J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#478680
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
Bog'liq
fayl 2063 20211105

indossament
hisoblanadi. Vekselni sotgan holda uning egasi qarzni talab qilish huquqini 
forfeytorga beradi. Shunday qilib, tovarlarni etkazib beruvchi vekselni sotgan holda 
to’lov muddati kelgunga qadar mablag’larni olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
- vekselni sotishda uning egasi komission harajatlarni to’lamaydi. Vekselning 
nominal qiymatidan forfeytor tomonidan uning egasiga taqdim etiladigan chegirma 
hisobiga amalga oshiriladi. Bu chegirma “diskont” deb yuritiladi. Uning hajmi bitimni 
tuzuvchi tomonlar bilan kelishilgan holda o’rnatiladi. Bunda pul bozoridagi foiz stavkalar 
va risklar hisobga olinadi.
Faktoring operatsiyalari debitorlik qarzlarini o’z vaqtida so’ndirolmaslik va ularni 
kreditlash manbalarining cheklanganligi oqibatida doimiy moliyaviy qiyinchiliklarga 
duchor bo’luvchi kichik va o’rta biznes korxanalari uchun samarali bo’ladi. Bu usul 
bunday korxonalarga ko’shimcha elementlari, ya’ni buxgalteriya, axborot-targ’ibot, 
reklama, sotish, yuridik, sug’urta va boshqa xizmatlarni taqdim etishi bilan ham ma’qul 
hisoblanib, ularni ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantiradi va ish haqi xarajatlarini 
qisqartirish imkonini beradi.
Forfeyting operatsiyasi uzoq muddatli va qimmat loyihalarni amalga oshirishga pul 
mablag’larini to’plash uchun yirik korxonalarga samaraliroq hisoblanadi.
5.4. Evrokredit bozori 
 
Evrokreditlarning asosiy qismini xalqaro bank sindikatlari taqdim etishadi. Shuning 
uchun, evrokreditlarni berish mexanizmini sindikatlashgan kreditlar misolida ham ko’rib 
chiqish maqsadga muvofiq.
Evrobozordagi kredit operatsiyalari 1 mln. AQSh dollaridan bir necha yuz mln. 
AQSh dollari hajmida amalga oshiriladi. Shuningdek, bunda kreditlar garov bilan 
ta’minlanmasdan va foydalanish maqsadi aniq ko’rsatilmagan holda ham berilishi 
mumkin.


79 
Evrokredit bozoridagi foiz stavkalarni turli davlatlarning foiz stavkalariga nisbatan 
erkin shakllanishi evrobozorga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Xalqaro foiz stavkalar 
odatda kredit liniyasi bo’yicha kreditlash limiti ochilayotganda olinadi. Evrovalyuta 
bozorida kredit foiz stavkalari asosan LIBOR (LIBOR - qisqa muddatli (odatda 6 oylik) 
evrovalyutalar (asosan AQSh dollari) bo’yicha London banklararo mablag’lar taklifi 
stavkasi)ga o’zgarmas kattalikdagi foiz stavkasi (spred (spread) - bank xizmatlari uchun 
ustama)ni qo’shish orqali aniqlanadi. Evrokreditlar bo’yicha spred darajasi odatda 
¾%dan 3%gacha bo’lib, uning miqdori kreditga bo’lgan talab va taklifning o’zaro 
nisbatiga, kredit muddatiga, mijozning kredit bo’yicha to’lovga qobilligiga, kredit riskiga 
bog’liq. Umuman olganda, evrokreditlar bo’yicha foiz stavka bazaviy (asosiy (LIBOR)) 
stavkaga spredni ko’shish orqali aniqlanadi.
Evrobozordagi depozitlarning foiz stavkasi London banklariaro qisqa muddatli 
depozitlarning foiz stavkasi LIBID (LIBID) orqali aniqlanadi.
Evrobozordagi foiz stavkalari milliy bozorlardagi foiz stavkalariga nisbatan 
mustaqil bo’lishlariga qaramasdan, ular bilan o’zaro bir-biriga bog’liq holda shakllanadi. 
Shuningdek, xalqaro foiz stavkalari ham milliy foiz stavkalariga o’z ta’sirini ko’rsatishi 
mumkin, ya’ni ular o’zaro bir biriga aks ta’sirga ega. Jahon ssuda kapitallari bozoridagi 
foiz stavkalar milliy foiz stavkalarni o’zaro bir-biri bilan muvofiqligini ta’minlashga 
xizmat qiladi, ya’ni xalqaro foiz stavkalarining tebranish doirasi bo’yicha milliy foiz 
stavkalari ham o’zgarib boradi. Evrobozordagi foiz stavkalar muddati, valyuta turi va 
boshqa jihatlar bo’yicha diversifikatsiyalashgan. 1960 yillardan boshlab jahon bozorida 
kredit va depozitlar bahosini aniqlashda bozor kon’yunkturasiga mos ravishda 
o’zgaruvchi suzuvchi foiz stavkalar asosiy rol o’ynamoqda.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish