shtirish, sertifikatlash va metrologiyaning avlatlar misolida)
Mintaqa
(davlat)
|
Standartlashtirish qonuni
|
Sertifikatlashtirish qonuni
|
Metrologiya
qonuni
|
Amerika
(AQSH
misolida)
|
Kataloglashtirish va standartlashtirish haqida (1954 y.)
|
Iste’mol mahsulotlarining xavfsizligi haqida (1972
y.)
|
Metrologik
tizim
to’g’risida (1986 y.)
|
Osiyo
(Yaponiya
misolida)
|
Sanoatning
standartlashtirilishi haqida (1949 y. 1980 y. da o’zgartirish kiritilgan)
|
Iste’mol mahsulotlarining xavfsizligi haqida (1973
y.)
|
O’lchovlar haqida (1985
y.)
|
Evropa
(Germaniya
misolida)
|
DIN va federal hukumat o’rtasidagi kelishuv (1979
y.)
|
-texnik vositalarning xavfsizligini ta’minlash haqida (1968 y.)
-atrof muhitni muhofazalash haqida (1974 y.)
|
-o’lchash ishi haqida (1985
y.)
-o’lchov birliklari va tekshirish
|
|
|
-oziq-ovqat mahsulotlari va ommaviy foydalanish tovarlari haqida (1974 y.)
|
haqida (1985
y.)
|
Sifatning past darajasi oqibatida sarflanadigan katta harajatlar AQSH sanoati uchun jiddiy muammoga aylangan. Namunaviy Amerika korxonasining barcha joriy harajatlarining 20 - 25%i mahsulotlarning nuqsonlarini aniqlash va bartaraf qilishga sarflangan. Boshqacha aytganda, korxona ishchilarining chorak qismi hech narsa ishlab chiqarishmagan - ular birinchi safar noto’g’ri bajarilgan ishlarni tuzatishgan. Agar bunga korxonadan chetga chiqqan va bozorga kelib tushgan nuqsonli buyumlarni ta’mirlash yoki almashtirib berish harajatlarini qo’shadigan bo’lsak, u holda past darajadagi sifat oqibatida sarflanadigan umumiy harajatlar ishlab chiqarish harajatlarining 30 va undan ko’p foizini tashkil qiladi.
AQSH ning ko’plab mutaxassislari past sifatni Amerika mahsuloti uchun mehnat unumdorligi va uning raqobatbardoshligi o’sishining asosiy to’sig’i deb baholashgan.
Sifat darajasini oshirish yoki mag’lub bo’lish - Amerika sanoati uchun boshqa muqobil yo’l bo’lmagan.
Sifat muammosini hal qilishda ko’p hollarda Amerika mahsulotini raqobatchilardan himoya qiluvchi turli protektsionistik choralar: tariflar, kvotalar, to’lovlarini izlangan.
Amerika tadbirkorlarining talabi bilan AQSH ma’muriyati Amerikaning avtomobilb, po’lat, maishiy elektronika, mototsikllar va h.k. ni ishlab chiqaruvchilarini himoyalash yuzasidan protektsionistik choralar ko’rgan. Mahsulotning sifati asosiy masadga aylangan Amerikaning yetakchi kompaniyalarida ham sifatga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish yo’li emas, balki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish vositasi sifatida qaralgan.
SHu bilan birga, AQSH firmalarining dadil fikrlovchi boshqaruvchilari Amerika mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilarni rivojlantirishga qaror qilingan:
ishchilarni motivatsiyalash;
sifat to’garaklari;
statistik nazorat qilish usullari;
xizmatchilar va boshqaruvchilarning tafakkurini yuksaltirish;
sifat harajatlarini hisobga olish;
sifatni oshirish dasturlari;
moddiy rag’batlantirish;
AQSH da 80 - yillarning boshida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirish bilan birgalikda olib borildi. Bu sifat xizmatining muhim yutug’i bo’ldi.
O’sha davrda AQSH da E. Demingning ikkita kitobi: “Sifat, unumdorlik va raqobatbardoshlik” va “Inqirozdan chiqish” nashrdan chiqqan. Bu monografiyalarda “14 qoida” nomi bilan tanilgan Demingning falsafasi o’rin olgan bo’lib, ular umumiy sifat (Total Quality) ning asosini tashkil qilgan.
AQSHda sifat muammosi teran anglay boshlangan. Amerika sanoatida resurslar, salohiyat, qadr - qimmat va yuqori ish haqi to’lanadigan yuqori pog’ona rahbariyati mavjud. Mashhur Amerika mutaxassisi A. Feygenbaumning ta’rifiga ko’ra, “sifat - yevangelizm emas, oqilonalashtirish taklifimas va shior ham emas, u hayot tarzidir”.
Buyurtmachilar (iste’molchilar) ning talablarini qondirish sifat sohasidagi inqilobning negizi hisoblanadi. Konveyerdagi har bir ishchi o’zidan oldingi ishchi
Miliy mahsulotning sifatini oshirish masalalariga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tomonidan e’tibor davlatning iqtisodiy rivojlanishidagi yangi yo’nalishga aylandi.
AQSH ning Kongressi mahsulotning sifatini oshirish sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun Malbkolbm Boldridj nomli milliy mukofotni ta’sis etgan bo’lib, bu mukofot har yili uchta eng yaxshi firmaga topshiriladi. Umumjahon sifat kuni deb belgilangan noyabrning ikkinchi choragida AQSH Prezidenti mukofotni taqdim qiladi.
Sifat sohasida Amerika tajribasini tahlil qilgan holda uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilamiz: