Adventiv organlar – Tasodifiy organlar — odatdan tashqari joylarda tasodifan paydo bo’luvchi organlar (masalan, ildizlarda kurtaklarning hosil bo’lishi).
Aerenxima, havo qopchiqli to’qimalar – suv va botqoq o’simliklari hujayra oralig’ida havo to’la bo’shliqlari bo’lgan to’qimalar.
Afil o’simliklar – Bargsiz o’simliklar – bargi bo’lmagani uchun fotosintez jarayoni yashil poyalarda kechuvchi o’simliklar.Masalan, kaktuslar, qora saksovul.
Ajraluvchi kurtak – o’simlikdan ajralib tushib, xuddi shunday mustaqil o’simlik hosil qiluvchi maxsus kurtak.
Akariotsit – Yadrosiz hujayra.
Akarioz – kanalar vositasida vujudga keluvchi kasalliklar.
Akarp – Mevasiz.
Akineziya, harakatsiz – ixtiyoriy harakatlanish xususiyatining yo’qolishi. Bo’g’imlarning harakatsizligi, shollik natijasida yoki og’riq ta’sirida vujudga keladi. Ruhiyat bilan bog’liq akineziya ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |