Tovar va uning xususiyatlari
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Tovar deb, biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan ayriboshlash uchun yaratilgan mahsulotga aytiladi. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishiningqandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u boshqa buyumga ayriboshlana oladigan buyumdir.
Tovarning birinchi xususiyati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi sifatida bevosita yoxud ishlab chiqarish vositalari sifatida bilvosita kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi.
Xo‘sh, tovarning mahsulotdan farqi nimada? Tovar, engavvalo,o‘z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir.
Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin u yaratuvchiningo‘z ehtiyojlari emas, balki ayriboshlash orqali boshqa kishilar ehtiyojini qondiradi. Ayni vaqtda tovarlar boshqa tovarlarga ayriboshlanish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchungina, u o‘zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning shu xususiyati, ayriboshlanuvchanligi uning “almashuvqiymati” nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko‘rsatkichi almashuvqiymatini yaqqol ko‘rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko‘plab buyumlar masalan, buloqdagi suvlar, yovvoyi daraxt mevalari naflilikka ega bo‘ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo‘lavermaydi. Buyumlar tovar bo‘lishi uchun, u ayriboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum miqdorda iqtisodiy resurs sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur.
Tovar narxi va nafliligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni birinchi bo‘lib ingliz iqtisodchi – olimi U. Jevons (1835-1882) ko‘rsatib bergan. Uning fikricha, keyingi qo‘shilgan naflilik aynan bozor narxida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Naflilik subyektiv tushuncha bo‘lganligi sababli uni miqdoriy baholash ancha qiyin. Iqtisodiyot nazariyasida naflilikni aniqlashga ikkita yondashuvqaror topgan:
Кordinalistik yondashuv, naflilikni hisoblashning shartli birligi “yutil” dan foydalanib, uning miqdorini mutlaq aniq belgilashni ko‘zda tutadi.
Ordinalistik yondashuv, afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha bir qator tovarlarni muayyan ranjirlashga yo‘l qo‘yadi. Iste’molchi tovarlarning tartib bo‘yicha miqdor o‘lchami haqida aniq xulosa chiqara olmaydi, biroq ularning, bir-biriga nisbatan muhimlik darajasini aytib bera oladi. Masalan, birinchi tovar ikkinchisidan, ikkinchisi esa uchinchisidan afzal ko‘riladi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |