J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Download 0,54 Mb.
bet45/55
Sana09.05.2023
Hajmi0,54 Mb.
#936587
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra

1. Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mochilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
2. Tadbirkorlar sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘in­laridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarzga olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi va undan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarf­lanadi. Tadbirkorlar bozor xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi.
3. Davlat – foyda olishni maqsadqilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi muassa­salar sifatida namoyon bo‘ladi.


Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z yechimiga ham ega.
Bular quyidagilar:
1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovar­lar ishlab chiqariladi, zarar keltiradiganlari ishlab chiqa­rilmaydi.
2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texno­logiyaga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zarur.
3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi.
4. Кim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, o‘rta va kam ta’minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil qilinadi.
5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi hisobga olinadi.



  1. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari

Bozor – bu ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste’molchi (xaridor)ni bir-biriga bog‘laydigan, ayriboshlash jarayo­niga xizmat qiladigan tartiblar, mexanizmlar va muassa­saviy tuzil­malardir.
Bozorning asosiy mazmuni so­tuvchi va xaridorlarningo‘zaro keli­shuvi, ekvivalentlilik prinsipi aso­sida ayriboshlash, ishlab chiqaruvchi­larning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va to‘lovga qodir bo‘lgan iste’molchilar talabiningqondi­ri­lishi va raqobatchilik muhitining mavjud bo‘lishidan iborat­dir. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to‘planib, juft-juft, to‘p-to‘p, guruh-guruh bo‘lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro‘z ulashadigan fayzu barakotli, sirli dasturxon deb ataydilar24.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni iste’molchilarga, iqtisodiy resurslarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berishdan iborat­dir
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liqva bir-birini taqozo qiladi.
Hozirgi davr bozori bir qator tartiblarga asoslanadi:
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyat erkinligi va uning natijalari uchun javobgarligi;
– talab va taklif nisbatiga asoslangan narxningerkin shakllanishi;
– resurslarni yetkazib beruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’mol­chilar o‘rtasida raqobat mavjudligi;
– davlatning xo‘jalik yurituvchilar faoliyatiga eng kam darajada aralashuvi.
Sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bozor quyi­dagi belgilar bilan tavsiflanadi:
– ommaviy ishlab chiqariladigan tovarlar bilan to‘yingan­ligi, ularningqat’iy ravishda alohida guruh iste’molchilar ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilganligi;
– iste’molchilarningeng murakkab talabiga javob berishga layoqatli, moslashuvchan ishlab chiqarish mavjudligi;
– ishlab chiqaruvchilar maqsadli vazifasiningo‘zgarib turishi. Ular raqobatbardoshlikni ushlab turish uchun mahsu­lotni modifikatsiyalash, uning sifatini oshirish, xarajat­larni kamaytirish va bozorni kengaytirishdan manfaatdorligi;
– tadbirkorlik faoliyati shakllari o‘zgarishining ro‘y be­rib turishi. Jumladan, yetakchi g‘arb mamlakatlari iqtiso­diyo­tida XX asr 70-yillari o‘rtalaridan boshlab yirik korpo­rat­siyalar bilan birga kichik biznes ham muhim rol o‘ynay boshlagan;
– yollanma xodimlarning boshqarish va korxona mulkida qatnashishni taqozo qiluvchi mehnat munosabatlari yangi turi­ningqaror topishi;
– iqtisodiyotga energiya va material tejovchi tavsif xos­ligi;
– “xizmat sig‘imli” iqtisodiyot shakllanish jarayonining kucha­yib borishi. Jumladan, AQSH YaIM qiymatida xizmatlar qiymati ulushi 60 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi.




  1. Download 0,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish