Bank tizimining likvidligi – bankning o‘z majburiyatlarini vaqtida va so‘zsiz bajara olish imkoniyati.
Banklar likvidligi – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o‘sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag‘lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi.
Bankrot – qarzlik nochorlik, tadbirkorning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha mablag‘i bo‘lmaganligi uchun to‘lashdan bosh tortishi.
Barqarorlik – narsa va hodisalarga xos muayyanlikni ifodalaydi.
Biznes – ingilizcha so‘z bo‘lib, foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |