J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «sifat menejmenti» fanidan


Yaponiyaning sifatni boshqarish tajribasi



Download 9,72 Mb.
bet4/219
Sana30.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#197758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219
Bog'liq
2 5190768706531101516

Yaponiyaning sifatni boshqarish tajribasi ishning sifatini oshirish hech qachon tugamasligini ko’rsatadi.

1945 yilda Yaponiya vayron bo’lgan, sanoati to’liq ishdan chiqqan edi. SHuningdek, o’sha davrda Yaponiyaning texnikasi qoloq holatda bo’lgan.

Zamonaviy radiotexnikada katta ahamiyatga ega bo’lgan Yaponiyada ishlab chiqarilgan kuchaytirgichlar uchun kichik chastotali transformator 250 gramm og’irlikda edi. Ayni vaqtda AQSH da bu apparatning konstruktsiyasining vazni atigi 30 gramm bo’lgan.

Suv bilan to’yintirilgan Yaponiya transformatori 15 daqiqada ishdan chiqardi, Amerikaniki esa germetik qoplama bilan to’liq o’ralgan va suv o’tkazmaydi.

Biroq 40 - yillarning oxiri - 50 - yillarning boshida sifatni boshqarish bo’yicha Amerikaning mashhur olimlari E. Deming va J. Juranning sabog’ini olgan yapon mutaxassislari bu bilimlardan Yaponiyaning sanoatida muvaffaqiyatli foydalana boshladilar.

Deming davri tatbiq qilindi. U mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish, sotish, tahlil qilish va sifat darajasini oshirish uchun o’zgarishlar - PDCA tsikli “rejalashtirish - bajarish - tekshirish - tuzatish ta’sirlari” (“plan - do - check - action”) ni bog’langan.

Texnologik jarayonni boshqarish uchun nazorat kartalari faol qo’llanilgan. Deming nomidagi mukofoti uning kitoblari, ma’ruzalari topshiriladigan mualliflik mukofoti sifatida ta’sis qilingan. Deming oltin medali alohida shaxs yoki korxona uchun 1951 yildan boshlab berib kelinmoqda.

Sifatni boshqarishga Yaponiyaning yondashuvi bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega, biroq qiyosiy tahlil uning nazariy qoidalari jahon tajribasi bilan umumiy xususiyatga egaligini ko’rsatmoqda. Bu kontseptsiya to’liq va to’g’ri tatbiq qilingan ilg’or xorijiy firmalarning sifatni boshqarish tizimlari bir - biriga o’xshash, ularni qo’llash va rivojlantirish mexanizmlarida ham umumiylik mavjud.

Sifatni boshqarishga Yaponiya yondashuvining o’ziga xos xususiyatlari:


  1. barcha bo’linmalarda mehnat jarayonlari va natijalarini doimiy takomillashtirish;

  2. mahsulotning sifatini emas, balki jarayonlarning sifatini nazorat qilish;

8

  1. nuqsonlarga yo’l qo’yilish ehtimolini bartaraf qilish;

  2. oldingi operatsiyadan keyingisiga o’tishda yuzaga keladigan muammolarni tadqiq va tahlil qilish;

  3. “Sening iste’molching - keyingi ishlab chiqarish operatsiyasini bajaruvchi” tamoyilini ilgari surish;

  4. bevosita ijrochining zimmasiga mehnat natijalarining sifati uchun javobgarlikni yuklash;

  5. inson omilidan faol foydalanish, ishchilar va xizmatchilarning ijodiy salohiyatini oshirish, “Yaxshi odamga yomon ishlash uyat” maqoliga rioya qilish.

“Yapon mo’’jizasi” ning asosiy g’oyasi - har qanday sohada ilg’or texnologiyalarni qo’llash. Firmalarda hisoblash va mikroprotsessor texnikasi, yangi materiallar, loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari, to’liq kompbyuterlashtirilgan statistik usullar keng tatbiq qilinmoqda.

Yaponiya mutaxassislarining fikriga ko’ra, ishni majburiyatlar mantig’ini himoya qilishdan emas, balki ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilishdan boshlash, hamkorlikdagi izlanishlar, jamoaning qarorlariga tayanish kerak.

Ishchilarni o’qitish ularning bevosita rahbarlari - masterlar, uchastka boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Masterlar, uchastkalar va tsexlarning boshliqlarini o’qitish 6 kunlik nazariy kurs va 4 oylik amaliy faoliyatdan iborat.

“Nissan Motor” kompaniyasida ish faoliyatining dastlabki 10 yilida o’qitish ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiriladi va bunga kamida 500 kun sarflanadi. Keyinchalik o’qitish kechqurunlari va dam olish kunida bevosita ish joylarida davom etadi. Vaqti - vaqti bilan barcha toifadagi ishlayotganlar, shuningdek, rahbarlar attestatsiyalanib, o’qitish jarayoni yakunlanadi. Mos bo’linmalarning rahbarlari mutaxassislar ishtirokida attestatsiyalashni o’tkazadilar. Ishchilarning toifalariga mos ravishda attestatsiyalash 3, 6 oy va 1 yilda bir marta olib boriladi.

Bir qator mutaxassislar firmaning imtihonidan tashqari davlat imtihonini ham topshiradilar. Masalan, “Tabay Espek” firmasida ishchilarning 75%i Mehnat vazirligining davlat attestatsiyasidan o’tishgan. Davlat attestatsiyasidan oldingi o’qitish pullik va unga firma haq to’laydi. Davlat attestatsiyasidan o’tgan ishchining ish haqiga qo’shimcha to’lanadi.

Attestatsiyalash natijalari ish joylariga osib qo’yiladi. Uch martagacha attestatsiyadan o’tishga ruxsat beriladi. Uch marta attestatsiyadan o’tmagan ishchi berilgan ish joyida kasbiy jihatdan ishga yaroqsiz hisoblanadi.

O’qitishning juda muhim foydali samarasi bor: sifat odamlarning o’z ishiga shaxsiy munosabatlarini yaxshi tomonga o’zgartiradi. Sifatning 90%i tarbiya, anglanganlik bilan va faqat 10%i bilimlar bilan tavsiflanadi, deb o’ylashadi. O’quv dasturlari atigi bu 10% ni berishi mumkin, lekin ular ishchilarning sifatga munosabatini o’zgartiruvchi kuch hisoblanib, bu munosabat keyinchalik rag’batlantirishlar vositasida doimiy qo’llab - quvvatlanishi kerak.

Sifat to’garaklariga katta e’tibor beriladi. To’garaklar ixtiyoriy shakllantiriladi. To’garaklarga qatnash va yig’ilishlardagi faollik bilan sifatning ichki masalalarini hal qilishdagi ixtiyoriylik, mustaqillikda bevosita aloqa mavjudligini tadqiqotlar ko’rsatdi. To’garaklarning majlisi - ish vaqtida o’tkaziladigan noishlab chiqarish faoliyatining yagona turi. Majlislar har haftada o’tkaziladi.

Sifat to’garaklarining tsex va zavod konferentsiyalari muntazam o’tkaziladi. Yiliga ikki marta sifat to’garaklarining konferentsiyalari butun kompaniya miqyosida o’tkaziladi. Sifat to’garaklari vakillarining umumyapon s’ezdlari ham o’tkaziladi.

To’garak Yaponiya olimlar va muhandislar birlashmasi (JUSE) da ro’yxatdan o’tgan bo’lsa va “Sifat ustasi va nazorati” jurnalida bu ma’lumot chop etilgan bo’lsa, u holda bunday to’garak rasmiy tan olingan hisoblanadi.

Yaponiya korxonalarida xodimlar uchun “beshta nolb” nomini olgan sifatni ta’minlashda qatnashish dasturi ishlab chiqilgan. U qisqa qoidalar - maqollar ko’rinishida shakllantirilgan:


  • yaratmaslik (nuqsonlarning yuzaga kelishi uchun sharoit);

  • yubormaslik (nuqsonli mahsulotni keyingi bosqichga);

  • qabul qilmaslik (nuqsonli mahsulotni avvalgi bosqichdan);

  • o’zgartirmaslik (texnologik tartiblarni);

  • takrorlamaslik (xatolarni).

Bu qoidalar ishlab chiqarishni tayyorlash va ishlab chiqarish bosqichlari uchun detallashtirilgan hamda har bir ishchiga yetkazilgan.

SHu tarzda, Yaponiyada sifatga munosabatning asosiy jihatlarini ko’rib chiqamiz:



  • boshqaruv va texnologiya sohasida ilmiy ishlanmalarni keng tatbiq etish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish, tahlil qilish va nazorat qilishning hamma operatsiyalarining yuqori kompbyuterlashtirilganlik darajasi;

  • insonning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish. Buning uchun ijodiy faoliyatni rag’batlantirish (sifat to’garaklari), o’zining firmasiga sodiqlik ruhida tarbiyalash, xodimlarni tizimli va har tomonlama o’qitish choralari ko’riladi.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish