J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


En~ milliy iqtisodiyotning integral iqtisodiy samaradorligi;  D



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/165
Sana18.03.2022
Hajmi9,18 Mb.
#499754
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

En~
milliy iqtisodiyotning integral iqtisodiy samaradorligi; 
D
— 
t-yilda milliy iqtisodiyot darom adi; 
Z'n —
t-yilda milliy iqtisodiyot 
xarajatlari; 
Ye —
diskontlashtirish koeffitsiyenti.
U t-yilda hisobga olinadigan xarajat va tushumlaming hisoblanayotgan 
davrining birinchi yilidan uzoqlasha borgan sari qadrining pasayish 
darajasini aniqlaydi. Bunda 
E=
0,1 qilib olish tavsiya etiladi. Agar 
E <
0, 
bo‘lsa, bunday Q K ni tuzish foydasizdir. 
E > 0
bo‘lgan taqdirda bunday 
QK ni tuzish maqsadga muvofiqdir. 
E—Q
bo‘lsa, u holda 
Ye
ning 
miqdorini hisoblab chiqmoq lozim.
Bo‘lg‘usi QK ning texnik iqtisodiy jihatdan asoslari ta ’sis va loyiha 
hujjatlarida o ‘z aksini topadi. Bular jumlasiga QK ning maqomi va faoliyat 
ko‘rsatish shartlarini o ‘zida aks ettiruvchi bitim -shartnom a kiradi. 
Shartnomaning asosi QK ning Nizomidir. Unda «Nizom fondi» mablag1 
hajmi, qatnashchilarning ulushi, to m o n lar m as’ulyati, bahslarni hal 
qilish, nazorat-hisobot tartibi kabi masalalar o ‘z aksini topadi.
Ustavda QK ni boshqaruv tizimi, tarkibi ko‘rsatiladi. Rahbariyatning 
vakolatlari, vazifasi va faoliyat chegarasi aniq belgilanadi. U nda umumiy 
ishchilar, injener-texnik xodimlar soni aniqlanadi. Boshqaruv tizimida 
tashkil etilayotgan b o ‘limlar, ularning o ‘zaro munosabatlari alohida 
aks ettiriladi. Xodimlarga to ‘lanadigan haq, QK ning oladigan foydasi, 
uni taqsimlash tartibi, hisobot va hokazolar mufassal bayon etiladi. 
QK larda barcha hisob-kitoblar so‘m va xorijiy valutada amalga oshiriladi.
Ustav fondiga bizning ulushimiz sifatida yer, suv, yer uchastkalari, 
tabiiy boyliklarimizdan foydalanish bahosi, huquqi, elektr q u w ati, 
tayyor infratuzilmalari bahosi va boshqalar kiritilishi mumkin. U m um an 
olganda ustav fondining miqdori QK ning loyihalashtirilgan quw atiga 
erishish va ish faoliyatini boshlash uchun zarur bo ‘lgan xarajatlarga 
asoslanib hisoblab chiqiladi. Ustav fondida QK larning ulushi chega- 
ralanmaydi. Ular o ‘z imkoniyatlariga ko‘ra o ‘z baholarini oshirib borish- 
lari mumkin. Shu ulush foydani taqsimlashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
QK larning hisob-kitob ishlari jah o n standartlari asosida am alga 
oshiriladi. Moddiy texnika ta ’minoti har ikkala mamlakat bozori orqali


amalga oshirilishi mumkin. QK lar tovar va xizmatlarini sotishda 
(so‘mda) ulguiji savdo orqali, tashqi bozorda o'zlari yoki xorijiy valutaga 
sotadilar. Bu ishlarning bajarilishida marketing rahnamoligi sezilib 
turm og'i va ular ilmiy asosda marketing nuqtayi nazaridan boshqarilib 
turm og‘i lozim.
Bulaming barchasi QK ni ta ’sis etish hujjatlarida aks ettiriladi va 
ular jamlanib hukumatga ruxsat olish uchun beriladi. Yuqori tashkilotlari 
QK tuzish haqidagi taklifni ko‘rib chiqar ekan, quyidagilarga alohida 
e ’tibor beradilar: QK lam ing milliy iqtisodiyot nuqtayi nazaridan 
samaradorligi; atrof-muhitga zararsizligi, yangi texnika, texnologiya va 
chet el ilg‘or tajribasini kirib kelish imkoniyatlari, yangi ish joylari 
paydo bo ‘lishi, xorijiy valutani kelib tushish miqdori va imkoniyatlari, 
importni o ‘mini bosish darajasi, ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlami 
ishlab chiqarilishi, QK ni joylashishi ko‘zda tutilgan nohiya hokimyatining 
roziligi va hokazolar. K o‘rsatilgan ishlarga ijobiy javob olingach, bundan 
QK ro'yxatdan o ‘tadi va bu haqda matbuotda e ’lon qilinadi. QK ning 
faoliyati ko‘rsatishini to ‘xtatish ham ta ’sis etish hujjatlarida, ustavda va 
shartnomalarda aks ettiriladi. QK ning faoliyati to ‘xtatilsa yoki uning 
chet ellik sherigi a ’zolikdan chiqmoqchi bo‘lsa, uning badali pul yoki 
tovar shaklida, shartnomada ko'rsatilganidek, qaytarib beriladi.
QK lar o ‘z mahsulotlarini sotishda ham ichki, ham tashqi bozorga 
tayanishi mumkin. Ichki bozorga tayanuvchilar ko‘pchilikni tashkil 
qiladi. Lekin xalqaro m ehnat taqsimotiga, jahon bozor madaniyatiga 
q o ‘shilib ketishga urinayotgan QK lar qiziqish uyg‘otadi.
Erkin tadbirkorlikni tushunish uchun korxonaning mahsulot sotish 
istiqboli va faoliyat rejasi (mohiyatan bu marketing strategiyasi degan 
gap) m azkur QK chiqib borishga harakat qilayotgan hududning 
ijtim oiy, iqtisodiy, h u q uq iy xususiyatlarini hisobga olm ay turib 
tuzilmasligini anglab olish lozim. Qimmatli qog‘ozlar bozori, xomashyo 
bozori, m ehnat bozori, q o ‘llaniladigan texnologiyalarni tahlil qilish, 
narxlarni kuzatib borshi va bashorat qilish ham shular jumlasiga kiradi.
Bozorni operativ boshqarishga (marketing taktikasi) kelganda esa 
shuni aytish mumkinki, tadbirkorlikning ko'plab huquqiy asoslarini 
va ushbu hududdagi iste’m olchilaming psixologiyasini bilmay turib 
uni yo‘lga q o ‘yi shning iloji yo‘q.
Q K faoliyatida faqat mam lakat bozorini bilishgagina asoslanib 
bo'lmaydi. Rahbarlar va mutaxassislar QK o ‘z mahsuloti va xizmatlari


bilan kirib borishni m o ‘ljallayotgan hududning tabiiy-iqlim, tarixiy, 
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va boshqa hayot sharoitlari bilan o ‘matiladigan 
barcha cheklashlarni tahlil qilish va miqdoriy baholashlari lozim. Agar, 
aniqlangan cheklashlarni muvaffaqiyatli yengishga va xarajatlami qoplash 
ham da foyda olishga imkoniyat bo‘lsa, u holda haqiqiy erkin tadbirkorlik 
haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Umum an olganda, QK larda marketing 
ishlarini tashkil qilish va uning mazmuni boshqa xo'jalik tuzilmalaridagiga 
qaraganda kam farq qiladi. Lekin, har bir aniq yo'nalish har doim
o ‘ziga xosdir. Bu yerda tashqi bozorning xususiyatlari bilan birga, 
m a m la k a tim iz n in g xorijiy in vestitsiy alar h aq id ag i q o n u n la rid a
o ‘m atilgan huquqiy munosabatlarga xos jihatlarni hisobga olish lozim. 
M asalan, QK larga quyidagi om illar moliyaviy qulayliklar tug‘diradi: 
soliqqa tortish bazasining kamaytirilishi; soliqlarni to ‘g‘rid an -to‘g ‘ri 
kamaytirish yoki ulardan ozod qilish; m a ’lum bir vaqt mobaynida 
soliqlardan ozod qilish yoki ulam i to'lashni orqaga surish ko‘rinishidagi 
soliq kanikullari; QK lar faoliyatiga qulaylik tu g ‘diruvchi maxsus 
hududlarning, erkin iqtisodiy zonalarning ochilishi va sh.k.
M arketing dasturlari ishlab chiqish nuqtayi nazaridan QK larning 
eng m u h im im tiyozlaridan bir o ‘z m o d d iy ishlab ch iq arish in i 
ta ’m inlash m aqsadida xorijdan keltirilayotgan m ulkning bojxona 
poshlinasi va soliq to'lashdan ozod etish hisoblanadi. U lar tom onidan 
olib kelinayotgan texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlari 
ham , shuningdek, QK eksport qilayotgan bir q ator tibbiy dorilar 
ishlab chiqarish va birgalikdagi ilmiy ishlar o ‘tkazish uchun zarur 
bo‘lgan materiallar ham qo‘shimcha qiymat solig'iga tortilmaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari to ‘g‘risidagi 
qonuniga muvofíq to ‘laligicha xorijiy investorlarga tegishli korxonalar 
va ustav mablag'ida xorijiy investitsiyalar 30 % dan k o ‘proqni tashkil 
qilgan korxonalar import poshlinasi to ‘lamay turib, ustav mablag'i 
sifatida kiritishi u ch u n m o ‘ljallangan m ateria llari va butlovchi 
m ahsulotlar olib kirishga haqlidirlar. Shuningdek, ularning mahsulot 
yetkazib berish to ‘g‘risidagi bitimlari 1993-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan 
bo‘lsa, ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan mahsulotlarga ham poshlina 
to ‘lashdan ozod qilinadilar.
Sanab o ‘tilgan va boshqa bir qator imtiyozlar Q K lar uchun juda 
keng imkoniyatlar beradi. Lekin, mavjud imkonityalami amalga oshirish 
uchun yana QK tuzishda uning faoliyatini barcha tashkiliy-iqtisodiy


tom onlarini yaxshilab o ‘ylab chiqish, bozorni o'rganish, u nda o ‘z 
«zamini»ni topa bilish, boshqacha qilib aytganda, marketing dasturini 
ishlab chiqish haqida qayg‘urish kerak.
Shunday qilib, QK da marketing strategiyasi va taktikasini ishlab 
chiqishning m uhim xususiyati, bir to m o n d an , bozordagi sherik 
mamlakatning huquqiy va boshqa hayot me’yorlari bilan o ‘matiladigan 
turli cheklashlarni hisobga olish bo‘lsa, ikkinchi tom ondan, bozorni 
tashkil qiluvchi erkinlikning kengligi darajasidir. Masalan, Q K eng 
qulay siyosiy sharoitga ega. Ya’ni nisbatan barqaror hukumat, barqaror 
pul kursiga ega mamlakatlarning mahsulot sotish bozorida faoliyat 
ko‘rsatishni m a ’qul ko'rishi mumkin. Shuningdek, QK marketing 
xizmati kam xarajat qilgan holda bozorga u yoki bu darajada ta ’sir 
ko'rsatuvchi jo ‘g‘rofiy va madaniy-tarixiy sharoitlar haqida m a’lumotlar 
olishi m um kin. Bu QK larning ishonchliroq va tezkor m a ’lumot 
manbalariga egaligi bilan izohlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarda 
marketing faoliyati borasida ulkan tajriba to ‘plangan b o ‘lib, ulardan 
respublika QK lari o ‘z sharoitlariga moslashtirishlari mumkin.
QK marketing faoliyatini amalga oshirishda xalqaro mikromuhitni 
ham e’tiborga olib ish yuritish zarur. Bu yerda xususan raqobatchilar, 
vositachilar, mijozlar, yetkazib beruvchilar, kooperatsiya, servis, ya’ni 
sotishdan oldin va sotishdan keyin xizmat ko‘rsatish ham da ularning 
keng imkoniyatlari haqida fikr yuritilmoqda.
Shunday qilib, QK lardagi marketing ularning faoliyati ichki va 
tashqi xususiyatlaridan kelib chiqib, muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon 
bozoriga chiqish, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyati tajribasini 
o ‘zlashtirish, valuta olish uchun tuziladigan QK lar bu vazifalami faqat 
chuqur professional yondashuv asosidagina hal qilishlari mumkin. 
B unday y o n d ash u v esa, b a rc h a m arketing usul va vositalarini 
o ‘zlashtirishni talab qiladi. Bundan tashqari, xorijiy sheriklar o ‘zlarining 
qonuniy talablari va manfaatlarini ham ilgari suradi. Ular o'zlari qo'ygan 
mablag'ga ularning mamlakatlaridagi bank foizlaridan kam b o ‘lmagan 
miqdorda dividendlar olishni xohlaydilar. Bu summa xorijiy sherikda u 
chet elga valuta olib ketgani uchun belgilangan soliqni davlatimizga 
to ‘laganidan keyin qolishi kerak. 0 ‘z tomonidan QK amortizatsiya 
to ‘lovlarini valutada ishlashi kerak. Bu xorijdan uskunalar sotib olish 
uchun zarur. Bunga esa, faqat xalqaro standartlarga javob beradigan 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish natijasidagina erishish mumkin bo‘ladi.



Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish