J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish bosqichlari



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/165
Sana18.03.2022
Hajmi9,18 Mb.
#499754
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165
Bog'liq
Biznes marketingi

Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish bosqichlari
Qimmatli
q o g ‘ozlar
bozorining
rivojlanish
bosqichlari
Strategiyalarning tiplari
B ozorn i saqlab
qolish (mavjud
bozordagi m av­
ju d tovar b o ‘yi-
cha m avqeyini
yaxshilash)
M ahsulot
ekspansiyasi
(m avjud tovar-
larni sotishni
kengaytirish)
Bozorlar
ekspansiyasi
(m avjud b o ‘l-
gan tovar b o ‘-
y ich a yangi
bozorlar)
Y angi
mahsulotlar
bilan yangi
bozorlarga
o 'tish (eks-
pansiya)
B ozor shaklla-
nishining dast-
labki bosqichi
+
Bozorning bar-
qaror rivojla-
nishi
+
+
+
+
Bozorning
torayishi va
inqiroz holatiga
o ‘tishi
+
10.3. Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish holati
QQB ning rivojlanish holatini m arketing nuqtayi nazaridan tahlil 
q ilis h m u h im a h a m iy a t k asb e t a d i. Q im m a tli q o g ‘o z l a r — 
makroiqtisodiy barqarorlikni talab qiladigan tovardir. Bu bosqichda 
um um an qimmatli qog'ozlarga pul q o ‘yish yoki ular bilan opreatsiyalar 
olib borish m a’qul yoki m a’qul emasligini belgilab beradigan sug‘urta, 
siyosiy, qonunchilik, inflatsiya va boshqa sohalardigi tavakkallar tahlil 
qilinadi. Fond qimmatliklari boshqa tovarlarga qaraganda o ‘z narxini va 
iste’mol bahosni tez yo‘qotadi. M akroiqtisodiy darajadagi vaziyatni 
tahlil qilishda m amlakat iqtisoidy siklning qaysi pog‘onasida ekanligini 
ham hisobga olishi kerak.
Tahlil etishning ikkinchi bosqichida quyidagilar kirishi lozim: fond 
bozorining rivojlanish bosqichi; fond bozorining joriy holati; qisqa


muddatli o ‘zgarishlar (u yoki bu qimmatli qog‘ozlarga bo'lgan m oda, 
mavsumiy tebranib turishlar); «o‘rnini bosuvchi» tovarlar bozori(kredit 
bozori)ning ta’siri va raqobati, budjet orqali resurslami qayta taqsirnlash 
hajmlari.
Fond bozorini tarm oq jihatidan tahlil qilish marketingida m uhim
ahamiyatga ega. Tahlil obyekti quyidagilar hisoblanadi: tarm oq hayot 
siklining bosqichi, chunki u ushbu tarm oqda emitatsiya qilinadigan 
qim m atli qog'ozlarning narxiga bevosita ta ’sir qiladi; tarm oqning 
makroiqtisodiy sikllarga chidamliiigi — tegishlicha barqarorroq bo‘lgan 
tarm oqlar qimmatli qog‘ozlarining kurs bo‘yicha bahosi makroiqtisodiy 
siklning inqiroz bosqichidagi noxush tebranishlarga kamroq beriladi.
Fond bozorini mintaqaviy tahlil qilish quyidagilarni o ‘z ichiga oladi: 
mintaqa iqtsodiyoti hayotiy siklining bosqichi; mintaqa iqtisodiyotining 
o ‘rta muddatli va qisqa muddatli tebranishlarga chidamliiigi; mintaqaning 
o'ziga xos tavakkallari; yaqin mintaqalar raqobatining ta ’siri.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tahlil qilishda demografik va ijtimoiy- 
m a d a n iy o m illa rg a a lo h id a e ’tib o r b e r m o q lo z im . Bu tu r li 
m am lakatlarning iqtisodiyotida har xilligi bilan farqlanadi (aholi 
xarajatlarining um um iy summasidagi jam g'arm aga nisbatan sarflar 
ulushi bilan hisoblanadi). Aholisi an’anaviyjihatdan jamg'arma to‘plashga 
moyil boMgan mam lakatlar mavjud (masalan, Yaponiya) bo'lib, bu 
qimmatli qog‘ozlar bilan opreatsiya qilish uchun keng baza yaratib 
beradi. Jam g‘armaga moyillikning umumiy doirasida aholi tom onidan 
banklardagi jam g ‘arm alar, qimmatli qog‘ozlarga pul q o ‘yish yoki, 
masalan, oltinga pul sarf qilib jam g‘amra to ‘plash kabi moyillik ju d a 
m uhim hisoblanadi. M asalan, 0 ‘zbekistonda aholi a n ’anaviy ravishda 
jam g‘arma bankiga pul q o ‘yishga yo‘nalgan (bu bankda mablag‘lar juda 
yaxshi saqlanadi deb hisoblanadi) va davlat qimmatli qog‘ozlariga 
nisbatan juda ishonchsizlik bilan qaraydi.
Fond bozorini vaziyat jihatdan tahlil qilishda yana bir m uhim
yondashuv investorning «malakali» yoki maxsus bilimlar, qimmatli 
qog‘ozlar bozoridagi xulq-atvor standartlari va talablariga ega boMmagan 
sifatida ijtimoiy-madaniy baholanishi bilan bog‘liq.
Malakali investorlar toifasiga odatda yuqori daromad (va qoida 
tariqasida yuqori m a’lum ot) darajasiga ega odam lam i, ijodiy kasb 
egalarini, o ‘rta sinfga taalluqli boMgan va yuqori m a’lum ot darajasiga 
ega guruhlarni kiritishadi. Bu toifadagilar uchun nufuzli moliyaviy


m a h su lo t b o ‘lgan («oltin aksiya» turidagi) q im m atli q o g ‘o zlar 
chiqarish juda muhim ahamiyatga ega.
Malakasiz investorlarga (eng kam daromadga ega aholi qatlamlari) 
k elg an d a esa shuni aytish m u m k in k i, u la r o m m av iy ravishda 
chiqariladigan eng oddiy, standart va qiymati kam bo'lgan moliyaviy 
mahsulotlami m a’qul ko‘rishadi.
Q im m atli qog‘ozlar bozorini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki u 
texnologik jihatdan eng to ‘yingan bozorlardan bid hisoblanadi. Qimmatli 
q o g ‘o z la r b o zori m a rk e tin g i k o m p y u te rla s h tirilg a n m oliyav iy
m ahsulotlam i yaratish, mijozlarga xizmat ko'rsatishni tobora yakkka 
tartibda amalga oshira borish, qimmatli qog‘ozlar bozorini t o ‘la 
kompyuterlashtirishga yo‘nalmasligi mumkin emas.
Shuningdek, vaziyatni tahlil qilishda bozorlar va ularning alohida 
segmentlarini quyidagilar b o ‘yicha tahlil qilish o'tkaziladi: qimmatli 
qog‘ozlar bozori bo'yicha; m intaqalar b o ‘yicha; aniq em itentlar 
bo'yicha; qo‘llanilayotgan texnologiyalar bo‘yicha; turli davlat organlari 
tom onidan tartibga solinadigan bozor segmentlari b o ‘yicha; fond 
bozorining turlari (dastlabki, ikkilamchi, birja, biijadan tashqari, biija 
qoshidagi bozorlar) b o ‘yicha.
M ikroiqtisodiy vaziyatni tahlil qilishda, odatda, quyidagilarni 
o'rganishadi: mijozlar, raqobatchilar, o 'zin ing moliyaviy ahvoli; 
xizmatlar sifati, aktivlar xodim lar va boshqa resurslami boshqarish, 
ilgari tanlangan marekting siyosatining natijalari.
0 ‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar bozori marketingining rivaojlanishi 
tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki 2005-yilning 1-yanvar holatida jam i 
13550 ta aksiyalar chiqariluvchi ro'yxatga olingan, ularning emissiya 
summasi 3111,5 mlrd. so‘m ni tashkil etadi. Respublika qim matli 
qog‘o zlar bozori ham da m u lk d o rlar to m o n id an investitsiya jalb 
qilinishida korparativ obligatsiyalarning chiqarilishi alohida o ‘rin tutadi.
2005-yil 1-yanvar holatida 88 ta emitent tomonidan jam i 51,15 mlrd. 
so‘mlik korporativ obligatsiyalar chiqarilgan. M asalan, Respublika- 
mizning katta korxonalari «Amantaytau Goldfilds « OAJ shakldagi 
QKsi tom onidan 5 mlrd. so‘mga, «Olmaliq tog1 kon metallurgiya 
kombinati» OAJ tom onidan 3 mlrd. so‘mga kopirativ oblegatsiyalar 
chiqarilgan. Shu bilan bir qatorda investorlarning huquqlarini himoya 
qilish va ularning korxonani boshqaruvidagi ishtiroki va dividendlarni 
o ‘z vaqtida olishlarini ta ’minlash maqsadida qimmatli qog'ozlar bozori


faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tom onidan 2004- 
yil davomida jam i 469 ta investorlaming ariza va shikoyatlari ko‘rib 
chiqilgan. Natijada 47 ta aksiyadorlik jamiyatiga yo‘l qo'yilgan qonun 
buzulishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli k o ‘rsatmalar 
yuborilgan, jam i 248,5 mln. so‘mlik iqtisodiy jarim a q o ‘llanilgan. 
Shuningdek, qonun buzilishining 51 ta holati yuzasidan tegishli 
materiallar tegishli huquqni m uhofaza qiluvchi va sud organlariga 
j o ‘natilgan. Bundan tashqari, investorlarga jam i 215,9 m ln so'mlik 
d iv id e n d la r t o ‘lanishi ta m in la n g a n . Q im m atli q o g ‘o z la r bilan 
operatsiyalarning amalga oshirishning qonuniyligi ham da qimmatli 
qog'ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini nazorat qilish maqsadida 
jam i 461 ta aksiyadorlik jamiyatlari va investitsiya institutlarida nazorat 
qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlvshtiruvchi respublika Kengashi 
tom onidan tasdiqlangan reja jadvaliga asosan tekshirishi o ‘tkazilgan. 
0 ‘tkazilgan tekshirishilar natijasida 2963 ta qimmatli qog‘ozlar bozori 
qonunchiligining buzilish holatlari aniqlangan. 0 ‘tkazilgan manitoring 
va ta h lil m a ’lu m o tla r ig a a s o s a n q im m a tli q o g 'o z l a r b o zo ri 
ishtirokchilariga m a’lumotlarni oshkor qilish talablarining buzilish 
holati asosiy o ‘rinni egallaydi.
2004-yilda emissiya risolalarini e’lon qilinmaganligi b o ‘yicha 141 ta 
holat, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi va yillik hisobotlami ommaviy 
axborot vositalariga e ’lon qilinmaganlik bo'yicha 220 ta holat, nazorat 
qiluvchi organlarga hisobatlami taqdim qilinmaganlik bo‘yicha 47 holat, 
o m m av iy ax b o ro t v o sitalarig a d iv id en d lar t o ‘lovi t o ‘g ‘risidagi 
m a’lumotlaming chop etilmaganligi to ‘g‘risida 129 ta holat, aniqlangan.
2005-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra Respublika qimmatli qog'ozlar 
bozorida bir va ikki darajali kvalifikatsion attestatga ega bo‘lgan 853 ta 
mutaxassis faoliyat ko‘rastmoqda. 2004-yil davomida esa jam i 313 ta 
kvalifikatsion atestat berilgan b o ‘lsa shundan 159 ta atestat 1 darajali, 
154 ta atestat 2 darajali. Shu bilan bir qatorda amaldagi qonunchilik 
hujjatlarini takomillashtirish va yangi normativ hujjatlar ishlab chiqish 
bo'yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilgan va bir qator yangi 
nizom va m e ’yoriy hujjatlar ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan.
Respublikada xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish davlat ulushi 
aksiyalami sotish, shuningdek, past rentabelli va iqtisodiy nochor 
korxonalarni sotishga alohida e ’tibor berilib, ularni sotishning qulay


tizim i ya’ni aksiyalarni qadam m a-qadam tushurish usuli keng q o ‘lla- 
nilmoqda. Buning natijasida 290 ta aksiyadorlik jamiyatining 9,85 mlrd. 
so‘mlik aksiyalarni, respublikaga ko'chm as m ulk birjasi orqali 486 ta 
obyektni 3,56 mlrd. so‘mga sotishga erishildi. Bundan tashqari davlat 
tender komissiyasi bilan kelishilgan holda davlat aksiya paketlami tanlov 
savdolari orqali 1-bosqichda 75 davlat obyekti sotilib, shundan 73 ta 
obyekt investitsiya majburiyatlari bilan sotildi. Investitsiya majburiyatining 
um um iy summasiga 62773,5 min. so‘mni tashkil etadi. 2-bosqichda esa 
113 ta davlat obyekti sotilib, shundan 108 ta obyekti investitsiya majbu- 
riyati bilan 32321 min. so‘m 3-bosqichda 36 ta davlat obyekti sotilib 
shundan 33 ta obyekt investitsiya majburiyati bilan jam i 3311,7 min. 
so‘mga sotishga erishildi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ichida yangi bozor — maslahat va m a r­
keting bozori jadal suratda rivojlanib borm oqda.
Shu bilan bir qator marketing strategiyasining asosiy yo‘nalishi 
bo'lgan reklama va ommaviy axborot vositalarida qim matli qog‘ozlar 
bozori m a’lumotlari oshkora chop etilishi m azkur bozorga b o ‘lgan 
m ahalliy h am d a xorijiy in vesto rlarning ta la b in i keskin su ra td a
oshirmoqda. 0 ‘tgan 2004-yil davom ida Respublika Davlat aksiya 
paketlarining chet el investorlariga sotilishini keltirib o'tamiz. 2005-yil 
1-yanvar holatida obyektlar va aksiyalar paketining chet el investorlariga 
sotish bo'yicha jam i 76 shartnom a imzolanib, uning um um iy summasi 
46,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2003-yilga nisbatan 1,9 mar­
ia k o ‘p va 21,9 mlrd. so‘mga ortiq shartnom a imzolangan. Jum ladan, 
«Oltinko‘1» OAJ 51 % aksiya paketi AQSHning «Business investments» 
kompaniyasiga 319 ming AQSH dollariga, «Storominservis» OAJning 
49 % aksiya paketi «E vrocom m erei LTD » QKsiga 48,51 %ga, 
«Uzdunrobita» M ChJ QKsining 7,6 % aksiya paketlari «Sivisdor LTD» 
(Gibraltar) kompaniyasiga l,8m ln. A Q SH dollariga, «Oxangaron- 
sement» OAJning 25 % aksiya paketi «Bentonit» 0 ‘zbekiston A Q SH
QKsiga 4,5 min. AQSH dollariga sotildi.
Shuningdek, « 0 ‘zkabel» davlat aksiyadorlik jamiyatining 64 % aksiya 
paketi uchun AQSHning «Zeromarkslus» kom paniyasidan 10,5 min. 
AQSH dollari to'lovi amalga oshirilib hozirgi kunda 16,3 min. A Q SH
dollari miqdoriga teng investitsiya majburiyatini 5-yil m uddat ichida 
amalga oshirish investitsiya dasturi amalga oshirilmoqda.



Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish