J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


tashqi investitsiyalarga bo'lgan talab miqdori quyidagi omillarga bog ‘liq



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/165
Sana05.04.2022
Hajmi9,18 Mb.
#529881
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

tashqi
investitsiyalarga bo'lgan talab miqdori quyidagi omillarga bog ‘liq:

ichki o ‘z moliyaviy va boshqa resurslarning ehtiyojni qoplay 
olmagan miqdori;
— tovar va xizmatlarga ichki bozorda talabning qondira olmaganligi;
— fan, texnika va texnologiya yutuqlarini qo‘llash imkoniyatlari;
— xomashyo va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik 
darajasi;
— injener-texnik va ishchi kadrlar bilan ta ’minlanganligi;
— valuta kursining tebranib turish darajasi va boshqalar.
Xalqaro investitsiyalar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, investitsiya
qo'yish ham chetga tovar chiqarish kabi, aw alo, shu mamlakatda 
kompaniya, tashkilot va firma yoki jismoniy shahsning o ‘zidan ortishi, 
bo‘sh, bekor turishi lozim. Demak, 
investitsiya taklifi miqdorini quyidagi
omillar belgilab beradi:

bo‘sh qolgan mablag1 laming miqdori;


- investitsiyalarga ichki bozorning to'yinganligi va takliflarning 
ortiqchaligi;
- tashqi bozorda investitsiyalarga to‘lov miqdorining ichki bozordan 
yuqoriroq bo‘lishi.
Bu omillar bilan bir qatorda investitsiyalarga bo'lgan talab va taklifga 
barobar ta ’sir etuvchi omillar borki, ular jumlasiga quyidagilarni 
kiritish mumkin:
- bozor iqtisodiyoti munosabatlarining rivojlanganlik darajasi;
- sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va 
milliy iqtisodiyotning rivojlanish hajmi va sur’atlari;
- fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasi;
- moddiy-texnika bazasining rivojlanish holati;
- siyosiy barqarorlik darajasi;
- milliy, ma’naviy-madaniy, tarixiy va mintaqaviy xususiyatlar;
- moddiy, moliyaviy, axborot va mehnat resurslari bilan ta’minlan- 
ganlik darajasi.
Investor iloji boricha o ‘z mablag‘larini, avvalo, marketing 
kuzatishlari yordamida o'rganilgan va foyda olishni kafolatlaydigan 
tarmoqlarga va sohalarga yo‘naltiradi. Marketing tadqiqotlari investitsiya 
qo‘yiladigan mamlakatning tabiiy, iqlim sharoiti, milliy xususiyatlari, 
aholining xarid quwati, sotiladigan bozori, xomashyo bozori kabilar 
o ‘rganiladi. Shu bilan biiga shu mamlakat atrofidagi hududlar o‘rganilib, 
ulami investitsiyalarga bo‘lgan talabi haqidagi axborotlar to'plab boriladi. 
Ana shu axborotlarga tayangan holda xorijiy investitsiyalarga boigan 
talab aniqlanadi. Investitsiyalarga bo‘lgan talab dunyoda yangi mustaqil 
davlatlarning paydo bo‘lishi bilan ortib boradi.
Xorij investitsiyasini olib kiradigan mamlakatlar va mintaqa bu 
investitsiyalarni yuqoriroq foyda keltiradigan, xizmat ko‘rsatish, ishlab 
chiqarish sohalariga yo‘naltiradilar. Ular mazkur mamlakatlarda 
korxonalar qurilishi, ishlab chiqarishning tashkil etishi, ishlab chiqargan 
maqsulotni milliy bozorda sotishni ta’minlash, mahsulotning ma’lum 
qismini jahon bozorida sotishni tashkil etish bilan shug'ullanadilar. Xorij 
investitsiyasi, avvalo, korxonalar, firmalar tomonidan boshqariladi.
Mamlakatda xorij investitsiyalaridan samarali foydalanish energiya, 
xomashyo, texnika-texnologiyani rivojlantirishga olib keladi va korxona 
ko‘rsatkichlarini ham jahon standartlari talabi asosida tashkil etish tufayli 
o ‘sib boradi. Natijada, iste’molchilar tomonidan ishlab chiqarishga 
bo‘ladigan talablar o ‘sa boshlaydi, bu esa investorlaming yangi sohalari


bo‘yicha o‘z faoliyatlarini boshlashga imkon beradi va investitsiyalarga 
bo'igan talabni yanada oshiradi. Shu tariqa qo‘yilgan investitsiya m a’lum 
mintaqada, m a’lum muddatda o‘z egalariga foyda keltiradi.
O'zbekiston hukumati xorij investorlariga qonun bo ‘yicha turli 
kafolatlarni ta ’minlagan. M asalan, xorij investitsiyasi hisobidagi 
korxonalarga uch yilgacha soliq solinmaydi. Ularning ko‘rgan zarari, 
agar biror yuridik shaxs yoki uning amaldorlari tom onidan bo‘lsa, 
xo'jalikning o ‘zi orqali undirib olinadi. Xorij investitsiyasi o ‘zining 
mablag'larini shu mamlakatda bo'lgan xomashyoni ishlab chiqarishda 
ishlatiladigan turlarini sotib olish huquqiga ega. Investor mamlakatlar 
o ‘z imkoniyatlariga qarab investitsiya qo'yilgan mamlakatlarda kadrlar 
tayyorlashga, ishlab chiqarilgan tovarlarni xorijda sotishga yordam- 
lashadi, biroq ko‘p hollarda ular bunga yetarli darajada e’tibor ber- 
mayaptilar, ularni ko‘proq foyda olish qiziqtirmoqda. O'zbekistonda 
kapital qo‘yilmalarning asosiy qismi qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan 
edi, bu esa strukturaga kiritilgan fondlarning asosiy 1/3 qismi qishloq 
xo'jaligiga, ishlab chiqarish va sanoatga esa atigi 25 foizini tashkil etardi. 
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tgandan so‘ng O'zbekistonda xorij inves- 
titsiyasini, yangi texnika va texnologayasini olib kirish va ulardan optimal 
foydalanish muammosi kelib chiqadi. Bu muommolami hal etishda 
investitsiyalar marketingini aham iyati ortib borm oqda. M azkur 
muammolarni yechishda bizga xorij investorlarining yordami muhim 
ahamiyatga egadir. 0 ‘zbekiston meditsina va farmatsevtika sanoati, 
ayniqsa, yuksak investitsiya iqlimiga ega va muhtoj tarmoqlardan. Bizda 
shunday giyohli o ‘simliklar, tabobat uchun eng kerakli ko ‘katlar 
bo‘lishiga qaramay, tabobat va dori-darmon sanoati yaxshi rivojlangan 
deb bo'lmaydi. Lekin, 0 ‘zbekiston sobiq SSSR bo‘yicha hamon noyob 
vaksina va sivorotkalar chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. BSJ, 
jigar-tifoz vaksinasi, vabo, va ilon chaqishiga qarshi va boshqa noyob 
dorilarga ichki va, ayniqsa, jahon bozorlarida talab juda katta. Lekin bu 
dorilarni ishlab chiqarish uchun texnologiya, quyish stanoklari, o'rab- 
chirmashlar yetarli va yuqori darajada emas. Bizning mutaxassislarimizda 
ham yetarlicha tajriba yo‘q. Bunda chet el farmatsevtika sanoatining eng 
yangi texnika va texnologiyasini respublikaga kiritish, 0 ‘zbekiston esa 
o'zining noyob dorilari bilan jahonga yordam berishi mumkin.
Milliy iqtisodiyotda m ahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ya’ni 
mashinasozlik, stanoksozlik, issiqlik quwati, kimyo, elektronika va 
radioelektronika sohalari ham investitsiyalar olib kiritish yo‘li bilan


tarkibiy o'zgarishlar rivojlanishida yangi bosqichlarga erishishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda ana shu tarm oqlar, ayniqsa, muhim ahamiyatli 
hisoblanadi. Chunki, birinchidan, bu tarmoqlarning korxonalari 
mahsulotlariga ichki bozor to ‘yingan emas; ikkinchidan, korxonalar 
yoki komplekt detallarni ishlab chiqarishga moslashgan yoki ular 
pirovard mahsulotlami ishlab chiqaradi, (masalan, ekskavatorlar, paxta 
terish mashinalari); uchinchidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
sifat jihatidan jahon standartlariga javob bermaydi; to'rtinchidan, bu 
mahsulotlarga kerak bo'lgan ehtiyot qismlar va detallar sobiq SSSRning 
boshqa respublikalaridan olib kelinardi; beshinchidan, kimyo tarmog‘i- 
ning ko‘p korxonalari yarim tayyor mahsulotlami ishlab chiqaradi, 
bular esa respublikadan tashqarida qayta ishlanadi. Bu muammolarni 
yechishda chet el investitsiyalariga talab ortadi va ular yordam berishi 
mumkin. Xorij investorlarini jalb qilib, elektronika, elektrotexnika, 
biotexnika tarmoqlari, kompyuterlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, 
texnologiyani mukammallashtirish.
Investitsiyalar eng yangi texnologiya va texnikani olib kelishdan 
tashqari, intellektual mulk yaratish, uni rivojlantirishga yo‘naltirmog‘i 
lozim. Investitsiyalashni QK larni ochish yo‘li bilan amalga oshirish 
ko‘p kapitalni talab qilmaydi. Aholining siyosiy-maishiy ahvoli davlat 
va hukumatning oldida turgan muammolaming asosiy qismidir. Keyingi 
yillarda bu sohaga kapital qo‘yilmalarning 1/3 qismi qo‘yildi. Uy-joylar 
qurilishi, maishiy xizmat ko'rsatish obyektlari hozirgi davrda eng kerakli 
va eng ko‘p foyda keltiradigan sohadir. Respublikamizda hanuzgacha 
turizm yaxshi rivojlanmagan. Chet el ishbilarmonlari o ‘zlarining 
kapitallarini qo‘yib, turistik komlekslar, qadimiy, tarixiy, shuningdek, 
eng noyob va qiziqarli joylarga ekskursiyalar tashkil qiladigan QK lar 
tashkil qilishlari mumkin. Bunda, Xo‘ja Ismoil Al Buxoriy, Muso Al 
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon 
Beruniy, Amir Temur Ko‘ragoniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, 
Z ah irid d in M uham m ad B obur kabi buyuk jah o n g a m ashhur 
ajdodlarimizning yashab ijod etgan tabarruk maskanlarini ziyorat qilish 
bo'yicha tematik xarakterdagi marshrutlami tashkil etish va zamonaviy 
arxitekturalar bilan turistlarni tanishtirish lozim.
0 ‘zbekistonda iqlimning yaxshiligi meva, sabzavotlar yetishtirishga 
imkon beradi. Lekin, bu mahsulotlaming jahon bozoriga chiqishi yaxshi 
yo‘lga qo'yilmagan. Chunki, bizda eksport qiladigan firmalarva tajriba


yetarli darajada emas. Bu mahsulotlami o ‘rash, navlarga ajratish, 
markalashtirib, jahon bozoriga olib chiqishga bizda mutaxassislar yo‘q 
darajada. Shunday qiyinchilik paytida bizda tarmoqlarni rivojlantirish 
uchun jahonning ko‘pgina davlatlaridan texnolgiyalar olib kelinmoqda. 
Respublikaga investitsiyalar:
1. Eksport uchun ishlaydigan tarmoqlarga ustuvor, birinchi galda 
yo‘naltirilmog‘i lozim.
2. Ichki bozor uchun ishlaydigan tarmoqlar kichik korxonalarni 
rivojlantirshi uchun investitsiyalash muhim ahamiyaga ega.
Birinchi guruhga kiruvchi tarmoqlarda zamonaviy texnologiyasiz 
raqobatga chidamli mahsulot ishlab chiqarmay eksport qilib bo‘lmaydi. 
Xorijiy investitsiyasiz bu tarmoq jahon bozoriga chiqa olmaydi. Ikkinchi 
guruh tarmoq esa, kichik biznesdir, ya’ni u arzón mahsulot ishlab 
chiqaradi va iste’molchilami shu mahsulotga bo'lgan talabiga ishonadi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi xomashyoga boy hisoblanadi. Xorij inves- 
titsiyasini qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga yo‘naltirish maqsadga 
muvofíq bo ‘lar edi. Xalqaro investitsiya bozorida kapital qurilish 
obyektlarga bo‘lgan talab ham o ‘sib bormoqda. Chunki jahon iqtisodiy 
tizim ida o'zining milliy suverineteti va m ahalliy iqtisodiyotini 
shakllantirayotgan mamlakatlar o‘z hududlariga xorij investitsiyasini 
olib kirishda astoydil harakat qilmoqda. Shuning uchun, jahon kapital 
qurilish bozorida investitsiyaga talab yuqori bo‘lib, bu davlatlar o ‘rtasida 
raq o b at kurashining kuchayishiga sabab b o ‘lm oqda. M azkur 
investitsiyalarni olib kirish bizning respublika iqtisodiyotini rivoj- 
lantirishda muhim rol o'ynashi aniq.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish