Tashqi savdo siyosati – Bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko‘zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi.
Tijorat banklari – sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan banklar.
Turmush darajasi – bu, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |