Innovatsion texnologiyalar – iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo‘llaniluvchi usul va vositalar majmui bo‘lib, o‘z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.
Inflyasiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi.
Inflyasiya darajasi – ma’lum vaqt ichida (oy, yil) baholar darajasining foizdagi o‘zgarishi.
Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish t va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo‘llar, aloqa, transport, maorif, sog‘liqni saqlash.
Iste’mol – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |