xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki, ichki bozomi o‘sish sur’atlari,
tashqi investitsiyalar oqimi hamda import qiluvchi mamlakatlarda
investorlar uchun yaratilgan qulayliklarga ham bog‘liqligini aniqlaydilar.
Marketologlar bu borada investorlar o ‘z foydalarini olib chiqib ketish
huquqining kafolatini importchi mamlakat iqtisodiyotini barqarorligi,
kabi investitsiya iqlimini yaxshilash taktikasini ishlab chiqish muhim
rol o ‘ynamoqlari lozim.
0 ‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatga kirib borayotganligi
ham QK lar faoliyatida keng istiqbollarni ochmoqda.
11.4. Xorijiy investitsiya]arga talab va taklif
Investitsiyalarga bo'lgan talabni aniqlash nihoyatda murakkab
vazifalardan bo‘lib, u o ‘z ichiga umumiy investitsiyaga bo‘lgan ehtiyojni
aniqlashdan tortib, qaysi tarmoqlar, korxonalarga qancha miqdordagi,
turdagi investitsiya, ulaming qaysi mintaqa, viloyat tumanga joylashtirish
lozimligini aniqlashgacha boMgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Umumiy
investitsiyaga bo‘lgan ehtiyoj qaysi manbalar hisobiga qondirilishi, ichki
va tashqi investitsiyalar miqdori, ularning ulushi hisoblab chiqiladi.
Shuningdek, investitsiyalarga boMgan talabni aniqlashda, qanday tovar
ishlab chiqarish va xizmatlarga yo‘naltiriladigan investitsiyalar, ulaming
samaradorlik darajasi, daromad, xarajatlar, ulami qoplash muddati
hisob-kitob qilinadi.
Tashqi investitsiyalarga talab aniqlangach, ularga toManadigan to ‘lov
turi, miqdori alohida e’tibor bilan aniqlanadi. Bunda tashqi inves-
titsiyalaming umumiy iqtisodiyotga, ichki va tashqi bozorga va umuman
siyosiy muhitga ta ’siri nazardan chetda qolmasligi lozim. Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: |