Debitor – biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki fuqaroning qarzdor bo‘lib qolishi.
Devalvatsiya – mamlakat pul birligi asosidagi oltinning kamayishi yoki kursining boshqa mamlakatlar valyutasi kursiga nisbatan qonuniy ravishda pasayishi.
Deklaratsiya – ma’lum axborotni o‘z ichiga oluvchi hujjat. Deklaratsiya bojxona uchun tayyorlangan bo‘lsa, unda boj to‘lanadigan molning nomi, miqdori, narxi va boshqalar ifodalanadi.
Dekort – molning haqini muddatdan avval to‘langan yoki molning miqdori, sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uchun molning narxidan chegirma.
Demarketing – marketingning bir turi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati, xom ashyoning etishmasligi tufayli bozorga kam chiqariladigan molga talabni pasaytirishga qaratilgan.
Demping – eksport tovarlarini bozorning o‘rtacha narxidan, hatto tannarxidan ham pastroq narxda sotish. Bu usul bozorni egallash, raqobatchilarni sindirish maqsadida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |