J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


 Investitsiya loyihalarni uzoq muddatli xalqaro moliyalashtirish



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/112
Sana20.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#828840
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112
Bog'liq
J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori

 
6.2. Investitsiya loyihalarni uzoq muddatli xalqaro moliyalashtirish 
Xalqaro uzoq muddatli kreditlashning zamonaviy shakli loyihalarni moliyalashtirish 
hisoblanadi. “Loyihalarni moliyalashtirish” atamasida investitsion loyihalarni kreditlash 
haqida so‘z boradi. 
Loyihalarni moliyalashtirishda bank tomonidan baholash ob’ekti quyidagilar 
bo‘ladi: 
-
investitsion loyiha; 


87 
-
loyiha kreditini ta’minlash (loyiha kompaniyasining aktivi, garov va kafolati). 
Loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etuvchi bank investitsion tsiklning o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan quyidagi oltita bosqichini ajratib ko‘rsatadi: 
1.
qo‘yilmalar ob’ektini izlash; 
2.
loyiha riski va rentabelligini baholash; 
3.
kreditlash tizimini ishlab chiqish; 
4.
loyihani moliyalashtirish ishtirokchilari bilan shartnomalarni tuzish; 
5.
kreditlarni to‘liq so‘ndirilguncha ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy 
dasturlarni bajarilishi ustidan nazorat; 
6.
loyihaning moliyaviy natijalarini baholash va ularni mo‘ljallangan 
ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash.
Yirik banklarning “Loyihalarni moliyalashtirish” bo‘limi xodimlari tarkibiga 
muhandislar ham faoliyat yuritadi. Loyihaning texnik-iqtisodiy ta’minotini baholash va 
uni amalga oshirish variantlarini hisob-kitob qilish uchun bank mijozlardan komissiya 
tarkibiga mustaqil ekspertlarni jalb etadi.
Loyihalarni moliyalashtirish tamoyillari.
Jahon amaliyotida loyihalarni 
moliyalashtirish bo‘yicha umumiy tan olingan asosiy tamoyillar sifatida quyidagilarni 
qayd etish mumkin: 
Birinchidan, 
odatda uch xil variant bo‘yicha qiyosiy tahlil amalga oshiriladi: loyiha 
ta’minotchisi, bankning pessimistik stsenariyi, mustaqil ekspertlar tomonidan 
tayyorlangan asosiy variant.
Ikkinchidan,
 
kredit odatda tasdiqlangan loyihani amalga oshirish uchun loyiha 
kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Shuningdek, loyiha kompaniyasining balansida 
olingan kredit aks ettiriladi.
Uchinchidan,
loyihalarni moliyalashtirishda bank dastlabki e’tiborini risklarni 
baholash, xarajatlarni (smetani) qisqartirish, kreditlash manbalari, loyihaning moliyaviy 
va iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida investitsion loyihani tahlil qilishga 
qaratadi.
To‘rtinchidan,
umum tan olingan tamoyillardan biri mijozning ma’suliyati 
cheklanganligi hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, bank faqat joriy loyihani 


88 
amalga oshirishdan olingan daromadlar hisobiga kreditni qoplashni talab qilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish ma’lum loyihaviy quvvatga (odatda 75%ga) etganligi tasdiqlangandan 
va mijoz bilan bankning kredit shartnomasida ko‘rsatilgan texnik sinovdan o‘tgandan 
so‘ng ushbu tamoyil kuchga kiradi. Qarzdor (kontsessioner-kompaniya) bankka real 
qiymatga ega bo‘lgan o‘z mulkining barchasini, ya’ni bino, asbob-uskunalar, bankdagi 
hisovarog‘i, filiallarning aktsiyalarini (ushbu kontsessiya
5
predmeti hisoblanganlar 
bundan mustasno) garovga beradi. Odatda “almashtirish huquqi” kreditor tomonidan 
qarzdorni to‘lovga noqobil deb e’lon qilinganda kuchga kiradi.
Beshinchidan,
kreditni so‘ndirishni qo‘shimcha ta’minoti bo‘lib, loyihaning 
quyidagi garov ta’minotchilari hisoblanishi mumkin.
-
to‘lov kafolati – kafolatli holat yuzaga kelganda bankka ma’lum bir summani 
muqarrar o‘tkazilishi bo‘yicha majburiyat; 
-
loyihani tugatish kafolati loyihani amalga oshirishni rad etmagan holda 
homiy(ta’minotchi)lar majburiyatini ham o‘z ichiga oladi; 
-
loyihani amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha firmalarning garov 
ta’minotlari. Bank garov ta’minot shartlari to‘g‘risida homiy va firma o‘rtasidagi 
shartnomani so‘rashi mumkin; 
-
loyihani amalga oshiruvchi firma yoki homiy-ta’minotchining ma’lum bir 
summadagi bank kreditorga qo‘ygan depoziti qo‘shimcha garov ta’minot bo‘lishi 
mumkin.
Oltinchidan,
kreditlanadigan ob’ektdan foydalanilayotganda paydo bo‘lgan riskni 
bank o‘z zimmasiga oladi. Kreditni to‘liq so‘ndirish muddatigacha bo‘lgan davrda tijorat 
riskidan o‘zini sug‘urtalagan holda bank firmalarni iste’mol mahsulotlari bilan 
shartnomalar tuzishini talab qiladi. Bank yuqori riskni yuqori marja orqali qoplaydi.
Ettinchidan,
loyihalarni 
moliyalashtirish 
bo‘yicha 
moliyaviy 
montaj 
operatsiyalarida kredit liniyalarining mos qismlari (transhlari) doirasida foiz stavkalar 
bilan bir qatorda kreditlarni taqdim etishning turli shart-sharoitlari ko‘rib chiqiladi. 
Loyihalarni amalga oshirishda xususiy va qarz mablag‘larining o‘zaro nisbati 
5
Ер, кон, корхона ва бошқалардан фойдаланиш учун давлат билан айрим тадбиркор, ёки фирма ўртасида 
тузиладиган шартнома. Концессионер – концессия эгаси, концессиячи. 


89 
tarmoqlarga bog‘liq ravishda turlicha (odatda 20:80, 30:70; mehmonxona biznesida 40:60 
esa nisbatda) bo‘ladi. Qarzdorning mablag‘larini jalb etish muddat oxirida asosan qarz 
mablag‘lar hisobiga amalga oshirgandan ko‘ra, loyihaga bog‘langan holda bo‘ladi 
ayniqsa dastlabki bosqichda.
Sakkizinchidan,
kreditlash ob’ektini baholashda bank asosiy qarzga va kredit foiziga 
kutilayotgan (xarajatlar hisobdan chiqarilgan) sof tushumlar nisbatini tahlil qiladi. Ushbu 
ta’minlash koeffitsenti odatda 1,3 dan, ba’zan tarmoq xususiyati (masalan ximiya-neft 
tarmog‘ida 2 dan) va risk darajasiga qarab 1,8 dan kam bo‘lmasligi lozim.
To‘qqizinchidan, 
kreditni so‘ndirish bosqichma-bosqich, ketma-ket amalga 
oshiriladi. Uning grafigi loyihaning foydalanish davriga bog‘liq bo‘ladi. 
 
Loyihalarni moliyalashtirishdagi risklarni pasaytirishning ananaviy usullaridan 
(masalan, ularni sug‘urtalashdan) tashqari investitsion loyihani amalga oshiruvchi 
ishtirokchilar orasida ularni qayta taqsimlash usuli foydalaniladi. Turli risklardan 
ko‘rilgan zararlarning bir qismi yoki to‘liq summasi davlat yoki davlat mulki ishtirok 
etgan eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha agentliklar, shuningdek Jahon banki 
tarkibidagi Investitsiyalarni kafolatlovchi ko‘p tomonlama agentlik (IKKA) kabi xalqaro 
tashkilotlar tomonidan qoplab berililishi mumkin. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish