134
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali va chiqarilish
bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot miqdori doirasida;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lardan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa;
infratuzilma obligatsiyalari bo‘yicha emitentning majburiyatlari ular to‘liq
muomaladan chiqarilguniga qadar belgilangan tartibda sug‘urtalangan bo‘lsa, chiqariladi.
Davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi.
Infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar
alohida bank
hisobvarag‘ida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat
qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga ko‘ra sarflanadi.
Obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini
bermaydi.
Emitent tomonidan chiqarilgan va so‘ndirilmagan (bekor qilinmagan)
barcha
korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati o‘z kapitalining miqdoridan oshmasligi
kerak.
Obligatsiya uning olingan vaqtidan qat’i nazar, bir chiqarilish ichida huquqlarni
amalga oshirishda teng hajmlar va muddatlarga ega.
Ustav fondining shakllanganiga qadar (tijorat banklari ustav fondining shakllanish
hollari bundan mustasno), shuningdek, uni to‘ldirish yoki emitentning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati bilan bog‘liq zararlarni qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Obligatsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi.
Foizli, diskontli, yutuqli va maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar chiqarilishi mumkin.
Foizli obligatsiyaning daromadi chiqarilish shartlari bilan
belgilanadigan nominal
qiymati bo‘yicha belgilangan muddatda so‘ndirish va qayd etilgan foizlarni to‘lash
hisobiga tashkil etadi.
135
Diskontli obligatsiyaning daromadi nominal qiymati bo‘yicha belgilangan
muddatda so‘ndirish hisobiga, bunda daromad sotish bahosi va obligatsiyaning nominal
qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga tashkil etadi.
Yutuqli obligatsiyalarni chiqarishda nominal qiymatga foiz yoki diskont
ko‘rinishida belgilangan daromadga qo‘shimcha ravishda muntazam o‘tkazib turiladigan
tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan daromad belgilanishi kerak. Daromadi
muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida
belgilanadigan obligatsiyalarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar bo‘yicha daromad tovar (xizmat) ko‘rinishida
belgilanadi. Qaysi tovar (xizmat) asosida chiqarilganligini ko‘rsatish
maqsadli
obligatsiyalarning majburiy rekviziti hisoblanadi.
Obligatsiyalarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini muomalaga
chiqarishga yo‘l qo‘yiladi.
Bankning berilgan kreditlar va boshqa aktivlarini ta’minlash bo‘yicha qimmatli qarz
qog‘ozlari mazkur Qoidalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar
ko‘rinishida chiqarilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, agar qonun hujjatlarida
boshqacha holat nazarda
tutilmagan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va tasdiqlash;
b) risolani tasdiqlash (qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
с) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
d) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida
hisobga olish;
e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlari va mazkur
Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish;
f) chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
g) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni
chiqarish natijalari
to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: