9.1. Global moliya bozoridagi moliyaviy innovatsiyalar.
Aniq bir bozor sharoitida keng tarqalmagan, axborotlarni, likvidlikni, risklarni,
daromadlarni va moliyaviy resurslarni samaraliroq qayta taqsimotini ta’minlovchi,
bunday qayta taqsimlash orqali qo‘shimcha foyda olishni ko‘zlagan moliyaviy
texnologiyalar - moliyaviy innovatsiyalar tushunchasida namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy innovatsiyalar ko‘pincha bozor orqali moliyalashtirish vositalari -
qimmatli qog‘ozlar, ya’ni optsionlar, fyucherslar, shuningdek, qarzli obligatsiyalar,
140
aktivlar, uy-joy ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatli
qog‘ozlar ko‘rinishida standartlashgan bitimlar shaklida paydo bo‘ladi. Standartlashgan
bitimlar ularni tuzishdagi vaqtni tejalishiga, xarajatlarni qisqarishiga, risklarni
kamayishiga va bunday vositalar likvidligini oshishiga olib keladi.
Ma’lumki, nazariy jihatdan moliyaviy innovatsiyalar moliyaviy mahsulotlar va
xizmatlar turlarini ko‘paytirish hisobiga moliyaviy vositachilik samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi. Bunda bir tomondan, individual jamg‘armalarga bo‘lgan talab,
ikkinchi tomondan, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mablag‘ jalb
qilishga bo‘lgan talab qondiriladi. Kapitalning jamg‘arilishining bunday jadallashuvi
iqtisodiy o‘sishga olib keladi
15
.
Moliyaviy innovatsiyalarning jadal rivojlanishiga asosiy sabab o‘tgan asrning 70-80
yillarida foiz stavkalar va valyuta kurslar tebranishi hamda inflyatsiya sur’atlarining tez
oshib borishi bo‘lib hisoblanadi. Bunday sharoitda bozordagi risklarni xedjirlash
imkonini beruvchi samarali vositalarga bo‘lgan talab ortdi va natijada ushbu muammoni
bartaraf etuvchi yangi moliyaviy texnologiyalar, vositalar jadal rivojlandi. Hozirgi kunda
derivativlar nominal qiymati global YaIMdan 10 marta ko‘pdir.
Albatta moliyaviy innovatsiyalar rivojlanishini moliyaviy erkinlashtirishning
samaradorligi bilan bog‘lash mumkin. Ta’kidlash joizki, moliyaviy erkinlashtirish
natijasida resurslarni taqsimlash takomillashdi, iqtisodiy o‘sishning barqarorligi ortdi,
moliyaviy vositachilikning tannarxi pasaydi, riskni baholash va undan himoyalanish
imkoniyatlari kengaydi. Moliyaviy innovatsiyalar rivojlanishini texnologiyalarning
taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Moliya tizimiga innovatsion texnologiyalarning
joriy etilishi texnik-iqtisodiy taraqqiyotning bir “to‘lqini”dan boshqasiga o‘tish uchun
zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi
16
.
Yoppasiga moliyaviy innovatsiyalarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan boshqa asosiy
omillardan biri milliy moliya bozorlariga ta’sir ko‘rsatuvchi hukumatning tartibga solish
talablarini o‘zgarishi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni bu milliy nazorat organlari tomonidan
15
Chou, Yuan K. Modeling Financial Innovation and Economic Growth: Why the Financial Sector Matters to the Real
Economy // Journal of Economic Education. 2007. Vol. 38. № 1. Р. 78-91.
16
Сергиенко Я. О финансовом механизме длинноволновых технико-экономических изменений // Вопросы
экономики. 2004. №1.
141
aktivlar sifatiga va kredit tashkilotlari kapitalining etarligiga ko‘yilgan talablarning
kuchayganligi orqali namayon bo‘ldi. Bu aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar
kabi moliyaviy vositalarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bunday omillarning o‘zaro
ta’siri risklarni kamaytiruvchi, ortiqcha likvidlikni paydo qiluvchi, moliya bozori
faoliyatidagi yangi shartlarga javob beradigan kapital va qarz majburiyatlarini yuzaga
keltiruvchi innovatsion moliyaviy vositalarga bo‘lgan talabni jadal o‘sishiga olib keldi.
Biroq moliyaviy innovatsiyalarning baholar dinamikasiga nisbatan bir tekis ta’sirga
ega bo‘lmasligini ham qayd etish joiz. Boshqacha aytganda, moliyaviy innovatsiyalar
ta’siri natijasida baho mavjud shart-sharoitlarga nisbatan yanada ta’sirchan bo‘lib qoladi.
Moliyaviy innovatsiyalarning sezilarli darajada noaniqligi sharoitida baholar
tebranuvchanligining oshishi ehtimoli yuqori bo‘ladi
17
.
Bugungi kunda investitsion banklar tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy
mahsulotlar turli-tumanligi va son jihatdan ko‘pligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, investitsion banklar yangi moliyaviy vositalarni yaratish jarayonini
harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi. Bunga sabab ularning asosiy
faoliyati moliyaviy vositachilik, ya’ni moliyaviy xizmatlarni taklif etishdan iborat
ekanligidir.
Moliyaviy innovatsiyalarning asosiy qismi hosila moliyaviy vositalar guruhiga
to‘g‘ri keladi. Dastlab ular xalqaro bozorlarda tarqalishadi, so‘ngra milliy bozorlarga
kirib keladilar. Milliy bozorlarga moliyaviy innovatsiyalarni tarqalishi va kirib kelishi
davlatning tartibga soluvchi organlari tomonidan bozor qatnashchilari ish tartibiga va
ularga ko‘yilgan cheklovlarga to‘sqinlik qiladi. Xalqaro bozorlarda bunday tartiblar
bo‘lmaydi va shuning uchun ular moliyaviy innovatsiyalar makonidir.
Moliya bozorida amalga oshiriladigan innovatsiyalarni ikki guruhga bo‘lish
mumkin:
1. Moliya bozorida yangi vositalarni joriy etilishi. Bunday innovatsiyalarga bugungi
kunda odatiy tus olgan hosila moliyaviy vositalarni, ya’ni svoplar, fyucherslar, forvardlar
17
Citanna Alessandro. Financial Innovation and Price Volatility // HEC Department of Economics Working Paper №
685/1999. March 2000 (http://ssrn.com/abstract=260912).
142
va derivativlar bozorining innovatsion moliyaviy mahsulotlari – svoptsionlar, kredit
derivativlar va boshqalarni keltirish mumkin.
2. Sub’ektlarning innovatsion faoliyatini moliyaviy ta’minlash, moliyaviy va
innovatsion risklarni sug‘urtalash, savdo hajmini ko‘paytirish, investitsion resurslarni
jalb etish, korxona daromadini oshirish maqsadlarida muddatli va kredit, valyuta va fond
bozorlaridagi turli innovatsion moliyaviy mahsulotlarni tashkil etish imkonini beruvchi
moliya bozoridagi vositalarning yangi (innovatsion) birikmalari. Bunday moliya
bozoridagi innovatsion birikmalarga venchurli moliyalashtirish, forfeyting, franchayzing,
maxsus qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishi va boshqa shu kabilarni sanab o‘tish mumkin.
Fikrimizcha, yuqoridagi innovatsion moliyaviy mahsulotlar iqtisodiyotda moliya
injiniringgi sifatida faol yaratuvchilik faoliyatini olib boradi.
Moliya
bozorining
barcha
segmentlarida
foydalaniladigan
moliyaviy
innovatsiyalarni asosan uch guruhga bo‘lish mumkin.
-
Svoplar;
-
Optsionlar;
-
Forvardlar.
Yuqorida keltirilgan moliyaviy derivativlar hajmining jadal o‘sishiga va moliyaviy
mahsulotlar turli-tumanligiga qaramasdan kredit derivativlar guruhi alohida ajralib turadi.
Har bir vosita o‘zining shakli va amaliyotda qo‘llanilishiga ko‘ra turlicha bo‘lib, ular
moliyaviy innovatsiyalar shaklida moliya bozorining barcha segmentlariga kirib borgan.
Kredit derivativlar guruhi moliyaviy innovatsiyalarning muhim shakllaridan biridir.
Jahon moliya bozori taraqqiyotining hozirgi bosqichida kredit derivativlari o‘z aktivlari
va risklarni ajratib sotish imkonini beruvchi tarkibiy moliyaviy vosita sifatida
aniqlashimiz mumkin.
Kredit derivativlari ko‘p funktsiyali moliyaviy vosita hisoblanadi. Ular quyidagi
vazifalarni bajarishadi:
-
kredit risklaridan xedjerlash;
-
risklarni deversifikatsiyalash;
-
qarz olish shartlarini yaxshilash;
-
daromadlilik darajasini oshirish;
143
-
obligatsiyalarni qayta guruhlash;
-
trasaktsion xarajatlarni kamaytirish
Kredit derivativlari o‘zining etarlicha murakkabligi bilan 2008 yilda boshlangan
jahon moliyaviy inqirozini chuqurlashishiga hamda jadallashishiga olib kelgan asosiy
sabablardan biri bo‘ldi. Fikrimizcha, kredit derivativlar bozorida inqirozni yuzaga
kelishiga asosiy sabab quyidagilardan iborat.
Birinchidan, berilgan kreditlar hajmiga nisbatan kredit derivativlar orqali tuzilgan
bitimlar hajmi bir necha barobar ortiq bo‘lgan.
Ikkinchidan, ushbu bozor shaffofligining mavjud emasligi, natijada mavjud risklar
va bunday vositalar hajmini baholash imkonini yo‘qligi.
Uchinchidan, kredit derivativlar bilan bog‘liq operatsiyalarga juda ko‘p sonli
ishtirokchilar jalb etilganligi. Ko‘p bosqichli o‘zaro bog‘liq operatsiyalar chizmasi uning
ishtirokchilariga bunday moliyaviy mahsulotni to‘liq anglab olish imkonini bermadi va
ularni sotib oluvchilar to‘liq reyting agentliklari bahosiga ishonishga majbur bo‘ldilar.
Moliyaviy innovatsiyalar vujudga kelishining asosiy yo‘nalishlaridan biri turli
aktivlarni qimmatli qog‘ozlarga aylantirib, ularni qayta taqsimlash operatsiyalarini o‘zida
mujassamlashtirigan sekyuritizatsiyalash jarayoni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |