J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan-mavzu IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAKLLANI-SHI VA RIVOJLANISHIDA IQTISODIY TA’LIMOTLARNING O’RNI
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra
1. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi 2. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo‘nalishlari Iqtisodiyot sir-asrorlarini bilishga qiziqish juda qadim zamonlarda ham mavjud bo‘lgan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Кsenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Ilk iqtisodiy bilimlarning ildizlarini qadimgi dunyo avvalo, jahon sivilizatsiyasi beshigi Кo‘hna Sharq mamlakatlari mutafakkirlari qarashlaridan o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (bizningeramizgacha IV-III asr) ijtimoiy mehnat taqsimoti, hukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo‘lishi qaydqilingan. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari xususan Кonfutsiy (bizningeramizgacha 551-479 y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi jamiyat “yuqori” qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan «oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan. Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari munosib hissa qo‘shgan, Кsenofont (e.o430-354 y.y.,), Platon (e.o427-347 y.y.), Aristotel (e.o384-322 y.y.) qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining boshlang‘ich nazariy nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo‘jalik ne’matlari asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne’matlarni to‘g‘ri ayriboshlash, ekvivalentlar ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli. Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Кatona, Varrona, Кalumella) iqtisodiy qarashlarida qulchilikning mavjud bo‘lishi asoslanadi, tabiatan barcha kishilar tengligi qaydqilinadi, adolatli narx prinsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy baholash, mulkchilik tushunchasi boylik va boshqa shu kabilarga o‘z fikrlarini bayon qilinadi. Aristotel birinchilardan bo‘lib tovarning xususiyatini ko‘rsatib, ayriboshlash nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o‘ziningqarashlarini bayon etadi. Qadimgi dunyo olimlari iqtisodiyotning ko‘pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsa ham, u davrda iqtisodiy fan ilmiy bilimning alohida sohasi sifatida shakllanmagan. Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi. Siyosiy iqtisodyunoncha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»-uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan ma’noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u hozirgi davrda turlicha mazmunda ishlatiladi, ya’ni har xil darajadagi xo‘jaliklarni, ilmiy bilishning aniq sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Fransuz iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerdava qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha mercante - savdogar) deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin) savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi, faqat savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Vaqt o‘tishi bilan merkantalistlar bu tadbir o‘z-o‘zicha mamlakatning boyligini oshirmasligini tushunishgan. Кeyingi merkantalizm (XVII-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan. Bu holda asosiy talab tashqi savdoda pulning ijobiy qoldig‘i mavjud bo‘lishi hisoblangan, pul oqimini tartibga solishga esa iqtisodiy usullar yordamida erishilishi lozimligi ta’kidlangan. Кeyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas Mann (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtayi nazarida davlatning ichki va tashqi siyosatini asoslaydi. Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm iqtisodiy siyosatiga tayanadi, ya’ni ular davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan ortiq bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta’minlashi zarurligi masalalariga e’tibor qaratadi. Bu obyektivvujudga kelgan nazariya va siyosat kapitalningdastlabki jamg‘arilishi va shu orqali iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. «Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. «Fiziokratiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, ma’nosi «tabiat hukmronligi» degan ma’noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Кene (1694-1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Uning fikricha, qishloq xo‘jaligida doimiy takror hosil qilinadigan boylik barcha sohalar o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, savdoninggullab-yashnashi va aholi farovonligiga olib keladi, sanoatni rivojlantiradi hamda millatning kamolotini ta’minlaydi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi, balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi. F.Кene birinchi bo‘lib, ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur “iqtisodiy jadvalni” yaratadi. F.Кene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xomashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer mulkdoriga renta shaklida beradi. Fiziokratlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga tegishli bo‘lishi sababli, mazkur daromadga soliq kiritib, uni yer mulkdorlaridan undirib olish zarur deb hisoblaydi. Uilyam Petti (1623-1686) g‘oyalari merkantilizmdan klassik fan-siyosiy iqtisodga o‘tish uchun ko‘prik bo‘ldi. U birinchi bo‘lib boylikning manbai mehnat va yer deb e’lon qildi. «Mehnat boylikning otasi bo‘lsa, yer uning onasidir» degan mashhur qarash U.Pettiga tegishli. XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatningo‘zini tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, ular boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular obyektivqonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima yaratilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. U boylikningo‘sish shart-sharoitlari mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir deb ta’kidlaydi. A.Smit fikricha, qiymatning manbai mehnat, jamiyat rivojlanishi mehnat bilan birga kapital va yer ham qiymat manbai bo‘lib boradi, Shu sababli, tovar narxi ish haqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi bilan jamiyatning barcha sinflari daromadi o‘sib boradi, pul qiymat o‘lchovi vazifasini bajaradi degan xulosaga keladi. A. Smit tushunishicha, qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatdan ustun tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘z manfaatini, shaxsiy iqtisodiy faolligi natijalarini faqat boshqalar bilan o‘zaro ayriboshlash yo‘li bilan ro‘yobga chiqaradi. Shunday qilib, kishilar o‘z manfaatini ko‘zlab, bir-birlari uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor esa ularningo‘zaro manfaatlarini hisobga olishga majbur qiladi, ya’ni bunda kishilar beixtiyor jamiyat uchun ishlaydi. A. Smitning «ko‘rinmas qo‘l» qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab va taklif, raqobat) va obyektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta’siri nazarda tutiladi. U davlatning jamiyatdagi yangi sinfi – kapitalist – tadbirkorlarning xo‘jalik ishlariga aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy erkinlik siyosati uning nazariyasida quyidagilarni ko‘zda tutadi: ishchi kuchiningerkin harakati, yer bilan erkin savdo, sanoat va savdo faoliyat qilishini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish. A.Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D.Rikardo (1772-1823) hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – qiymat qonuni yaxlit iqtisodiy nazariya fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur fanning asosiy vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni ochishda deb biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb hisoblaydi hamda foyda normasining pasayish tamoyilini ko‘rsatib beradi, Differensial renta mexanizmini yoritadi. D.Rikardo kapitalizmga ishlab chiqarishning mutlaq ratsional tizimi, foyda normasiga esa – kapitalizm jo‘shqinligining rag‘batlantuvchisi sifatida qaraydi. Uningg‘oyalari Angliya utopik sotsializm nazariyasiga asos bo‘ldi. Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishiga Sismondi (1773-1842) ham muhim hissa qo‘shdi. U kapitalistik jamiyat iqtisodiy mexanizmini tanqidqilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilagan fan bo‘lmog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Кapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqidqilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon (1760-1825), Sharl Fure (1772-1837), Robert Ouen (1771-1858) kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqidqilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tizimi, tarkibiy qismlari, vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o‘rin almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur ta’limot asoschilari o‘zlarining nazariy konsepsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta ilmiy manbaga tayanib yaratadi: A.Smit – D.Rikardoning Angliya klassik siyosiy iqtisodi, Gegel – Feyrbaxning nemis klassik falsafasi va fransuz utopik sotsializmi. Ular ta’limotida asosiy o‘rinni bazis va ustqurma konsepsiyasi egallaydi – unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Mazkur nazariyada kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotida bozor prinsiplari buzilishiga olib kelishi, to‘liq bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga tortishi qaydqilinadi. Ular A.Smit va D.Rikardo asos solgan qiymatning mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlab, qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarishga proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali erishilishini va uning kapitalistlar tomonidan o‘zlashtirilishi ular boyligining ko‘paytirishningdoimiy manbaini tashkil qilishini qaydetadi. Кapitalning jamg‘arilish jarayoni sinfiy kurashning keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan tugashini qaydqiladi. К.Marksning kapital to‘g‘risidagi ta’limoti bir xil baho olmadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda marksistik g‘oyani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. Bu uning chuqur inqiroziga olib keldi. Hozirgi kunda Marksizm tanqidchilari kapitalizm barbod bo‘lganligi va uning bashoratlari tasdiqlanmaganligini qaydqilishadi. Bu g‘oyaning tarafdorlari u tadqiqqilgan kapitalizm 1930-yillardagi buyuk depressiya davrida barbod bo‘lganligini ko‘rsatadi. Markaziy Osiyoda iqtisodiy qarashlarning rivojlanishi Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy (1441-1501) va boshqa shu kabi dunyoga mashhur mutafakkirlar nomi bilan bog‘liq. Ularning asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalar hali falsafiy bilimlardan to‘liq ajralmagan bo‘lsada, ancha qiziqish uyg‘otadi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy qarashlarida insonlarningehtiyojlari to‘g‘risidagi g‘oyalar markaziy o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, kishilarning moddiy ehtiyojlari jamiyatning shakllanishida birlamchi sabablardan hisoblanadi. Ibn Sino nafaqat oila doirasida, balki shahar va davlat darajasida daromadva harajatlar muvozanati haqida fikr yuritadi. Uningqarashicha, daromadva xarajatlar muvozanatligiga tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganida zaxiradan mablag‘larni ta’lim uchun ajratishni hisobga olib erishish zarur. Iqtisodiy bilimlar sohasida XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos Hojib muhim o‘rin tutadi. U jamiyat rivojlanishida mehnatning rolini ko‘rsatib, moddiy boyliklarning xarakteri va xususiyatlarini qaydqiladi, mehnat taqsimoti masalasi muhimligiga e’tibor qaratadi hamda pulningvazifalariga aniq ta’rif beradi. Buyuk shoir, mutafakkir, qomuschi olim va davlat arbobi A.Navoiy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi haqida o‘z fikrlarini bayon qiladi, boylikni yaratishda mehnatning rolini ko‘rsatib beradi. U «boylik» agar u butun xalq tomonidan foydalanilsa, ne’matga aylanadi deb hisoblaydi. Download 0,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |