2. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo‘nalishlari
XIX asrning 70-yillaridan boshlab «siyosiy iqtisod» atamasi «iqtisod» tushunchasiga almashtirila boshlandi. Mazmunan iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalish «ekonomiks» (inglizcha “economics” – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi, u fan sifatida xo‘jalikni rivojlantirish qonunlarini o‘rgatishni anglatadi.
Shu sababli, bu davrdan qator g‘arb mamlakatlarida yangi iqtisodiy konsepsiyalar paydo bo‘ldi va mustahkamlandi. Ularda qiymatning mehnat nazariyasini inkor qilish asosida nazariy fanni uning ijtimoiy muammolaridan ozodqilishga urinishlar kuzatildi. Fan tadqiqot markaziga ijtimoiy va tarixiy mazmundan mahrum qilingan bir qator umumiy prinsiplar qo‘yildi. Bular: iste’mol jarayonida iqtisodiy ne’matlar subyekt nafligi pasayib borish prinsipi; iqtisodiy muvozanatlik qoidalari va boshqalar.
Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi ishlab chiqarishning mavjud omillari (mehnat, kapital, yer)dan foydalanishning muqobil imkoniyatlaridan tanlashda muammoning ijtimoiy mazmunidan ozodqilingan «texnologiya» bo‘lib qoldi. Diqqat markazga iqtisodiyotning bozor mezonlariga binoan samarali faoliyat qilish masalasi chiqadi. Har bir iqtisodiyot subyekti imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga to‘qnash keladi. Shundan kelib chiqib, fan jamiyat cheklangan resurslardan nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish muammosini qanday hal qilish mumkinligini tadqiqqiladi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. U fransuzcha “marginus” so‘zidan olingan bo‘lib, «keyingi qo‘shilgan», degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Кarl Menger (1840-1921), Fridrix fon Vizer (1851-1926), Bem Bavrek (1851-1914) hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi, keyingi xarajat kabi nazariyalar ishlab chiqildi. Bu oqim iqtisod fanida yangi yo‘nalish neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910) bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari deb hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik prinsiplarini qo‘llab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur. Neoklassik oqim tarafdorlari o‘zlarining tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy tashkil qilinish shaklidan qat’i nazar “sof iqtisodiyot” va shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyoti alohida subyektlari xatti-harakatini nazarda tutadi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912-yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Jon MeynardКeyns (1883-1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936-yil) degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishningo‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiyava iste’mol nisbatlariningeng maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Кeyns ta’limoti ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asosladi.
Кeynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy tizimi takomillashmagan va o‘z-o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo‘lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi orqali ta’minlanishi mumkin.
O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xarrod, E. Domar, E. Xansen va boshq.) bandlik va inflatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosiningyechimini ishlab chiqadi. “Neoklassik sintez” konsepsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P. Samuelson neoklassik va Кeynscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal darajasini ta’minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq bandlikka erishilganda bozorningo‘zini-o‘zi tartiblash tizimi ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
XX asrning 60 – 70-yillarida neokeynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N. Кaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini cheklash, inflatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi.
Кeyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori sur’atlarini ta’minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflatsiyava iqtisodiy bo‘hronlarni bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot nazariyasidagi yangi yo‘nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va neoinstitutsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.
Monetarizm – iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul omillari hal qiluvchi rol o‘ynashini asoslashga qaratilgan nazariya monetaristlar iqtisodiyotni boshqarishda davlat pul masalasi, pul emissiyasi, muomala va zaxiradagi pul miqdorini nazorat qilishi, davlat budjeti muvozanatlashuviga erishishi va yuqori bank kredit foizini o‘rnatishi zarur deb hisoblaydi.
Monetarizm erkin raqobat va narxningerkin shakllanishini bozor iqtisodiyotining asosi va uning muvozanatlikka erishish sharoiti deb hisoblaydi. Ular fikricha, bozor o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim bo‘lib qolaveradi, davlatning aralashuvini esa faqat pul sohasi bilan cheklash lozim.
Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Nobel mukofoti sovrindori Milton Fridman o‘zining tadqiqoti negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o‘ynaydi, degan g‘oyani ilgari suradi. M. Fridmanning fikricha, pul iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning tartibsiz dastagi bo‘lishi mumkin.
Uning iqtisodiy qarashlaridan Pinochet davlat boshqaruviga kelgan davrda Chilida, R.Reygan iqtisodiy siyosatini asoslash uchun AQSHda foydalanilgan.
XX asrning 50–60-yillarida neoklassik yo‘nalishida bir qator yangi oqimlar vujudga keldi. Ularning asosiylari quyidagilar:
Neoliberalizm (F.Xaek, Shumpeter, L.Erxard) – asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, U.Mitchel, M.Veber, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli, iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo‘nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o‘tiladi.
Hozirgi paytda bu yo‘nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDHdavlatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshlandi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zidva qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsa-da, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi.
Iqtisodiy fanda turli xil maktablarning mavjud bo‘lishi va iqtisodiy jarayonlarni bilishga turlicha yondashuvlar iqtisodiy hayotning murakkabligi, o‘zgaruvchanligi va ziddiyatli bo‘lishini tasdiqlaydi. Shu sababli,hech bir nazariya doimiy va mutlaqhaqiqat bo‘lib qolmaydi. Ayni vaqtda bu nazariyalar o‘z rivojlanishining u yoki bu bosqichida turgan jamiyat iqtisodiy muammolarini mushohada etish va hal qilishga ma’lum hissa qo‘shadi. Shundan kelib chiqib va vujudga kelgan ziddiyatlarni bartaraf qilish maqsadida turli xil, hatto iqtisodiyot nazariyasidagi qarama-qarshi oqimlar yutuqlarini umumlashtirish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |