Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi.
Soliq yuki – soliq to‘lovchining muayyan davrda byudjetga to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisini ifodalaydi.
Soliq yukini engillashtirish – soliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar yaratish.
Soliqlar – bular majburiy, qaytarilmaydigan to‘lovlar. Ular davlat organlari tomonidan ishlab chiqarish birliklaridan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalganlari uchun olinadi.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |