Fondlarning aylanishi – bu moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab chiqarish va muomala sohalari orqali harakat jarayonidir.
Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyati.
Xususiy kapital – tadbirkorning eng muhim va hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan sarmoyasi.
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari asosida, shaxsiy daromd (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Xususiy firma – ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo‘lgan yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko‘rsatuvchi korxona.
SHirkat firma – bir necha tadbirkorlarning o‘zaro mulkiy birlashuvi va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko‘rishga asoslangan sherikchilik korxonasi.