11 - b o b .
XORIJIY INYESTITSIYALARGA EGA
KORXONALARDA MARKETING
11.1. Xorijiy investitsiyalarga ega korxona tuzishda marketing
xususiyatlari va faoliyati
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga q o ‘shm a korxona
(QK) deyiladi. U lar mamlakatimiz va xorijiy sheriklarning kapitallarini
birlashtirish asosida tuziladi va faoliyat k o ‘rsatadi. QK lar bilan birga
m amlakatda to ‘laligicha xorijiy investorlarga tegishli b o ig a n firmalar,
shuningdek, chet el flrmalarining filiallari va vakil korxonalari ham
faoliyat ko‘rsatadi.
1. Faoliyat ko‘rsatish turlariga qarab QK lar, ilmiy-tadqiqot, ishlab
chiqarish, sotish, tayyorlash, xarid qilish, kompleks m aqsadlarda
tuziigan b o ‘lishi mumkin.
2. Sheriklarning qaysi mamlakatga mansubligiga ko'ra ular, bozor
iqtisodiyoti rivojlangan yoki «g‘arb-g‘arb», «shimol-janub» (rivojlan-
gan, rivojlanayotgan mamlakatlar) va hokazo.
3. QKlar qatnashchilarining tarkibiga ko‘ra xususiy va davlat, davlat
korxonalari va tashkilotlari ishtirokida tuziigan korxonalar, tashkilotlami
o ‘z navbatida ilmiy va xalqaro tashkilotlarga guruhlash mumkin.
4. QK qatnashchilarining kapitaldagi ulushiga ko'ra teng asosda tuzil-
gan QK xorijiy kapitalning ko‘p yoki kam bo'lgan korxona va hokazolar.
Bunday guruhlash marketing izlanishlari olib borish va investitsiya
lar marketingini boshqarishda ularning qaysi birini tanlash, qaysi turi
bizning sharoitimizga mos kelishi, k o'proq n a f berishini aniqlashda
katta ahamiyatga ega.
QK lar aksionerlik jamiyatlari, m as’uliyali cheklangan jam iyatlar,
xoldinglar, kom m endat tashkilotlar, shirkatlari va boshqa h ar xil k or
xonalar shaklida tashkil etiladi. Q Klar tuzish, ularning faoliyati har
bir mamlakat tom onidan qabul qilingan qonunlar, tenglashtirilgan
aktlar, mahkam alar ko'rsatm alari va hokazolar bilan tartibga solinib
turiladi.
QK lar tuzishdan oldin katta marketing izlanishlari olib borilmog'i
lozim. Bu izlanishlarning ko‘lami keng va ahamiyati kattadir. Marketing
izlanishlari QK lar tuzishning bir qancha o ‘zaro bog'liq jarayonlarini
o ‘z ichiga oladi. Ular quyidagilardir:
- QK tuzishdan asosiy maqsadlarni belgilash;
- QK ning um um iy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- chet ellik sheriklarini (hamkorlarni) izlash va tanlash;
- niyatlar haqidagi protokollam i tayyorlash va imzolash;
- b o ‘lg‘usi QK ning texnik-iqtisodiy asoslash hujjatining ishlab
chiqish va iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
- loyihalarni, t a ’sis hujjatlarni tayyorlash;
- QK tuzish haqidagi taklifni yuqori boshqaruv va m ahalliy
hukum at organlari bilan kelishish;
- ta ’sis hujjatlarini chet ellik sherik bilan birga imzolash;
- QK ning davlat ro'yxatidan o'tkazish.
Q K larini tuzishdan maqsad bozordagi qondirilmagan talabni
qondirish, chetdan tovar keltirishni qisqartirish va eksport imkoniyatini
oshirishdir. Bunda chet el ilg‘or texnikasi va texnologiyasini, marketing
va m e n e jm e n tn i, q o ‘s h im c h a m o d d iy va m oliya re s u rs la rin i
iqtisodiyotning eng zarur tarmoqlariga jalb etishdir. Keyingi bosqich
Q Kning qanday bo'lishligi, faoliyat darajasi, mahsuloti, iqtisodiy
ko'rsatkichlari shu jihatdan foydaliligi aniqlanadi. Bunda siyosiy, ekologik
jihatlari ham e ’tiborga olinadi. Chet ellik sherik tanlashda uning o ‘rni,
xalqaro imidji, ilg‘orligi, rivojlanganlik darajasi, kafolatlanganligi,
tashqi bozordagi o ‘rni aniqlanadi. Sherikning xo'jalik faoliyati har
tomonlama tahlil qilinadi va o ‘rganib chiqiladi. Tanlangan chet el firmasi
m ahsulotini raqobatga bardosh berish qobiliyatiga baho beriladi,
o'tkazilgan marketing izlanishlari natijalariga asosan QK ning xorijlik
qatnashchisi aniqlanadi. Niyatlar haqidagi bayonnoma respublikada va
tanlangan chet ellik sherikning m a’lum bir sohada QK tuzishga tayyor
ekanligini qayd etib, ham korlikning asosiy shartlarini belgilaydi.
Bo‘lg‘usi QK ni texnik iqtisodiy jihatdan asoslash uni tashkil qilayotgan
tomonga yuklatiladi. U chet ellik sherik tomonidan o'rganib chiqilgach,
rozi bo'lganligi haqida yoki biror o ‘zgartirish kiritish haqidagi taklifi
bildiriladi va bir fikrga kelinadi. QK ni texnik jihatdan asoslashda uning
samaradorlik darajasini aniqlash asosiy o ‘rinni egallaydi. QK larning
iqtisodiy samaradorligini milliy iqtisodiy nuqtayi nazardan quyidagi
formula yordamida aniqlanadi:
(
2
,
bunda,
Do'stlaringiz bilan baham: |