cheklashlar
asosida
o‘tkaziladi: eksperimentator maqsadlarning o‘zgarmas holatini va eksperimentning
majbo‘rlov aloqalarini saqlab qolgan holda o‘z muammosini tadqiq qiladi.
Eksperimentator belgilangan jarayonlardan foydalanadi va uncha katta bo‘lmagan
erkinlikka ega bo‘ladi. Bunday erkinlik eksperimentatorga o‘zining eksperimental
jarayon natijalarini faqat tizimli o‘zgartirishga imkon beradi.
3. Tizimli tahlilda maqsadlarni va mezonlarni aniqlash usullari.
Mezon vosita hisoblanadi. Uning yordamida muqobillik o‘lchanadi yoki
tanlanadi. Mezon TT bo‘yicha mutaxassisni o‘zi afzal deb bilgan holatning
mantiqiyligini ko‘rsatishga undaydi. Mezon muqobilning nisbiy erishishini boshqa
choralar (vaqt, narx yoki samaradorlik) atamalarida namoyon qiladi. Mezon bu
standart, uning yordamida tanlashning nisbatan foydaliligi to‘g‘risida bir to‘xtamga
kelish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning bugungi holati ushbu sharoitga qarama-qarshi
bo‘lgan vazifani qo‘yishi mumkin. Masalan, bozorni hammabop tovarlar bilan
to‘ldirishni ta’minlash uchun arzonroq narxda ko‘proq mahsulot olish vazifasi
qo‘yilishi mumkin. Bu bir-biriga zid bo‘lgan sharoitdir, chunki “ko‘proq
mahsulot” talab qilishda bozor tomonidan mahsulotni 100 foizli iste’mol qilinishi
to‘g‘risida ma’lum darajada taklif mujassamlashgan. Bundan tashqari, mahsulotni
katta hajmda ko‘paytirish qo‘shimcha zavodlarni, uskunalarni, ishchi kuchini va
boshqa chiqimlarni talab qilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida haqiqatdan ham
narxning (doimiy va o‘zgaruvchan) ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
Mahsulotning o‘sishiga “bitta zavod doirasida eng ko‘p o‘sish” sifatida chegara
belgilash mumkin.
Agar “arzonroq narxda” jumlasiga “to‘g‘ri keladigan sifat, mavjud uskuna
va xodimlar bilan kelishilgan arzonroq narx” ma’nosi berilganda, unga
242
erishishning imkoni bo‘lar edi. Eng kam narx har bir buyumda inson-soat
ko‘rinishida ifodalanishi mumkin bo‘lgan bir paytda muayyan ish vaqtiga nisbatan
birliklarda ifoda etiladigan eng ko‘p mahsulotni ishlab chiqarish maqsad sifatida
belgilanishi mumkin.
Bumisol mezon maqsad sifatida noto‘g‘ri ishlatilagan holatni ko‘rsatadi.
Maqsad ko‘p majbo‘rlovchi aloqalardan uni anglab etilgan bo‘lishini talab qiladi.
Mezonning asl maqsadi “maqsadni o‘zgartirish” emas, balki afzallikni
tekshirishdan iborat. Bunday tekshirishlar tizim konstruksiyasini yaratish va
muammoni echish jarayoni uchun vosita hisoblanadi.
Afzallikni ishlab chiqarishda qo‘llanilishini ovozdan tez bo‘lgan transport
vositasi misolida tasvirlab tekshirish mumkin. Tasavvur qilaylik, rahbariyat
quyidagi mezonni belgiladi: samolyotning o‘lchami qanday bo‘lishi bo‘yicha qaror
qabul qilish samolyot og‘irligining yo‘lovchilar soniga nisbatan solishtirganda
kelib chiqadigan ko‘rsatkichga asoslanadi. Tabiiyki, katta samolyot ko‘p
yo‘lovchilarni tashiydi, “ko‘p yo‘lovchi” degani esa “katta daromadni” anglatadi.
Bu mezonning birinchi kamchiligi uning to‘liq bo‘lmaganligida. Rahbariyat bu
mezonni qo‘llash natijasida qanday qarorga kelishini ko‘rsatmagan; samolyot
o‘lchami uning og‘irligiga, to‘liq og‘irligiga, sig‘imiga, o‘zunligiga va boshqa
jihatlariga nisbatan aytilgan bo‘lishi mumkin. Transport samolyotlarining
konstruksiyasini yaratish bilan tanish bo‘lgan injenerlar bitta mezonning o‘zi
kifoya emasligini ta’kidlashadi.Masalan, katta, og‘ir samolyotlarni tahlil qilish
imkoniyatini ta’minlash uchun bu mezonda har bir kilometr uchun qilingan
harajatlar inobatga olinmaydi. Ushbu yagona mezon asosida konstruksiyasi
yaratilgan samolyot og‘irligi 500 tonna bo‘lishi yoki 1000 yo‘lovchi olishi mumkin
edi. Qaysi nuqtada ixtirochi to‘xtashi kerak? Ovozdan tez transport vositasining
ko‘rib chiqilishi talab qilinadigan boshqa tavsiflari ham mavjud: tezlik, miqdor va
dvigatelning tortishish kuchi, xavfsizlik, tashqi qoplamani tanlash, samolyotning
konstruksiyasi, ishlab chiqarish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan vaqt va
boshq.
243
Do'stlaringiz bilan baham: |