Bank aktivlari – banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, investitsiyalari, valyuta boyliklari ko‘rinishida bo‘ladi.
Bank depozitlari – jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul mablag‘lari.
Bank kapitalining etarlilik darajasi – bu jami kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |