J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


A) Loyihali Marketing bo'yicha vitseprezident



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/165
Sana18.03.2022
Hajmi9,18 Mb.
#499754
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

A) Loyihali
Marketing bo'yicha vitseprezident
JL
A guruh
tovarlari
marketingi
n r
JL
B guruh
tovarlari
marketingi
Í T
B) Matritsali
Marketing bo'yicha vitseprezident
JL
Marketing
dasturlarini
boshqaruvchi
markaz
JL
Marketing
tadqiqotlar
i rahbari
1-marketing
dasturining
rahbari
n-marketing
dasturining
rahbari
JL
Sotish
bo‘yicha
rahbar
6-rasm.
Marketing xizmatlarini tashkiliy tuzilishining shakllari


grafik; 3) tovar; 4) bozor; 5) kombinatsiyalashgan tarzda bo‘lishi mum- 
kin. Birinchi tamoyilga ko‘ra marketingning har bir funksiyasi (reklama, 
yangi tovar yaratish, sotish, ta d q iq o t o ‘tkazish, m ark etin g n i 
rejalashtirish, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish va boshq.) bo'yicha alohida- 
alohida mutaxassislar ishlashib, marketing ishlari bo‘yicha korxona 
rahbarining o‘rinbosariga bo‘ysunishadi. Tovar assortimenti kam bo‘lgan 
korxonalarda bunday tashkiliy tuzilishning samarasi yuqori bo‘ladi. 
Tovar assortimentining ko‘payishi natijasida esa, aksincha, samarasi 
kamayib boradi.
Keng miqyos (hudud)da tovar sotadigan korxonalar asosan ikkinchi 
(geografik) tamoyilga asoslanishadi. Bunda, korxona faoliyatini hududlar 
bo'yicha tashkil etishib, har birida o ‘zaro bog‘liq boMmagan marketing 
xizmatlarini tashkil etishadi. 0 ‘z navbatida, ularning barchasi 
korxonaning marketing ishlari bo‘yicha vitseprezidentiga bo‘ysunishadi. 
Mahsulot nomenklaturasi keng bo'lgan korxonalar asosan uchinchi 
(tovar) tamoyildan foydalangan holda marketingni tashkil etishadi. 
Bunda har bir mahsulot turi bo‘yicha alohida marketologlar faoliyat 
yuritishib, o‘zlariga biriktirilgan markalaming sotilishiga mas’ul bo‘ladilar. 
To‘rtinchi tamoyil (bozor)ga asosan, firmalar marketing xizmatini 
bozor segmentlarining xususiyatlariga asoslangan holda tashkil etadi. 
Bunda m ijozlarning xulqi, didi, t o ‘lov qobiliyati va b o sh q a 
ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. Amaliyotda ilk to'rtta tamoyilga asoslangan 
marketing xizmatlaridan tashqari, ular kombinatsiyalashgan tarzda 
ham ishlatiladi. Masalan: funksional-tovar, fu n ksional-bozor, 
funksional-geografik, tovar-geografik, tovar-bozor kabi b o ‘lishi 
mumkin. Buning natijasida beshinchi (kombinatsiyalashgan) tamoyilga 
asoslangan m a rk e tin g x iz m a tin i ta sh k iliy ta m o y ili v u ju d g a 
keladi.Yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillar bilan birga marketingni tashkil 
qilishning ikki shakli ham mavjud. Bular: loyihali; matritsali. Birinchisida 
(6a-rasm), har bir tovar uchun belgilangan mas’ul shahsga keng 
vakolatlar berilib, alohida-alohida mutaxassislar va boshqa zaruriy 
moddiy resurslar bilan ta’minlanadi. Alohidalashgan holda ish olib 
borayotgan guruhlarning har biri bo‘lak loyiha hisoblanadi. Ularning 
har biri faqat bitta rahbarga bo‘ysunadi. Buni vertikal boshqarish deb 
atasa ham bo‘ladi. Ikkinchisida (6b-rasm), loyihalar o ‘zaro bog'liq 
bo‘lib, har biri bir nechta rahbarga b o ‘ysunadi. Bu shaklning 
birinchisidan afzalligi shundaki, har bir loyiha uchun zaruriy moddiy


resurslar alohida olib berilmaydi, balki, olingan resurslardan hamjihatlik 
asosida foydalanishib, xarajatlar miqdorini pasayishiga olib keladi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan marketing xizmatini tashkil qilish 
tamoyillari va shakllari asosida KBS larda marketing xizmatlarini tashkil 
etsa bo'ladimi? Yo‘q, ulaming barchasida bunday ishlarni alohida shtatli 
xodimlar emas balki, korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari bajarishadi. 
Marketing ishlari bilan birga bir nechta vazifalarni (hisobchi, menejer, 
texnolog, ta’minotchi va boshqa) olib borishadi. Bu rahbarlaming asosiy 
qismi oliy, o‘rta-mahsus m a’lumotga ega bo‘lsalarda, mutaxassisliklari 
bo‘yicha muhandis-texnologdirlar. Ulaming ayrimlari hatto «marketing» 
so'zining mazmuni haqida tushunchaga ega emas. Kichik korxonalaming 
aksariyat qismida 25 tagacha ishchi va xizmatchilar bo‘lib, ularning 
qariyb 90 %i bevosita ishlab chiqarish ishtirokchilari hisoblanishadi, 
qolgan qismi esa, bu jarayonda bilvosita qatnashishadi. Kadrlar soni 
qancha kamchilikni tashkil etsa, korxonaning rahbari ham xo‘jalik 
operatsiyalarida to ‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashishigato‘g‘ri keladi. Ularning 
asosiy qismi, tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan va biznesni endi 
tashkil qilayotgan korxonalardir. Xodimlarining aksariyati bir-birining 
o'rnini bosa oladigan malaka, tajribaga ega, mehnat taqsimoti va 
ixtisoslashish chuqurlashmagan, turli darajadagi masalalami hal qilishni 
asosan, rahbar o ‘z zimmasiga oladi. Ishlab chiqarish miqdorini 
belgilash, ta’minot, boshqarish, mijozlarni jalb qilish va sotish ishlari 
ham korxona rahbarining asosiy vazifalariga kiradi.
Korxonada ishchilar sonini oshishi va faoliyatining kengayishi 
jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashishiga, o ‘z navbatida, har 
bir xodim yoki ishchi alohida bajaradigan funksiyaga ega bo‘ladi. Shaxsiy 
tarkibi 25 ta va undan ortiq bo‘lgan KBS larda xuddi shunday jarayon 
kuzatiladi. Ularda ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, hisobni olib 
borish, ta’minot, sotish ishlari alohida shaxslarga yuklanib, rahbar 
esa, umumiy nazoratni o ‘rnatadi. Shunday bo ‘lsada, KBSlarda 
marketing bo‘yicha shtat yoki bo‘lim tashkil qilinmaydi. Demak, 
adabiyotlarda keltirilgan tamoyillarga va shakllarga asoslangan, marketing 
xizmatlarini tashkil etishni KBS larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etib 
bo'lmaydi. Shu boisdan, KBS larga nisbatan marketingni tashkil 
qilishning o‘ziga xos tamoyilini taklif etish tabiiy zaruratdir. Bundan 
tashqari marketingni loyihaviy (vertikal) yoki matritsali tashkiliy 
shakllarini ham KBS larga tatbiq etish amri mahol. Chunki, bunday


shakllarda bir nechta marketolog mutaxassislar, ko‘proq moddiy va 
moliyaviy resurslar talab qilinadi. KBS larda esa, bunday imkoniyatlar 
mavjud emas. Shu sababli, ularga xos marketingning tashkiliy shaklini 
ham ishlab chiqish lozim. Ularning xususiyatlarini hisobga oigan holda, 
marketing xizmatlarini tashkiliy tamoyili va shaklini ishlab chiqib, 
yangi modelini tuzish lozim. Taklif etilayotgan model (7-rasm): 
KBSlarni shaxsiy tarkibining kamligi; ishlab chiqarish hajmining 
kichikligi; rahbar va xodimlarning ish bilan band vaqtlarining rejimi 
va boshqalar hisobga olingan holda tuzilgan. Ya’ni, KBS da xodimlami 
bir nechta funksiyalarni bajarishining zaruratligi, korxonada ishlab 
chiqarish operatsiyasining kamligi, shuning natijasida rahbar boshqa 
funksiyalar bilan ham mashg‘ul bo‘lishi uchun vaqt topa olishi mum- 
kinligi nazarda tutilgan. Shular asosida, modelda rahbar yoki uning 
o‘rinbosari marketing bilan birga boshqa funksiyalarni ham parallel 
ravishda bajarishi aks ettirilgan. Sanab o ‘tilgan tamoyillardan farqli 
jihati shundaki, KBS xodimlarining bo‘sh vaqti va marketing ishlarini

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish