6. O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy - boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishningeng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
– mulkiy munosabatlarni islohqilish;
– agrar islohotlar;
– moliya-kredit va narx-navo islohoti;
– boshqarish tizimini islohqilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
– tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
– ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‘ich nuqtasi bozor iqtisodiyotininghuquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘ladi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarninghuquqiy negizini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikninghuquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Bunda boshqaruv tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab qo‘yildi. Vakolatli hokimiyatning yagona to‘la huquqli organi bo‘lgan hokimlik instituti yaratildi, fuqarolarningo‘z-o‘zini boshqarish sohasida fuqarolar yig‘ini joriy qilindi.
Ikkinchi yo‘nalish – tizimdagi o‘zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo‘ladigan qonunlar tizimini yaratish. Respublikada bu yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunlarda mulkdorninghuquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e’tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi, qisqacha aytganda, bozor munosabatlarining negizi bo‘lgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishning barcha huquqiy asoslari yaratildi.
Uchinchi yo‘nalish – xo‘jalik yuritishningva institutsional o‘zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmini yaratishga qaratilgan qonunlar. Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta’minlaydigan qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo‘jalik yuritayotgan subyektlarninghuquqva iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul qilindi. Кorxonalar to‘g‘risidagi qonun, kooperatsiya to‘g‘risidagi, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risidagi qonunlar shular jumlasidandir.
To‘rtinchi yo‘nalish – Respublikamizni xalqaro munosabatlarning tenghuquqli subyekti sifatida ta’riflovchi huquqiy normalar32. Bu yo‘nalishdagi qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi.
Beshinchi yo‘nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Bu qonunlar bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholiningeng muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan himoya qilishgagina emas, balki ularning ma’naviy imkoniyatlarini namoyon qilish, islohotlar uchun mustahkam ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |